Tarbiyaviy:Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi:Matematik topshiriqlarni bajarish orqalio’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiya elementi:mavzu doirasida ko’rsatilgan multimedia ilovalariga ongli munosabat bildirish.
Fanga oid kompetensiyalar: o’rganilgan matematik usullardan kundalik vaziyatlarda mehnatni yengillashtirish maqsadida foydalana olish. o’quvchilar sonlarni qo’shish bilishlari kundalik hayotda hisob – kitoblarni mustaqil bajara olishlari uchun juda zarur.
Metod: blits – so’rov , “ Klaster” lardan foydalanish,taqdimot, suhbat, tushuntirish, bahs- munozara.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Darsning turi: Aralash, suhbat, savol-javob.
Darsning borishi:Ingliz tilini o’rganamiz:Hovv old are you?-Yoshingiz nechada? Yangigaplar: I am 7- Men 7 yoshdaman. Darsni tashkil etish.
O'tilgan mavzuni mustahkamlash. O'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun turli didaktik o'yinlar, topishmoqli o'yinlar, amaliy mashg'ulotlar, o'yinchoqlar, geometrik shakllar, idish-tovoqlar, o'quv qurollaridan foydalaniladi. Masalan: «Aksini top» o'yinida o'qituvchi oldida desa, o'quvchi orqasida deyishi kerak, o'qituvchi o'ngda desa, o'quvchi chapda deyishi kerak.
Choynakning oldida nima bor?
Piyolaning orqasida nima bor?Likopchaning yonida nima turibdi? — savollariga javob olish orqali mavzu mustahkamlab boriladi.
Yangi mavzu ustida ishlash.
Darslik bilan ishlash.
O'quvchilarga ertalab, kechqurun, kecha, ertaga, oldin, keyin kabi vaqt tushunchalari haqida ma'lumot berish uchun darslikning 12-betidagi rasmga qarab suhbat o'tkaziladi.
Rasmdagi bolaga Davron deb ism qo'yib, ertalab soat nechada turdi? Keyin u nima qildi?
Yuz-qo'lini yuvganidan keyin nima qildi? Maktabdan qachon qaytdi? Keyin u nima ish bilan shug'ullandi? Sizning kun tartibingiz qanday? — degan savollarga 3—4 o'quvchi javob beradi.
Shundan so'ng dam olish daqiqasi o'tkaziladi:
Derazamni ochaman,
Toza havo kirsin deb.
Badantarbiya qilaman,
Tanam kuchga to'lsin deb.
Bir, ikki, uch...
2 1
2
6
5
-misol.Sonlarni davom ettiring. 3-misol.Bo’sh kataklarga sonlarni qo’ying.
4+3=7 5+3=8 1+8=9
5-3=2 5-1=4 6-4=2
4-misol.7=4+3 7=6+1 7=5+2 7=5+2
9=6+3 9=1+9 9=8+1 9=2+7
5-misol.Sahkllarni taqqolang.Daftar bilan ishlash.Matematika daftari»dagi vazifani bajarish.
Darslikning 33-betida berilgan shakl doskaga chizib ko'rsatiladi.Geometrik shakllardan kvadrat, to'g'ri to'rtburchaklar qanday joylashtirilgan? 33 degan savollar orqali suhbat o'tkaziladi. Bu shakl boshqa shakllarga qaraganda murakkabroq ekanligiga o'quvchilar diqqati jalb qilinadi. Ruchka ushlash qoidasini eslatib, daftar-ga yozishni mashq qilinadi. O'quvchining kundalik faoliyatini bayon qilish bilan birga, daftarda berilgan soat, olma shakllarini chizish haqida tushuncha beriladi.
V.Darsni yakunlash. Darsda faol qatnashgan o'quvchilarni rag' batlantirish.
VI.Uyga vazifa. «Matematika daftari»da berilgan shaklni chizib kelish.darslikdagi
41-betdagi 3-misolni ishlab kelish.
Fan:Matematika
Sana:_____ ____________20__yil.
32.Mavzu: :HAFTA.HAFTA KUNLARI VA SANOG’I. Darsning maqsadi:Hafta kunlari va sanog’i bilan tanishtirish.. Hafta kunlari nomlari haqida ma'lumot berish. vaqtga doir tasavvurlarni shakllantirish.