Topshiriq: “Sen ham iste’dodingni sinab ko`r” mashqi.
(O`qituvchi o`quvchilar orasidan she’r yozadigan, sportga qiziqadigan, musiqaga qiziqdaigan, mohir qo`llarni, til o`rrganishga qiziqdaigan, umuman qaysi fan yuzasidan iqtidori kuchlarni kuzatadi va rag`batlantiradi, bu rag`batlantirish bolaning o`ziga ishonchini rivojlantirsin)
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
11-mavzu: Davlatimiz bayrog‘i – faxr va iftixorimiz! (18 noyabr - O‘z.Res. Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan).
Kun shiori: “Dunyoga chiqqan O`zbekistonim bayrog`i, g`alabalar sari tinmay hilpirayver!”
Maqsad: O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish,O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda ularning o’rni kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning: “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz”, “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz”, “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi”,Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: “1991 yil 18-noyabr O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i” qabul qilingan kun”.
O`qituvchi:
|