Maktab o‘quvchilari jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaydi
1
17.
Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir (14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan).
1
18.
Kitob ma’rifat chirog‘i.
1
19.
Qon ketishda birinchi yordam ko‘rsatish. (Yo‘l harakati qoidalari) (1 soat amaliy mashg‘ulot)
1
20.
Buyuk siymolarni yod etib ( Navoiy va Bobur tavallud kuni oldidan).
1
21.
“Kasbni nomini ayt” o‘yinli mashg‘ulot.
1
22.
Yumshoq ko’nikmalar haqida bilasizmi ?
1
23.
Sizga talpinaman, onajon! (8 mart – Xotin-qizlar kuni munosabati bilan).
1
24.
O‘zbekistoning noyob tabiati
(kimyo, fizika, biologiya fanlari oyligi doirasida).
1
25.
Navro‘zi olam muborak!
1
26.
Ona zamin(22-aprel-xalqaro yerni muhofaza qilish kuni)
1
27.
Amir Temur va temuriylar davri madaniyati
(Amir Temur tavallud topgan kun munosabati bilan).
1
28.
Velosiped va aravalar harakatlanishiga doir talablar. (yo‘l harakati qoidalari)
1
29.
Vatanni sevmoq iymondandir (Xotira va qadrlash kuni oldidan).
1
30.
Ijodiy fikrlash va salbiy his-tuyg’ularni boshqarish bilim-ko’nikmalari
1
31.
Til – dil kaliti (Xorijiy tillar fanlari oyligi doirasida).
1
32.
Kitob-eng yaxshi do’st
1
33.
Sinf o‘quvchilari ikki guruhga ajratilib, “Yo‘l qoidasi-umr foydasi” nomli musobaqa o‘tkazishni tashkillashtirish.(1soat amaliy mashg‘ulot)
1
34
Yozgi ta’tildagi rejalarim
1
1-mavzu: Mustaqil O’zbekiston farzandlarimiz ! Kun shiori: “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” Maqsad: Mustaqillik kunini nima uchun eng ulug`, eng aziz ayyom sifatida bayram qilinishi,hayotimizdagi bugungi imkoniyatlar qanday paydo bo`lganligi, sobiq mustabid tuzum davrida xalqimiz qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirganligi, Yurtimizda yoshlarning bilim olishi uchun qanday qulay imkoniyatlar yaratilganligi, dunyoda qanday gunoh kechirilmasligi haqidagi tushunchalar shakllantiriladi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”,“Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”, Ma’naviyat yulduzlari, Abdulla Oripov Adolat ko`zgusi, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “Hech kimdan, hech qachon kam bo`lmagan O`zbekistonim! ” O `qituvchi:
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, erishilgan yutuqlarni mustahkamlab, tub islohot jarayonlarini yangi bosqichga ko‘tarish, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va g‘ururini yetakchi o‘ringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylangan hozirgi vaqtda yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va bo‘linmasligi, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlashga intilish ko‘p millatli xalqimizni yanada birlashtiradigan, yuksak marralarga safarbar etadigan beqiyos kuchga aylanib bormoqda.
BESH TASHABBUS-BESH IMKONIYAT
Do‘stim bekor o‘tmasin kuning,
Ilm bilan bo‘lgin yuzma-yuz.
Qara axir bizga sharoit,
Yaratmatmoqda beshta tashabbus.
Topshiriq: O`quvchilar tomonidan Vatanimiz, O`zbekistonimizni madh etuvchi she’rlar, mamlakatimizdagi rivojlanishlar haqida.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.