1. Ta’limiy maqsadi: a) 9 soni ichida misol va masala yecha olish malakasini mustahkamlash; b) sonli kartochkalar yordamida 10 soni haqida ma’lumot berish, 10 sonining tartibi va 10 soni ichida misol va masala yechishga o‘rgatish.
2. Tarbiyaviy maqsadi: mavzuning mohiyatini yoritishda turli usullardan o‘rinli foydalanish, yangi texnologiya asosida yakka, juft, jamoa bo‘lib o‘quvchilarni jalb etish orqali o‘quvchilarda hozirjavoblik fazilatini tarbiyalash.
3. Darsning rivojlantiruvchi qismi: o‘quvchilarni 10 soni ichida egallagan bilimlarini mustahkamlash orqali faolligini oshirib borish.
Tayanch kompetensiyalar:Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.
Metod: Ma’ruza, blits – so’rov , “ Klaster” lardan foydalanish,taqdimot, suhbat, tushuntirish, bahs- munozara.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Darsning borishi:Ingliz tilini o’rganamiz:VVhere do you live?-Siz qayerda yashaysiz? Yangigaplar:I live in Samarqand-Men Samarqandda yashayman. I. Darsni tashkil etish.
II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘quvchilarning 9 soni haqidagi bilimlarini mustahkamlash. Masalan: a) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9. «Qaysi sonlar yo‘q?» o‘yinini o‘tkazish; b)«2 ning qo‘shnisi necha? 7 ning qo‘shnisi necha?» kabi savollar yordamida o‘quvchilarni sinab ko‘rish; d) «Juft sonlarni ayting, toq sonlar qaysi biri?» 1, 3, 5, 7, 9, 2, 4, 6, 8; e) kartochkalardan foydalanib, 9 soni ichida misol yechishni mashq qildirish.
Mavzuni mustahkamlashda quyidagi she’riy iboralardan foydalanish mumkin:
Shaklim o‘xshar vergulga, Oltiga qarindoshman. Bir xonali sonlarga Shu yoshdan karvonboshman.