O’quv yili



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə57/80
tarix07.01.2024
ölçüsü1,24 Mb.
#207513
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80
1-Sinf Matematika (I-chorak)

Darsning borishi:Ingliz tilini o’rganamiz:Ilivein Samarqand-Men Samarqandda yashayman.
Yangi gaplar:Hovv old are you?-Yoshingiz nechada?
O'quvchilarni darsga jalb qilish.

        1. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida «Mening o'rnim qayerda?» o'yinini o'tkazish. O'qituvchi o'yin qoidasi bilan tanishtiradi. Sinfdagi o'quvchilarning qo'liga 1 dan 10 gacha yozil- gan sonli kartochka tarqatib chiqiladi. So'ng bolajonlarga shunday topshiriq beriladi: qo'liga kartochka olgan o'quvchilar doska oldiga chiqib, o'z o'rnini bilib turib olishlari kerak. O'quvchilar qo'llari- dagi sonli kartochkalarga qarab to'g'ri turib olishlari kerak. 1 ra- qamli o'quvchi birinchi o'rinda, 2 raqamli o'quvchi 1 raqamli o'quvchining yoniga chiqib turib olishi kerak, 3 raqamli o'quvchi 2 raqamli o'quvchining yoniga chiqib turishi kerak. Xullas, qo'lida kartochkasi bor o'quvchilar quyidagi tartibda turib olishlari lozim:

Quyidagi she'riy iboradan foydalanish mumkin: Shaklim o'xshar vergulga, Oltiga qarindoshman, Bir xonali sonlarga, Shu yoshdan karvonboshman.
Sinfda o'tirgan o'quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
-2 soni 3 sonidan nechta kam, yoki 3 soni 2 sonidan nechta ortiq?
-2 soni 3 sonidan bitta kam, 3 soni 2 sonidan bitta ortiq.
-8 soni 7 sonidan nechta ortiq yoki 7 soni 8 sonidan nechta kam?
-8 soni 7 sonidan bitta ortiq, 7 soni 8 sonidan bitta kam.
-Qani, o'rtoqlaringizni qo'lidagi kartochkaga qarab, to'g'ri va teskari sanab bering-chi.1,2,3,4,5,6,7,8,9,10.

  • To'ppa-to'g'ri sanadingiz. Biz 9 sonigacha o'rgangan edik, 9 dan keyin qaysi son keladi?

  • 9 dan keyin 10 soni keladi.

Biz bugun 10 sonining yozilishi va o'qilishi bilan tanishar ekanmiz.
Yangi mavzuni bayon etish.
7-masalada rasmga qarab masala tuzib, yechishga o'rgatish:
ta qizil olmaga 4 ta qizg'ish olmani qo'shsak, 10 ta olma hosil bo'lar ekan yoki 8 ta olchadan 3 ta olchani uzib olsak, 5 ta olcha qolar ekan. Demak, 6 + 4 = 10 ta olma, 8 - 3 = 5 ta olcha deb ta'riflaymiz.8-misol og’zaki taqqoslash. 9- misol rasmlarga qarab misollarni yeching.
10-misol. Qanday shakllarni ko’ryapsiz?
«Matematika daftari»ning 30-betidagi topshiriqni bajarish.

    1. 10 sonining yozilishi bilan tanishtirish, uni doskada yozib ko'rsatish;

    2. 10 sonini havoda yozib mashq qilish, so'ng daftarda yozdirish;

    3. dars davomida qiynalgan o'quvchilarga yakka yordam ko'r­satish.

Darsni yakunlash.
O'quvchilar bilimini baholash, faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirish.
VI.Uyga vazifa. 10 sonidan 4 qator yozib kelish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
31.Mavzu: :AVVAL, KEYIN, OLDIN, OLDINROQ,KEYINROQ
Darsning maqsadi: Fazoviy tasavvurlarni mustahkamlash. Avval,keyin,oldinroq,keyinroq kabi vaqt tushunchalari haqida ma'lumot berish. vaqtga doir tasawurlarni shakllantirish.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin