jtimoiy va huquqiy tamoyillar to‘g‘risidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balog‘atga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (“Pekin qoidalari”) va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish to‘g‘risidagi deklaratsiya qoidalariga tayanib,
jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda og‘ir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida e’tiborga muhtoj ekanliklarini e’tirof etib, bolaning himoya qilinishi va uyg‘un ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning an’analari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib,
har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini e’tirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar.
Bola huquqlari tog`risidagi konvensiyaning O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilinishi
O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilda mustaqillik eʼlon qilganidan so‘ng, ratifikatsiya qilingan birinchi xalqaro hujjat bu - Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyadir. Mazkur hujjat 1992 yil 9 dekabr kuni Oliy Kengashining tegishli qarori bilan ratifikatsiya qilingan
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bola huquqlarining keng doirasini ko‘rib chiquvchi birinchi va asosiy majburiy xalqaro huquqiy hujjatdir. Hujjat 54 ta moddadan iborat bo‘lib, 18 yoshga to‘lmagan shaxslarning ochlik va muhtojlik, shafqatsizlik, ekspluatatsiya va boshqa holatlardan xoli bo‘lgan sharoitlarda o‘z imkoniyatlarini to‘liq rivojlantirishga qaratilgan individual huquqlarini batafsil bayon etadi.
Bola huquqlari deklaratsiyasi mavjud bo‘lgan 30 yil davomida ko‘plab g‘oyalar o‘zgardi, yangi tushunchalar ishlab chiqildi, shuning uchun bolalar huquqlarini belgilovchi konvensiya yana-da kengroq masalalarni qamrab oladi. Bolalar huquqlariga shartnomaviy qonunning kuchini berish zarurati, ayniqsa, 1979 yilda nishonlangan Xalqaro bolalar yiliga tayyorgarlik ko‘rishda keskin namoyon bo‘ldi. O‘n yil davomida, yaʼni 1979 yildan 1989 yilgacha dunyoning ko‘plab davlatlarining huquqshunoslari, shifokorlari, o‘qituvchilari, psixologlari, sotsiologlari, madaniyatshunoslari, jamoat tashkilotlari va diniy konfessiyalari rahbarlari ishtirok etgan Inson huquqlari bo‘yicha komissiya ushbu loyihani ishlab chiqdi.