2. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar jarayonida o’quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash
Biz ishimizning birinchi bobida vatanparvarlik tarbiyasining mohiyati, maqsadi, vazifalari haqida batafsil to’xtagan edik.
Ma’lumki, vatanparvarlik – shaxsni, jumladan o’quvchilar shaxsini axloqiy-ma’naviy, mafkurviy madaniyatini shakllantirishning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Shuning uchun maktabda har bir o’quvchida quyidagi xususiyatlarni shakllantirish maqsadga muvofiq.
- o’quvchilarni milliy istiqlol mafkurasiga cheksiz sadoqat, Vatanga mehr-muhabbat, obod va ozod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylikka qaratilgan ishlarni tashkil etish;
- mustaqil davlatimiz qo’lga kiritgan yutuqlarni himoya qilish zarurligi hissini uyg’otish;
- o’quvchilarning o’z hayotiy rejalarida vatanparvarlik faoliyatiga ajratgan diqqat-e’tiborini kuchaytirish;
- vatanparvarlik tarbiyasida o’zbek xalqining ulug’ mutafakkirlari merosidan foydalanish;
- mustaqillikka mehr-muhabbat his-tuyg’usini shakllantirish.
Vatanparvarlik hissini tarbiyalashda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning o’rni katta.
O’zbekiston O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida maktabdan tashqari ishlar haqida quyidagilar aytib o’tilgan: «Bolalar va o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishlarini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlardagi maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashki etishlari mumkin.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida bolalar, o’smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, stadionlar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqalar kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning faoliyat ko’rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo’yiladi».
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan uning rejalashtirilishiga bog’liq. Barcha tarbiyaviy ishlar o’quv yilining boshida maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha muovini tomonidan hamma sinf rahbarlari bilan maslahatlashgan holda rejalashtiriladi.
Rejada ushbu masalalar ko’zda tutiladi:
To’garaklar ro’yxati va ularning rahbarlari
To’garaklarni jihozlash, asboblar va qo’lyozmalar bilan ta’minlash
To’garaklar faoliyati jadvali
Sinfdan va maktabdan tashqari ommaviy tadbirlar grafigi.
ommaviy madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchilar hay’ati va mas’ul kishilar.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni hayotga tatbiq etish jarayonida pedagoglar bolalarning mustaqilligini ta’minlashlari zarur.
O’quvchilarning mustaqilligi turli darajalarda bo’lishi mumkin. Ayrim o’quvchilar topshiriq va vazifalarni faol va mustaqil holda bajaradilar, ya’ni pedagoglarning ushbu ishga aralashishi shart emas. Bolalar pedagog yordamisiz ishlaydilar. Bu yerda o’qituvchining aralashuvi maqbul emas, chunki bunday munosabat bolalarning mehnatsevarligi, tashabbuskorligini shakllantirishda imkoniyatlarni cheklaydilar.
O’quvchi mustaqil harakat qilib, lekin o’z ishini tarbiyachining fikriga bog’liq qilib qo’ygan paytda tobe’ mustaqil holat vujudga keladi. Ish zo’r ishtiyoq bilan bajarilsa ham, mustaqil ishni bajarayotgan bolaning harakatlarida ishonsizlik jihatlari ko’zga ko’rinadi.
Pedagogning to’la rahbarligi va nazorati ostida harakat qiladigan o’quvchilar toifasida majburiy bajarish holati paydo bo’ladi. Bunda o’quvchilar ishga unchalik qiziqmaydilar. Ular ko’pincha o’qituvchidan yordam so’rab murojaat qiladilar.
Mustaqil tayyorgarlikning nazoratsiz ijro holati rasmiy ijrochilik bilan, ishtiyoq va havas bilan mehnat qilishni istamasligini yashirishga intilayotgan o’quvchilar kuzatiladi. Bunday holatni uzoq vaqt saqlash mumkin emas, chunki bunday holat ularda faollik va tashabbuskorlik xususiyatlarini barham toptiradi.
