O‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida



Yüklə 352,47 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix17.05.2023
ölçüsü352,47 Kb.
#115121
1   2   3
109 буйруқ

2023-yilning 20-may kuniga qadar “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
1-sinfiga o‘quvchilarni onlayn qabul qilish – my.maktab.uz” elektron platformasini
takomillashtirish va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, shuningdek, qabul
jarayonlari bilan bog‘liq boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan
integratsiya qilish;
qabul jarayonlarini tizimli tashkil etish hamda foydalanuvchilarni texnik
qo‘llab-quvvatlash maqsadida call-markazi hamda onlayn ariza bergan
fuqarolarning mikrohudud bo‘yicha yashash manzilini o‘rganish yuzasidan
moderatorlar va texnik xodimlar guruhlarini tashkil qilish;


elektron platformadan foydalanish bo‘yicha tizim foydalanuvchilari uchun
o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish, tizimdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar
(video, broshura, taqdimot) tayyorlash vazifalari yuklatilsin.
8. Respublika ta’lim markazi (Sh.Sattorov), O‘quvchilarni kasb-hunarga
yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi (L.Gaynutdinova)
bilan birgalikda joriy yilning 15-may kuniga qadar umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida tanlangan ta’lim tili ona tilidan boshqa til bo‘lgan bolalar uchun
bolaning boshlang‘ich so‘zlashish ko‘nikmasini baholash bo‘yicha namunaviy
savolnomani ishlab chiqsin.
9. O‘quv jarayonini metodik ta’minlash va darsliklar boshqarmasi
(D.Norboyeva) 2023-yil 30-avgustga qadar 2023-2024-o‘quv yilida 1-sinfga qabul
qilingan bolalar uchun ta’lim tiliga mos ravishda chop etilgan darsliklarning to‘liq
yetkazilishini nazoratga olsin.
10. “Ta’minot va logistika xizmati” davlat unitar korxonasi (O‘.Suyarov)
2023-yil 20-avgustga qadar 2023-2024-o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilingan
va vazirlikning elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritilgan bolalar soni bo‘yicha
12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat Prezident sovg‘alarini hamda ta’lim tiliga mos
ravishda chop etilgan darsliklarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi
bo‘limlariga to‘liq yetkazilishini ta’minlasin.
11. Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va ularni tayyorlaydigan
muassasalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (N.Kuchkarova) 2023-yil
yakuniga qadar ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari uchun uch bosqichli kaskad
usulida treninglar tashkil qilinishini ta’minlasin.
12. Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi
(D.Sobirova) buyruqning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirib
borish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida muntazam
yoritib borsin.
13. Devonxona (D.Isxakova) ushbu buyruqni bir kun muddatda departament,
boshqarma va bo‘limlar, hududiy boshqarmalar hamda vazirlik tasarrufidagi
muassasalarga yetkazilishini ta’minlasin.
14. Ushbu buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari
U.Sharifxodjayev va vazir o‘rinbosari U.Begimqulovlar zimmasiga yuklatilsin.
Vazir
X.Umarova
Toshkent sh.,
2023 - yil “ 28 ”- aprel ,
109 - son
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: PB87665125

Yüklə 352,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin