Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
N atija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:“Kitob – inson hayotining ajralmas bir bo`lagi”
O`qituvchi:
Ey aziz! Kishi uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo`qdir. Kitob fasohat, balog`atda, latofatda tengi yo`q, munofiqlikdan xoli hamrohdir. Yolg`izlikda va g`amli ayyomlarda munis ulfatdir. Unda na nifoq boru, na gina. U shunday hamdamki, so`zlarida yolg`on va xato bo`lmaydi. Suhbatidan esa kishiga malolik yetmaydi. U o`z do`stining dilini og`ritmaydi. Yuragini esa siqmaydi. U shunday rafiqdirki, kishi orqasidan g`iybat qilib yurmaydi. Uning suhbatidan senga shunday fayzli foydalar yetadiki, bunday foydani odamlardan topa olmaysan. Aksincha, aksar odamlar suhbatidan kishiga zarar yetadi.Kitobdek do`st ichida barcha ilmu hilm mujassamdirki, u kishilarni o`tmishdan va kelajakdan ogoh qilib turadi. Shuning uchun ham: “Kitob aql qal’asidir”, deganlar.
Muhammad Jabalrudiy
Mashriqzamin - Hikmat Bo`stonidan. Topshiriq: “Men yoqtirgan kitob-bu” mashqi. Har bir o`quvchi o`zi yoqtirgan kitoblari haqida suhbat o`tkaziladi va ta’tilda ko`proq kitob o`qish talab etiladi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.