Maktab o’quvchilarining mustaqilligi ikki tomonlama xususiyatga ega. O’quvchilar faoliyatida mustaqillik darajasi, o’qituvchi faoliyatida yordam berish darajasi. Mustaqillik darajasi deganda biz o’quvchilarning pedagog yordamiga bo’lgan ehtiyojini nazarda tutamiz. Yordamga muhtojlik qanchalik yuqori bo’lsa, o’quvchilarning mustaqillik darajasi shuncha past bo’ladi.
Pedagoglarning mustaqillikni tarbiyalash vazifalarini hal qilishga sarflangan kuch-g’ayrati va mehnati o’quvchilarning ruhiy faoliyatiga mutanosibdir. Agar bolalar mustaqil tayyorgarlikni o’z faoliyati darajasining tabiiy holat sifatida qilsalar, ham pedagog, ham o’quvchi tomonidan ko’p zahmat talab etilmaydi. Aksincha, mashg’ulotga yomon tayyorgarlik ko’rish hamma uchun qo’shimcha qiyinchiliklar tug’diradi.
O’qituvchilar va sinf rahbarlari sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish jarayonida o’quvchilarning mustaqillik darajasini hisobga olishlari va shu asosda o’z shogirdlarini turli tadbirlarga jalb etishlari lozim.
Shuni ham qayd etish lozimki, maktabning ish rejasiga ota-onalar va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar, o’qituvchilarning ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning turli shakllari, ota-onalar majlisi, individual suhbat, konsultasiyalar, mahalla va aholi yashaydigan qishloqlarda, zavod va fabrika, qurilish tashkilotlarida olib boriladigan turli tarbiyaviy mavzulardagi pedagogik tashviqot, targ’ibot ishlari hamda jamoatchilik va ota-onalarning maktabga qanday yordam berishi kabi masalalar ko’rsatiladi.
Pedagogika fanida sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar muammosi muhim o’rin tutadi, zero bunday ishlar o’quvchilarning bilim olishlari bilan birga axloqiy, jismoniy, estetik tarbiyasini yaxshilaydi.
XULOSA
O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi, milliy o’zligini anglash davriga kelib ko’pgina qadriyatlarimiz tiklandi. Ana shu qadriyatlarimizning muhim ko’rinishlaridan biri vatanparvarlikdir. Sho’rolar davrida ham vatanparvarlik tarbiyasi mavjud edi. Ammo bu vatanparvarlik bir yoqlama edi. Barcha kishilarga, xususan yosh avlodga sho’rolar mamlakatini sevish, unga xizmat qilishga tayyor bo’lish hissi tarbiyalanar edi.
O’tmish davrining avlodlari yangi sharoitlada, o’zgacha voqyelikda, istiqlol ruhini dilga joylagan holda faoliyat ko’rsatmoqdalar. Hozirgi vaqtda o’tmish davriga xos ayrim qiyinchiliklar ularga ma’lum ta’sir yetkazishlari mumkin. Bu tabiiy hol, albatta. Masalan, bundan 20 yil ilgari minglab o’zbeklar o’zlarining do’kondor, tijoratchi bo’lishni, dunyo kezib savdo qilishni, dehqon mahsulotini yevropaga eltib sotishni, rivojlangan mamlakatlarda o’qishni orzu qilardik xolos.
Milliy istiqlol bizni yaxshi yashashga, o’zimiz uchun, millat va davlat uchun ham foydali faoliyat yuritishga o’rgatmoqda. Davlat, jamiyat va shaxs birligi mustahkamlanmoqda. Bu jarayonni o’z holiga tashlab qo’ymay yosh avlodni jo’shqin, dunyodkor, fidoiy kishilarga aylantirish maqsadga muvofiqdir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni. –T.: 1997.
O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» –T.: 1997.
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. –T.: O’qituvchi, 1992.
Aminov B, Rasulov T. Vatan – yurakdagi javohir. –T.: O’qituvchi, 1996.
Mahmudov T. Mustaqillik va ma’naviyat. –T.: Ma’naviyat, 2001.
Mahkamov U. O’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish