O‘quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash



Yüklə 32,3 Kb.
səhifə2/2
tarix01.05.2023
ölçüsü32,3 Kb.
#105619
1   2
tim tim savollar javoblar

Rag’batlantirish va jazolash usullari.


O’quvchi bolalarning har biri o’sib, ulg’ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo’lganini sezishi kerak. SHundagina bola o’zining olg’a siljib borayotganini ko’ra biladi, o’z kuchiga ishonadi.
Rag’batlantirish quyidagi turlarga bo’linadi. (maktublarda)


1)O’quvchining kuchi etadigan, ma’suliyatli topshiriq berish orqali bolaga ishonch bildirish: bunda bola o’z qadr qimmati bilan faxrlanadi.


2) maktab (majlislarda)


3) e’tsalik sovg’alar berish.


4) maqtov yorlig’i berish


5) tsipendiya bilan ta’minlash.


6) hurmat taxtasiga rasmini osish


7) qo’llab quvvatlash


8) ma’suliyat va jamoaning minnatdorchiligi


9) sinfda birinchi o’rinda turish


10) musobaqalarda bayroq ko’tarish gazeta, radioda, televizorda e’’lon va x.


Jazolash bu tarbiyalanuvchining xarkat va faoliyatiga salbiy baxo berish, bu oxirgi tarbiya usuli, (urish, kaltaqlash, jismoniy jazo mumkin e’mas)


Turlari.


-tanbeh berish


- xayfsand e’’lon qilish


-uyaltirish.


Jazo yaxshi o’ylab qo’llanishi lozim, qizik utsida tinimsiz jazolash mumkin e’mas. Jazo yakka tartibda bo’lishi kerak ya’ni bitta jazo aybiga mos.
Ragʻbatlantirish metodlari – oʻquvchilarning harakatlarini ijobiy baholashni koʻzda tutadi. Ragʻbatlantirish quvonch, qoniqish, qanoatlanish kechinmalarini paydo qiladi, tetiklik va gʻayrat bagʻishlaydi, oʻz kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, ijobiy xatti-harakatlarni ragʻbatlantiradi, oʻz faoliyati va xulqiga mas’uliyatini oshiradi. Ragʻbatlantirish metodlari xilma-xil boʻlib, ular tarkibiga ma’qullash, koʻngil koʻtarish, dalda berish, ishonch bildirish, qayd qilish, ogʻzaki va yozma tashakkur bildirish, mukofatlash va boshqalar kiradi.

Ragʻbatlantirish pedagogik talablarni hisobga olgan holda qoʻllanilishi lozim. Har qanday ragʻbatlantirish oʻquvchining jamoa oldidagi chinakkam xizmatlariga muvofiq boʻlishi lozim. Ragʻbatlantirish vaqtida oʻquvchining alohida xususiyatlarini, jamoada tutgan oʻrnini hisobga olish va u ketma-ket boʻlmasligi kerak. Haddan oshirib maqtash jamoaga nisbatan taqqoslash talabchanlikni boʻshashtirib yuborish, bular oʻquvchida man-manlik, xudbinlik sifatlarining yuzaga kelishiga sabab boʻladi. Ragʻbatni tashkil etishda oʻquvchining muvaffaqiyati bilan birga uning jamoadagi oʻrni, axloqiy qiyofasi, shuningdek, mehnatga, jamoa topshiriqlariga, jamoaning oʻziga munosabati borasidagi jamoa fikrini inobatga olish ham talab etiladi.


Jazo berish metodlari – bu oʻquvchilarning xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir. Jazo berish axloq me’yorlariga qarama-qarshi faoliyat va xatti-harakatlarni muhokama etishni ifodalaydi. Jazo berish noma’qul xatti-harakatlarning oldini olish, axloqni tuzatishi, jamoa oldida uyalishi, oʻzini gunohkor deb bilish hissini uygʻotishi mumkin. Jamoa tomonidan yoki uni qoʻllab-quvvatlashi asosida jazo berish metodlari ham hilma-xil boʻlib, ular jumlasiga tanbeh berish, koyish, uyaltirish, qizartirish xatti-harakatlarni jamoa oʻrtasida muhokama qilish, muayyan faoliyatidan chetlatish va boshqalar kiradi.


Jazo berish ham pedagogik talablarga amal qilish zarur. Berilayotgan jazo maqsadga muvofiq boʻlib, oʻquvchilarning aybiga, salbiy xatti-harakatiga qarab berilishi lozim. Jazo berish chogʻida salbiy xatti-harakatning sabablari uning jamoaga yetkazadigan zarari, oʻquvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish lozim.


Jazo berish oʻquvchining manfaatlaridan kelib chiqmasligi yoki uning uchun xizmat qilmasligi lozim. Jazo jamoa tomonidan ham berilishi mumkin. Barcha hollarda ham oʻquvchini jismoniy va ruhiy azobga solmasligi, uni tahqirlanmasligi, sha’nini yerga urmasligi, huquqini paymol etmasligi kerak.


Tarbiya metodlari sharoitni, vaqtni, shuningdek, oʻzaro bir-biriga ta’sirini hisobga olgan holda qoʻllash maqsadga muvofiq tarbiya metodlari, tarbiya vositalari bilan juda yaqin aloqada hatto, bir-biriga singib ketgan boʻlsada, ular bir-biridan farq qiladi. Tarbiya vositalariga tarbiyaning maqsadga muvofiq tashkil qilingan faoliyat turiga kiradi.


Oʻyin, oʻquv mehnati, sport va boshqa faoliyat turlari shunday vositalar hisoblanadi. Bundan tashqari tarbiya jarayonida turli predmetlar, moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, axborot hamda texnik vositalardan ham tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi. Chunonchi, koʻrgazmali, oʻquv qurollari badiiy-ilmiy adabiyotlar, san’at asarlari, radio, televideniye, kompyuter, magnitofon, slaydo, shuningdek, kishilar ham tarbiya vositasi boʻlib xizmat qilishi mumkin.


Tarbiya vositalaridan foydalanish doimo unga muvofiq keluvchi tarbiya metodlaridan foydalanishni taqozo etadi, chunki ular yordamida ong, his-tuygʻu, xulq-atvor tarkib toptiriladi.


13.  Sinf rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlari.
Sinf tarbiyaviy soatlari maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridandir. Sinf tarbiyaviy soatlari quyidagi: ma’rifiy, baholovchi, yoʻnaltiruvchi singari uch asosiy tarkibiy qismlardan iborat boʻladi. Ma’rifiy tarkibiy qismda: oʻquv dasturlaridan tashqari, oʻquvchilarning etik, estetik, ruhiy tushunchalarni, fantexnika, xalq xoʻjaligi, dunyo voqealarini boyitib, kengaytirib borishdan iborat ishlar amalga oshiriladi.

Baholovchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarda atrof-muhitga muayyan munosabatda boʻlish, undagi moddiy va ma’naviy boyliklarimizning bahosi, ahamiyati va qadr-qimmati, mehnat kishilari va Vatanimiz himoyachilarining shon-shuhrati, ona Vatanimizning, ulugʻ xalqimizning shuhrati haqidagi tegishli tushunchalarni hosil qilish va mustahkam qaror toptirishdan iborat sifatlar roʻyobga chiqariladi.Yoʻnaltiruvchi tarkibiy qismda: oʻquvchilarning mavjud hayot haqidagi bilim va tushunchalari toʻgʻri, maqsadga muvofiq yoʻnaltirilib, teranlashtirilib, ularning hayotiy tajribasi, axloqi, boʻlgʻusi turmush yoʻlini toʻgʻri tanlashdek hayotiy faoliyatlari, unda tutgan mavqelari faollashtirilib, boshqarilib boriladi. Oʻqituvchi-tarbiyachi tarbiyaviy soatning mavzuini belgilab, unga tegishli material toʻplayotganda oʻquvchilarning yosh va oʻziga xos xususiyatlarini, sinfning rivojlanganlik va tarbiyalanganlik darajasini, mahalliy shart-sharoitni albatta e’tiborga olishi kerak. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakllaridan biri sinf tarbiyaviy soatlari boʻlib uni tashkil etish pedagogning quyidagi yoʻnalishlar asosida olib boriladigan ishlaridan iborat:


a) sinf tarbiyaviy soatlarning mazmunini aniqlash;


b) tashkiliy jihozlash ishlari;


v) sinf tarbiyaviy soatlari turkumini rejalashtirish.


14. Sharq mutafakkirlarining merosida oilada bolalami ahloqiy tarbiyalash
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg'or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo'lib kelgan.SHarqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg'ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur,Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko'plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o'zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir.Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga ham alohida e'tibor berilgan, shuning uchun biz yuqoridagi buyuk mutafakkirlarning ayrim pedagogic va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini tahlil etish orqali o'quvchilarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini bayon etamiz. Sharq mutafakkirlarining barchasini g'oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo'lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo'yishgan,ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o'rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo'naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e'tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo'lgan sifatlar- halollik, poklik, mardlik, mehribonlik,haqgo'ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo'yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo'ladigan yuksak fazilatlar,avvalo, ota-onadan bolaga o'tishi va ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta'siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko'rsatmalarni o'z falsafiy- axloqiy,sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.jiddiy Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan ahamiyat berilgan. Ular "Nasihatnoma" "Pandnoma","Hikmatnoma", tarzida bizgacha yetib kelgan. Bu manbalarda qizlarni hayotga tayyorlashda, ularda birinchi navbatda insoniy fazilatlar shakllangan bo'lishi,oila muqaddas, uni avaylab-asrash aynan uy bekalariga bog'liq ekanligi haqida turli tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan hodisalar hikoya qilinadi. Shunday kitoblardan biri turk olimi Yusuf Tovasliy to'plagan "Hikmatlar xazinasi dir, unda kelin bo'luvchi qizga beriladigan ona o'giti kishining diqqatini o'ziga tortadi. Unda ona uzatilyotgan qiziga quyidagilami nasihat qiladi: "Bolajonim, sevikli qizim, meni yaxshilab tingla. Nasihat har kimga lozimdur, o'git hammaga zarurdir. Nasihat bilmaganga o'rgatadi, bilganni esiga soladi. Alloh bergan qonunga ko'ra, hayotga qadam qo'yadigan har bir erkak ayolga muhtoj bo'ladi. Erkaklar ayol uchun, ayollar erkak uchun yaratilgandir. Hayot mavjud ekan, bu qonunni hech kim biuza olmaydi. Shu sababli, sen tug'ilib o'sgan va voyaga yetgan uyingdan, yayrab-yashnab,o'ynab-kulib yurgan yeringdan chiqib, o'zing bilmaydigan, notanish uyga borasan. Kelajakda bu uy senikidir. Sen eringga shunday xizmat qilki, ul ham senga qul bo'lsin! Sen unga yer bo'lki u senga osmon bo'lsin! Sen unga uy bo'l, ul senga ustun bo'lsin! Aytganlariga amal qilsang, erring bilan go'zal hayot kechirasizlar, mas'ud, baxtiyor va saodatli turmush qurasizlar".

15. Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati


Milliy tarbiya O'zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi. Hozirgi davrda ushbu maqsadlarga erishishning o'ziga xos muammolari ham bor. Shulardan biri - milliy tarbiya nazariyasining asosiy qoidalari va ilmiy tushunchalari yaratilmaganligidir. Bularning barchasi O'zbekiston maktablarida milliy istiqlol tarbiyasining mezonlarini ilmiy asoslash zaruratini vujudga keltirmoqda. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O'zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo'lmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqat madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e'tiqod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo'lgan sifatlar: vatanpurushlik, mahalliychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga yoshlarda nafrat uyg'otish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog'lab olib borish o'qituvchi-tarbiyachi va ota-ona tomonidan tarbiyaviy mezon qilib olinishi kerak. Ayniqsa, oilada milliy tarbiyani yoshlarga singdirishda dastlab miliy odobni (avval salomlashish, keyin so'z boshlash, yaxshi va yomonni ajratish, kattalarga hurmat va kichiklarni izzatlash, ustozlarni e'zozlash kabilarni), milliy g'urur asoslarini (o'zbek millatiga mansubligini anglash, O'zbekiston-Vatanim mening tuyg'usini chuqur anglash), vijdoniylik (andishali bo'lish, rostguylik, yolg'on gapirmaslik, yaxshi va yomon xulqqa o'zining to'g'ri fikrini bildirish) kabilarni tarbiyalash, o'qtirish, ularni axloqiy Nizomga aylantirish milliy tarbiyamizni yanada ravnaq toptiradi va kelajagimizni yuksaltiradi.
16. Sinf rahbarining maktab jamoat tashkilotlari bilan olib boriladigan ishlari
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir. Maktabdagi tarbiyaviy ishlar uslubini o‘rganadigan har bir o‘quvchi, avvalo, quyidagilarni yaxshi o‘rgangan va har jihatdan puxta o‘zlashtirgan bo‘lmog‘i lozim. Ya’ni tarbiyaviy ishlar uslubida umuminsoniy g‘oyalarni, ma’lum maqsadga intiluvchanlikni, tarbiyaning turmush bilan, mustaqilligimizning mohiyati bilan aloqasi, jamoada va jamoa orqali tarbiyalashni, tarbiyalanuvchining shaxsiga qo‘yiladigan talablar va uni hurmat qilish birligini, tarbiyaviy ta’sirning izchilligini, tizimliligi, uzluksizligi, tarbiya o‘quvchilarining yoshiga va individual xususiyatlariga muvofiq bo‘lishini o‘z ichiga oladi. Sinf rahbari qanday sharoitda ishlanmasin, u qanday sinfga rahbarlik qilmasin, butun e’tiborni o‘quvchi shaxsiga, uni har tomonlama kamol toptirishga qaratmog‘i lozim.
Sinf rahbari olib boradigan asosiy tarbiyaviy ishlar quyidagi qismlarga bo‘linadi:
O‘quvchilarni o‘rganish, sinfga rahbarlik qilish sinfning har qaysi o‘quvchisini o‘rganishdan boshlanadi. Buning natijasida o‘quvchilarga individual yondoshishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan sharoit yuzaga keladi.
Sinf o‘quvchilar jamoasini tashkil etish va tarbiyalash sinf rahbari ishining asosiy qismlaridan biridir. Sinf rahbari o‘quvchilarni inoq va ma’lum maqsadni ko‘zlagan jamoaga jipslashtirar ekan, o‘quv-tarbiyaviy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish uchun zamin yaratadi.
Sinf birdaniga jamoa bo‘lib shakllanib qo‘ya qolmaydi. Sinf rahbari bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatish tajribasi to‘plangan taqdirda, faol, ijobiy an’analar barpo etilgan taqdirda, o‘rtoqlik aloqalari rivojlanib mustahkamlangan, umummaktab jamoa bilan to‘g‘ri munosabatlar o‘rnatilgan taqdirdagina sinf jamoa bo‘lib shakllanadi.
O‘quvchilar bilim sifatini oshirish hamda ularning tartib-intizomini mustahkamlash. Bilimlarning yuksak darajada bo‘lishi va ongli intizom sinfda ta’lim-tarbiya ishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishning eng muhim ko‘rsatkichlaridandir. O‘quvchilarni ongli intizomlilik ruhida tarbiyalash, ularni demokratik jamiyat, turmush qoidalarini ixtiyoriy bajarishga o‘rgatish sinf rahbari faoliyatida katta o‘rin tutadi.
Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va ularni o‘tkazish.
Bolalar va o‘smirlar uyushmasi tashkilotlariga yordam ko‘rsatish, ular bilan yaqindan aloqada bo‘lish.
O‘quvchilar ota-onalari bilan ish olib borish.
Maktab tajribasida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning turli usullari tarkib topib, muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. O‘quvchilar bilan yalpisiga, yakka-yakka va guruhlarga bo‘lib ham ish olib boriladi. Faol o‘quvchilar bilan ish olib borish, o‘z sinfida dars o‘tayotgan o‘qituvchilar bilan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan va korxonalar bilan aloqa bog‘lab turish sinf rahbarining tarbiyaviy ish faoliyatida katta o‘rin tutadi.
17. Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi

Birinchi ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi. Har bir o‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma’naviy va metodik jihatdan mazmunan tashkil qila bilish ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Bundan majlis o‘qituvchidan ko‘p bilim va mahorat talab etadi. Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak. Bular: har bir oila a’zosi va shart-sharoiti haqidagi ma’lumotta ega bulish: - oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini soz yoki nosozligini aniqlash; - har bir o‘quvchi shaxsi hahida to‘liq ma’lumotga ega bulish; - oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar. Birinchi majlisni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchining tayyorgarligi:


1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.
2. Majlis o‘tadigan joyni jihozlash
. 3. Majlis o‘tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.
4. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma’lumot tayyorlash.
5. Ota-onalar jamoasi nizomini ko‘rgazma tariqasida tayyorlash (maktab rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash).
6. Sinf ota-onalar qo‘mitasini saylash. Birinchi ota-onalar majlisi samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiga bog‘liqdir. Uning o‘zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi, har bir o‘quvchi va oilasi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, ota-onalarga ijobiy taassurot qoldiradi. Kuzatishlarimiz shuni ko‘rsatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini yuqori saviyada bo‘lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi. Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki tabellarni berib qo‘l qo‘ydirishdir. Ayniqsa «yomon» o‘qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida obro‘sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan uzoqlashib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday majlislardan voz kechish kerak. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir. Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda tashkil qilish, talabga muvofiqdir.
18. Maktab yoshidagi o'quvchilar o'z-o'zini tarbiyalashning xususiyatlari
. O‘quvchida o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya'ni o‘z ustida ongli batartib ishlashga ehtiyoj paydo bo‘lgandagina tarbiya jarayonini samarali deb hisoblasa bomadi. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchilarning o‘zini-o‘zi idora qilishi organlari faoliyatida qatnashishlari, ularning ijtimoiy faollik mavqeini shakllantirishning ta'sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qishda, tarbiyada, dam olishda o‘z-o‘zini tarbiyalash usullaridan foydalanadilar, o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydilar. O‘z-o‘zini tarbiyalash sifatlari bola bunga tayyor bo‘l-ganda, u o‘zini shaxs deb anglay boshlagach, amaliy ishlarga mus-taqillik ko‘rsata boshlagan vaqtda paydo bo‘ladi.
19. Sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirish usullari
Sinf rahbarining oʻquvchilarga koʻrsatadigan tarbiyaviy ta’sir kuchi koʻp jihatdan uning ma’naviy qiyofasi oʻquvchilar ongi va xulq-atvorning shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktab hayotida, talim -tarbiya jarayonini boshqarishda sinf rahbarining oʻziga xos oʻrini bor. U maktabda juda muhim va mas'uliyatli vazifani bajaradi. Sinf rahbari faoliyatining aksariyat qismi tarbiyaviy jarayon bilan bogʻliqdir.

Sinf rahbari deganda - oʻquvchilarni bir xil saviyada, bir xil yoshda, bilmi jihatidan ham teng boʻlgan jamoani boshqarib turuvchi pedagog (sinf rahbari) tushuniladi.


Sinf rahbarining asosiy maqsadi, oʻquvchilarni toʻgʻri tarbiyalash jarayonida oʻquvchi va sinf rahbari bilan bir-birini tushuna olish va sinf rahbari tomonidan oʻquvchilarga e’tiborliroq boʻlishdir. Boshlangʻich sinf maktab ta’limining dastlabki bosqichi boʻlib, unda bolalar oʻqituvchi rahbarligida birinchi qadam qoʻyadilar. Oʻquv faoliyatida bilim, koʻnikma va malakalarni egallaydilar. Oʻqituvchi sinf bilan yolgʻiz ishlaydi va koʻpincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi.Oʻqituvchilik faoliyati bolalarga munosabatda, katta mehribonligi bilan gʻamhoʻrligi bilan xarakterlanadi. Bular esa katta talabchanlik bilan olib boriladi. Oʻquvchilar bilan olib boriladiga oʻzaro munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish hamda oʻquvchilarning oʻsishi va rivojlanishiga qarab ularni tarbiyalash sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Bunda oʻqituvchi oʻquvchilarga pedagogik talablar berishga erishadi, ota-onalar, kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilari jamoatchilik bilan doimo aloqa bogʻlab turadi. Sinf jamosini tashkil etishda sinf rahbarining oʻrni katta hisoblanadi. Sinf rahbari sinf jamoasini jipslashtirishda ota-onalar va jamoatchilik bilan ham korlikni yoʻlga qoʻyadi. Hamkorlik shakllaridan biri sinf ota-onalar majlisi oʻtkazishdir. Sinf majlisi oʻtkazish uchun, avvalo, jamoani jipslashtirish zarur. Sinf rahbari majlisda koʻplab bolalar tarbiyasiga oid masalalarni koʻradi. Sinf majlisida 3-4 ta masalalar koʻrilib, muammoli tomonlar tahlil qilinadi va oʻz yechimini topishi kerak boʻladi.


20. O’quvchiga pedagogik ta'sir ko’rsatish mahorati .
Tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatish mahorati o’quvchiga u yoki bu yuksak axloqiy
sifatlarning mohiyatini anglatish jarayonida qo’llanadigan o’qituvchi-tarbiyachining ish


usullaridanbiridir.


O’qituvchi III sinfda «Ertak ketidan ertak» mavzusidagi suhbatida o’quvchilarga dastlab ertak


mazmunini bayonetadi:


«Ota o’z 10 yashar o’g’li bilan daladan qaytayotib, yo’l ustida tushib yotgan bir taqani ko’radi


va o’g’liga deydi: Taqaniol!


Eski taqa uchun egilib o’tiramanmi – deb gap qaytardi o’g’li. Otasi indamasdan o’zi


egilib, taqani oladi-da, yo’lida davom etadi. Kun issiq edi. Bola chanqay boshlaydi. Bir oz yo’l
yurganidan keyin olcha sotib o’tirgan baqqol ko’rinadi. Otasi boyagi taqani olchaga almashtirib,


belbog’iga tugib oladi. O’g’liga ko’z-ko’z qilib, bir dona olchani og’ziga tashladi-da, bir
donasini yerga tashladi. O’g’li darrov egilib olchani oladi va chanqog’ini bostirmoqchi bo’lib
og’ziga soladi. Otasi olchani ketma-ket tashlaydi. O’g’li o’n- o’n besh marta egilib, olchalarni


terib olib yeganidan so’ng nihoyat otasi to’xtaydi va belbog’ida qolgan olchalarni o’g’liga uzata


turibdeydi:


Ko’rdingmn o’g’lim, sen taqani ko’tarib olish uchun bir marta egilishga eringan eding,


olchalarni terib olish uchun o’n-o’n besh marta egilding. Bundan keyin esingda bo’lsin, agar
yengil mehnatni og’ir deb hisoblasang, undan battar og’iriga duchkelasan».


Bu ertakdagi pedagogik ta’sirning salbiy va ijobiy ko’rinishlarini bolalarga izohlashda


o’qituvchi quyidagi savollar orqali tarbiyaviy mahorat bilan aniqladi.


otani talabi to’g’ri-mi, yoki yo’q-mi? Sababini ochibbering.


otani bolaga mehnatdan bosh tortmaslik uchun tutgan ish usuli to’g’ri-mi? Bolaga


dastlab o’z harakati bilan o’rnak bo’lib, so’ng xatosini tushuntiradi.


bu borada sizlarnpng fikr va munosabatlaringizqanday?


Tarbiya jarayonnda tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning kuyidagi usullaridan foydalanildi: Bolaga
qo’yilgan talab, pedagogik ta’sir ko’rsatish. O’quv-tarbiya jarayonida o’qituvchi-tarbiyachi o’z


maqsadiga erishish uchun doimo o’kuvchilarga o’z talablari bilan yondashadi. Ularni


rag’batlantirdi, ogohlantirdi, tanbe beradi.


O’qituvchi-tarbiyachini pedagogik asosida qo’yilgan talablarini tushuntirish, nojo’ya


harakatlardan bolalarni saqlash, ayniqsa kichik yoshdagi maktab o’quvchilarini maktab va
jamoaga moslashgunga qadar ketma-ket talablar qo’yiladi.
Yuqoridagi talablarning qanchalik ta’sir etishi tarbiyachining pedagogik mahorati va


obro’yiga bog’liqdir. Talablarning qo’yilish shakllari:


- tarbiyachm tomonidan talabni to’ppa-to’g’ri qo’yilishi.


Bunday talab bolalar jamoasi bilan yashlashni dastlabki bosqichidir. Ijodkor-pedagog
21. Tarbiya turlari.
Aqliy tarbiya idrokni insonning bilishga oid barcha vazifalari vositasida rivojlantirishni, aqliy faoliyatning o‘z-o‘zini tashkil qilish mehanizmini shakllantirishni, aqliy qobiliyatlar va ijodiy salohiyatni rivojlantirishni taklif qiladi.
Jismoniy tarbiya – sog‘liqni mustahkamlash va to‘g‘ri jismoniy rivojlanishga erishishga qaratilgan tarbiyaFuqarolik tarbiyasi – o‘zida global muammolarga, ijtimoiy guruhlarga, alohida shahslarga, ularning faoliyatiga, jamotchilik hayoti va ongiga umuminsoniy qadriyat munosabatlarining tizimini namoyon etadi.
Ahloqiy tarbiya – harakterning ahloqiy sifatlari, ko‘nikmalar va hulq-atvorning shakllanish jarayoni. Ahloqiy tarbiya mulohaza, hissiyotlar va ye’tiqodlar, jamiyatning tegishli me’yorlariga mos keladigan ko‘nikmalar va hulq-atvorning ahloqiy tushunchalarini shakllantirish kabi vazifalarni hal qiladi. Ahloqiy tarbiyaning asosiga jamiyatning rivojlanish jarayonida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan umuminsoniy qadriyatlar, o‘tkinchi bo‘lmagan me’yorlar qatori jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida paydo bo‘lgan yangi qoidalar va me’yorlar yotadi. O‘tkinchi bo‘lmagan ahloqiy sifatlar- halollik. adolat, burch, tartiblilik, mas’ullik, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, insonparvarlik, beg‘arazlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat va boshqalar.
Hissiy (estetik) tarbiya shahsni tarbiyalashning turlaridan biri bo‘lib, uning maqsadi – voqelikka estetik munosabatni shakllantirish.

Uning vazifalari:


- estetik bilimlarni shakllantirish;


- estetik madaniyatni tarbiyalash;


- estetik hissiyotni rivojlantirish;


- estetik idealni shakllantirish;


- hamma narsa: fikrlashda, ishlarda, hatti-harakatlarda, tashqi ko‘rinishda va har qaerlarda go‘zal bo‘lishga intilish.


Mehnat tarbiyasi – mehnat faoliyatiga qo‘shish jarayoni, har tomonlama va uyg‘un rivojlangan shahs shakllanishining asosi.

Huquqiy tarbiya – huquqiy ong va huquqiy hulq-atvorni shakllantirish


Iqtisodiy tarbiya jamiyatning iqtisodiy hayotini tushunish, bozor sharoitlarida iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ishbilarmonlik hislatlari va boshqalarni ta’minlaydi.


Ekologik tarbiya –ekologik ong shakllanishi, yekologik madaniyat tarbiyasi jarayoni.


Tarbiya tehnologiyasi

Tarbiya tehnologiyasi – tarbiya jarayonida shakllar, yo‘llar, usullar, va vositalarning jamuljamligidir.


Tarbiya jarayoninng yahlitligi majmuaviy yondashuv orqali amalga oshiriladi.


Majmuaviylik tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro harakatning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, usullari va shakllarining birligini anglatadi


22. Sinf rahbari ish faoliyatinig maqsad va vazifasi
Sinf rahbarining faoliyati ko‘p qirrali va sermazmundir. U o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini tarbiyalash bilan bir qatorda o‘quv yili yoki chorak davomida nimalar qilish kerakligi bolalar hayotini nima bilan band qilish va tanlangan ish turini qanday amalga oshirishni bexato aniqlash kabi ancha murakkab muammoni echadi. Bu borada sinf rahbariga turli xil manbalar yordam beradi.
Tarbiyaga kompleks yondoshishi biror o‘quvchini ham e’tibordan qochirmaslik sinf rahbari uchun alohida masaladir. Tarbiyalash uchun sinf rahbari tarbiya ob’ekti bo‘lgan bolani yaxshi bilish, uni yaxlit idrok etishi kerak. Ko‘pchilik sinf rahbarlari bolani darsda o‘quvchi, musobaqada sprotchi sifatida, ya’ni har bir aniq ish sharoitidan kelib chiqib idrok etadi va
shunga ko‘ra muomola qiladi, bola shaxsining boshqa tomonlari esa
hozircha hisobga olinmaydi. Ammo har bir bolaning o‘z tajribasi, o‘z emotsional madaniyat darajasi, qadrlaydigan narsalar, ehtiyotlari, talablari, umidlari, aloqalari, munosabatlari kabi butun bir dunyosi bor. Tarbiyada ana shular hisobga olinishi kerak. Sinf rahbari o‘z o‘quvchisining ichki dunyosini, kechinmalarini, hulqida vujudga kelayotgan holatlarning sababini, irodasini yaxshi bilsagina uning qalbiga yo‘l topa oladi va bolaga ta’sir etishining to‘g‘ri yo‘lini aniqlaydi. Ana shunday sifatlarga e’tibor bergan sinf rаhbari tarbiyada etakchi o‘rinni egallaydi.
SHuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta’sir etuvchi omillar hozirgi davrda g‘oyat darajada ko‘paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbarining bolaga tarbiyaviy ta’sir etishdagi etakchilik, birdamlik rolni tarbiyaviy ta’sirining bu qadar ko‘p tarmoqlari orasida saqlab qolish g‘oyat qiyinlashib boryapti. Ba’zan bolaga tarbiyachidan ko‘ra o‘rtog‘i, qo‘shnisi, ko‘chadagi do‘stlari kuchliroq ta’sir etishi hollariga duch kelamiz. Ammo buning aksi bo‘lgan taqdirdagina tarbiyada muvaffiqiyatga erishiladi. Bunga esa tarbiyachining nutqi nazari ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. CHunki, har bir bolada ma’lum kurtaklar: yaxshilik va poklik bilan bir qatorda salbiy, aktivlik va passivlik sifatlari mavjud. U munosabatlarga e’tibori jihatidan ham har xil sifatlarga ega. Agar tarbiyachi unga optimistik nuqtai nazardan yondashsa, bola yaxshilikka intilib, uning umidini oqlaydi va aksincha bolaga oldindan noshud, yalqov, tartibsiz deb qaralsa hamda, o‘jarlik va terslik bolaning sifati hukum chiqarilsa u holda tarbiyalanuvchi o‘zining xuddi shunday qilib ko‘rsatadi. Natijada u bu borada ham tarbiyachining «umidini oqlaydi».
Sinf rahbari bolalarni yaxshi bila olishi uchun ularni o‘rganish darsda, darsdan tashqari vaqtlarda umuman bolaning hayoti o‘tadigan barcha sharoitlarda amalga oshiriladi. Bolani o‘rganish bilan sinf rahbari uning individual xususiyatlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi.
Bolaning individual xususiyati uning xulqiga, o‘zlashtirishiga munosabatlariga jamoadagi o‘rniga ta’sir etadi. SHu boisdan ham jamoadagi individlar tarbiyalanayotganda alohida o‘quvchini unitish yaramaydi. CHunki sinf rahbari ko‘pgina tashkiliy ishlarni uyushtirishda kimga suyanish, kimga qanday vazifa yuklash, kimga mustaqillik berish va kimga muntazam yordam berish kerakligini faqat ularning individual xususiyatlarini yaxshi bilish tufayligina bexato aniqlaydi. Demak, individual munosabat bolaga tarbiyaviy ta’sir etishning eng samarali yo‘lini topish imkoniyatini beradi.
Tarbiyaviy ishlar jarayonida sinf rahbari butun sinf jamoasini ham o‘rganishi kerak.
Sinf rahbari o‘ziga berilgan sinfni qabul qilib olish bilan bolalar haqida ko‘pgina ma’lumotlarni aniqlaydi. Bu ma’lumotlar bolaning oilasidan o‘qituvchilardan, o‘rtoqlaridan olinadi va tarbiyaga yagona ta’sir birligi ham shu asosda vujudga keladi.
Sinf rahbarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tarbiya berish va ularni do‘stona bir jamoa qilib jipslashtirishdan iborat. U o‘z sinfida dars berayotgan o‘qituvchilar olib borayotgan o‘quv tarbiya ishlarining xususiyatlarini, ularning o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari hamda o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganadi, ayrim o‘quvchilar xulq-atvori haqida ularga ta’sir ko‘rsatish metodlari haqida o‘qituvchilar bilan fikrlashib turadi.
Sinf rahbari maktab pedagogik jamoasi va pedagogik kengashining a’zosidir

Yüklə 32,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin