O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida


direktori shaxsan javobgar hisoblanadi



Yüklə 352,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.05.2023
ölçüsü352,47 Kb.
#115121
1   2   3
109 буйруқ

direktori shaxsan javobgar hisoblanadi;
1-sinf qabul jarayonlarining belgilangan tartibda ochiq va shaffof
o‘tkazilishini ta’minlashga tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi
boshliqlari, qabul jarayonlarni nazorat qilib borishga hududiy maktabgacha
va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlari shaxsan mas’ul hisoblanadi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,
Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari
(keyingi o‘rinlarda – hududiy boshqarmalar) boshliqlariga:
joriy yilning 15-mayiga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablari qamrovini
hisobga olgan holda biriktirilgan mikrohududlarni qayta ko‘rib chiqish hamda
tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan tasdiqlanishini ta’minlash;
joriy yilning 25-mayiga qadar umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan
1-sinf qabul rejasi hamda tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan biriktirilgan
mikrohudud bo‘yicha mahallalar, ko‘cha nomlari va uy raqamlari to‘g‘risidagi
yangilangan manzilli ma’lumotlarni elektron platformaga kiritilishini ta’minlash;
joriy yilning 1-iyuniga qadar biriktirilgan mikrohududdagi maktab
yoshidagi bolalar soni, umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quvchi o‘rni (quvvati),
pedagoglar bilan ta’minlanganligi va sanitariya talablarini hamda 2023-2024-o‘quv
yilida ta’lim tili bo‘yicha darsliklarga berilgan buyurtmalarni inobatga olgan holda
1-sinf qabul rejasini tasdiqlash;
zaruratga ko‘ra, joriy yilning 5-avgustiga qadar Maktabgacha va maktab
ta’limi vazirligi bilan kelishilgan holda qabul rejasiga o‘zgartirish kiritish;
ota-onalar (ariza beruvchi)ning yashash manzili bo‘yicha biriktirilgan
mikrohududdagi umumiy o‘rta ta’lim maktabida tanlagan ta’lim tilidagi sinf
bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumiy o‘rta ta’lim
maktabini elektron platformaga mikrohudud sifatida biriktirish;
tasarrufidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, hududdagi nodavlat ta’lim
tashkilotlari va boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi maktablarning 1-sinfiga
qabul qilingan bolalar haqidagi ma’lumotlarni shu kunning o‘zida vazirlikning
elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritilishini ta’minlash;
umumiy o‘rta ta’lim maktablariga farzandlarining hujjatlarini topshirish
uchun kelgan ota-onalarni elektron navbatda belgilangan muddatda qabul qilinishini
tashkil etish;


2023-yil 30-avgustiga qadar 1-sinfga qabul qilingan bolalar uchun
12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alarini vazirlikning elektron
tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritilgan bolalar soniga mos ravishda umumiy o‘rta
ta’lim maktablariga yetkazib berilishini ta’minlash;
ota-onalar va keng jamoatchilikka umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
1-sinfga qabul qilish tartibi, maktabga qabul qilish yoshi va biriktirilgan mikrohudud
doirasida hamda mikrohududdan tashqari qabul to‘g‘risida batafsil tushuntirish
ishlarini olib borish;
hududiy boshqarmalar hamda tuman va shahar bo‘limlarida qabul
jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha shtab tashkil etilgan holda har bir fuqaro
(ota-ona)ning murojaatlarini tezkorlik bilan ko‘rib chiqish;
har bir umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlaridan 1-sinfga qabul
jarayonlarini shaffof o‘tkazish va qonunbuzarlik (tamagirlik va korrupsiya)
holatlariga yo‘l qo‘ymasligini ogohlantirgan holda kafolat xatlarini olish;
yangi o‘quv yiliga samarali tayyorgarlik ko‘rish doirasida maktablarni
malakali boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish
vazifalari yuklatilsin.
5. Umumiy
o‘rta
ta’lim
tashkilotlari
faoliyatini
muvofiqlashtirish
boshqarmasi (E.Murodov) 2023-2024-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 1-sinfiga maktab yoshidagi bolalarni qabul qilish jarayonini
muvofiqlashtirib borsin.
6. Maktabgacha
ta’lim
agentligining
Axborot
kommunikatsiya
texnologiyalari va axborot xavfsizligi boshqarmasi (A.Djurayev), Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish bo‘limi
(R.Musurmonov), Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi (F.Mirbabayev)
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi
(E.Murodov) bilan birgalikda joriy yilning 20-mayiga qadar “Xayr bog‘cha-salom
maktab!” shiori ostida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan maktab
yoshidagi bolalarni umumiy o‘rta ta’lim maktablariga elektron shaklda qabul qilish
uchun tizim yaratsin.
7. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish
bo‘limi (R.Musurmonov), Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi
(F.Mirbabayev)ga:

Yüklə 352,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin