Topshiriq: “Bahs-munozara” mashqi.
Nima uchun ba’zi insonlar o`z ona tilisini buzib gapiradilar-
Yana ba’zi yoshlarimiz haddan tashqari qo`pol muomala qilishadi-
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jon`uyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Maktab MMIBDO‘____________________ ____________________sana______ _____ 20___yil
9-Mavzu: Chorrahada harakatlanish qoidalari (Yo`l harakati qoidalari)
Kun shiori: “Yo’l qoidasi-umr foydasi”
ta’limiy: o’quvchilarga yo’l belgilari haqida tushunchalar berish, ko’chada yurish qoidalarini orgatish;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Sinf soati: ko’chada va jamoat joylarida o’quvchi o’zini qanday tutishi lozimligi haqida axloqiy sifatlarni shakllantirish;
Sinf soati mashg`ulotning jihozi: tarqatma material,rasmlar.
Sinf soati mashg`ulotning borishi:
Tashkiliy qism: O`quvchilarning darsga tayyorgarligi, navbatchi axboroti.
Asosiy qism:
Chorraha - yollarning o'zaro bir sathda kesishadigan, tutashadigan yoki ayriladigan joyi.
Agar bir yo'l ikkinchisini kesib o'tsa - bu to'rt tomonli chorraha deyiladi.
Agar bir yo'lga ikkinchi yo'l tutashib ketsa, ya'ni biri ikkinchisini kesib o'tmasa -bu uch tomonli chorraha deyiladi. Chorraha - transport vositalari eng ko'p qatnaydigan yo'l qismi. Shuning uchun ham chorrahalar eng xavfli joy hisoblanib, u yerda transport va piyodalar harakatini tartibga soluvchi nazoratchi turadi yoki svetofor o'rnatilgan bo'ladi. Piyodalar chorrahalardan o'tayotganda juda ham ziyrak bo'lishlari kerak.
Darsni mustahkamlash: (5min) O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida quyidagi savollardan foydalanish mumkin:
1. Chorraha deb nimaga aytiladi?
2. Uning qanday turlari bor ?
Dostları ilə paylaş: |