2022-2023-oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va oʻtkazish toʻgʻrisida
Maktabda 2022-2023-oʻquv yilida oʻquvchilarning yakuniy nazorat imtihonlarini tashkil etish va oʻtkazish maqsadida buyuraman:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv mashgʻulotlari 25-mayga qadar davom etishi va O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 6 –mart 46 - sonli hamda Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2023-yil 14-martdagi 16-sonli buyruqlari va Ohangaron tumani Xalq ta’limi bo’limi mudirining 29.03.2023 yil kungi 148-10-134-XT|2023-son buyrug’I maʼlumot va ijro uchun qabul qilinsin.
Quyidagilar:
yakuniy nazorat imtihonlari oʻtkaziladigan fanlarning roʻyxati va imtihon
oʻtkazish shakllari 1-ilovaga muvofiq; xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Maktab oʻquvchilarining davlat taʼlim standartlari asosida egallashi lozim boʻlgan malaka talablariga muvofiq bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida 9- va 11-sinflar uchun yakuniy (bitiruv) nazorat imtihonlari (keyingi oʻrinlarda - imtihonlar) 1-ilovada keltirilgan fanlardan tashkil etilsin.
2022-2023-oʻquv yilida maktab oʻquvchilarining bosqichli nazorat imtihonlarini oʻtkazish bekor qilinsin.
Imtihonlar 2023-yil 26-maydan 15-iyungacha amalga oshirilsin (Jismoniy tarbiya fani bundan mustasno).
Belgilab qoʻyilsinki, umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikat hamda 2-ilovada keltirilgan chet tili fanlari boʻyicha kamida B1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega boʻlgan oʻquvchilar imtihonidan muayyan fandan ozod qilinadi.
Maktabning 9-sinf oʻquvchilari uchun Jismoniy tarbiya fanidan imtihonlar 2023-yil 1-6-may kunlari malakali tibbiyot xodimlarining nazorati ostida oʻtkazilsin (jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internatlar hamda skolioz bilan kasallangan bolalar uchun sanatoriy turidagi maktab-internatlar bundan mustasno).