Sinf soati mashg‘ulotning jihozi: Kun tartibiga oid foto va plakatlar hamda slayd va SD, DVD disklar.
Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash. Mashg‘ulot mavzusining maqsad va vazifasi bilan O‘quvchilarni tanishtirish.
II.Asosiy qism. Siyosiy jarayon bu- Biz ko'rib siyosiy kontseptsiyasini jarayoni. uning ta'rifi, nima bo'lishi mumkin? odamlar, tashkilotlar, hukumatlar - - siyosat sohasida kabi rus ilm-fan, turli aktyor munosabatlarni tavsiflovchi tadbirlar, hodisalar va jarayonlar ketma ketligidir.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti besh yil muddatga saylanadi.
2-modda. Fuqarolarning saylov huquqi O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashish huquqiga ega.
Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma’lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida qatnashmaydilar.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazish prinsiplari O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash bo‘yicha saylovoldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha ovoz berish yashirin bo‘lib, fuqarolar tomonidan bevosita amalga oshiriladi. Fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi bitta ovozga ega.