O‘quvchilarda kompьyuter savodxonligini shakllantirish



Yüklə 85,5 Kb.
tarix05.09.2023
ölçüsü85,5 Kb.
#141517
2.1 (Lotincha)


2.1. Informatika fanining ta’lim tizimida tutgan o‘rni, maqsadi va vazifalari, hamda o‘quvchilar iqtidorini aniqlash mezonlari
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida informatikani o‘qitish o‘z oldiga hozirgi jamiyatimiz talablariga javob beradigan va har bir maktab bitiruvchisiga mustaqil ravishda informatika fani bo‘yicha keyingi haѐtining unumli faoliyatida amalga oshirish imkoniyatlarini ochib beradigan kafolatli tayѐrgarligini va bu sohada iqtidorini rivojlantirishni ta’minlashni maqsad qilib qo‘ygan.
Informatikani o‘rganish o‘quvchilarni amaliy faoliyatda qo‘llash o‘zaro bog‘liq fanlarni o‘rganish, ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan informatikaga oid aniq bilimlar bilan qurollantiradi. U o‘quvchilarning intellektual rivojlanishiga muhim hissa qo‘shadi. O‘quvchilarning informatika bo‘yicha tayѐrgarligiga qo‘yiladigan talablar: umumiy qrta ta’lim maktablarida informatika kursining asosiy vazifasi –o‘quvchilarni kelajak amaliy faoliyatida kompьyuterlardan foydalana olishga tayѐrlash va salohiyatini oshirishdan iborat.
Ushbu predmetni maktabdanoq o‘rganishdan asosiy maqsad kompьyuter texnikasi imkoniyatlarini va uni haѐtga qo‘llashni biladigan, dasturlashning asosiy prinsiplarini o‘zlashtirgan, kompьyuter bilan mulog‘otda bo‘la olish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan va yangi axborot texnologiyasini tasavvur qila oladigan foydalanuvchini tayѐrlashdan iborat.
Informatikani o‘rganish, informatika haqida haqiqatni bilishni tavsiflash shakli va bilish metodi sifatida tasavvur qilib insonning madaniyati va iqtidorining shakllanishiga zamin yaratadi. Ta’lim tarbiyaning umumiy maqsadlaridan informatikaning fan sifatida o‘ziga xosligi uning zamonaviy fanlar timida tutgan o‘rni va rolidan hozirgi axborotlashtirilgan jamiyat haѐtidagi ahamiyatidan kelib chiqqan holda informatikani o‘qitish va o‘quvchilarda iqtidorni shakllantirishning maqsadlarini quyidagicha belgilash mumkin:
o‘quvchilarda kompьyuter savodxonligini shakllantirish;
o‘quvchilarda axboroga ishlov berish, uzatish va undan foydalanish jaraѐnlari hakidagi bilimlar asoslarini mustahkam va ongli ravishda o‘zlashtirib olishlarini ta’minlash;
o‘quvchilarga dunѐning zamonaviy ilmiy ko‘rinishini shakllantirishda axborot jaraѐnlarining ahamiyatini, jamiyatning rivojida axborot va kommunikatsion texnologiyalarning rolini ochib berish;
texnika asrida kompьyuterlardan ongli va ratsional foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Informatika predmetining pedagogik funksiyalari insonning umumiy ta’lim olishidagi asosiy vazifalarini hal etishda qo‘shadigan o‘ziga xos xissasi bilan aniqlanadi:
1. O‘quvchilar tomonidan informatika asoslarini egallash va ularning tafakkuri, iqtidorini rivojlantirish. Bu vazifa informatika o‘qituvchisi oldida turgan birinchi vazifadir.
2. Ilmiy dunѐqarash asoslarini shakllantirish. Bu muhim vazifani hal etishda butun pedagogik jamoa barcha o‘quv predmetlarini o‘qitish jaraѐnida ishtirok etadi.
3. Milliy mafkura ruhida tarbiyalash.
4. O‘quvchini iqtidorini mashg‘ulot davomida ilg‘ash va uni to‘g‘ri yo‘naltirish. Bu vazifa informatika o‘qituvchisining asosiy maqsadi bo‘lib hisoblanadi.[4]
Informatikada iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash davomiy jaraѐn bo‘lib, shaxsning rivojlanishini chuqur tahlil qilish bilan bog‘liq. Bunda qator psixologik-pedagogik talablar mavjud:
–o‘quvchining o‘zini tutishi va faoliyatini kompleks baholash, bunda imkon qadar ko‘proq o‘quvchining qobiliyatlari va turli axborot manbalaridan foydalanish;
– identifikatsiyalash (o‘xshatish) jaraѐnining davomiyligi (turli vaziyatlarda bolaning o‘zini tutishini kuzatish);
– o‘quvchilarning qiziqish va laѐqatlariga mos keladigan faoliyat doirasida o‘zini tutishini tahlil etish (maxsus tashkil etilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlarga jalb etish);
– o‘quvchining faoliyatiga ekspert baho berish (kompьyuterda ishlash qobiliyati, texnik modellari, turli matematik masalalarni echish usullari), bunda yuqori malakali sohaga oid ekspert - mutaxassislarni (informatiklar, matematiklar) taklif etish;
– har bir bolaning individualligini hisobga olgan va turli psixodiagnostik metodikalarni qo‘llagan holda tashxis qilishning ko‘p bosqichli va takroriy usullaridan foydalanish;
– tashxis ishlarini real haѐt va faoliyat doirasida (kuzatish, suhbat, o‘qituvchilar va ota-onalarning ekspert bahosi) amalga oshirish.
` O‘qituvchi tomonidan iqtidorli bolalarni aniqlashda o‘quvchilar orasidagi iqtidorning rivojlanishi darajasini, iqtidorning turli faoliyat doirasida amalga oshirish xususiyatlarini, bola rivojlanishining potensial imkoniyatlarini differensiatsiya (tabaqalashtirish) qilish talab etiladi.[8]
Agar o‘quvchida barcha berilgan topshiriqlarni osonlik bilan bajarsa, unda mantiqiy tafakkur, kuzatuvchanlik, mustahkam xotira, barcha vazifalarga qiziquvchanlik, o‘z fikrini tushuntira olish, dasturiy amallarni bajara olishi, dunѐqarashining kengligi - bularning barchasi unda bilish jaraѐnlarining yuqori darajada rivojlanganligi va o‘qituvchi tomonidan etarli darajada e’tibor berish kerakligini talab etadi.
Iqtidorli bola quyidagi xususiyatlarni ham o‘zida mujassam etadi: ijodiy, original fikrga ega; biror dasturni mukammal bilishga nisbatancheksiz intilish va qiziquvchanlik; ko‘p hollarda o‘z tengdoshlaridan mustaqilligi bilan ajralib turadi, o‘qituvchi bilan muloqotga intiladi.
O‘qituvchilarni ba’zida ayrim o‘quvchilarning o‘z tengdoshlariga o‘xshamasligi, o‘quvchida o‘ta qiziquvchanlik, bilishga katta ishtiѐq xavotirga soladi. O‘quvchining xatti - harakatlari qat’iy va noan’anaviy bo‘lsa, masalan, ―Nimaga?‖, ―Nima uchun?‖ kabi savollarni ko‘p bersa ba’zida o‘qituvchi bu savollarga javob berishga qiynalsalar, o‘quvchilarga tanbeh berishlari, va hattoki, uni jazolashlari mumkin. Bunday holatlarda o‘qituvchilar o‘quvchidagi ijodiy imkoniyatlarni rivojlantirish o‘rniga uni so‘ndiradilar.
Iqtidorli o‘quvchilarning ota - onalari bilan suhbatlashganda ular farzandlarining barcha sohalarda birinchi bo‘lishi kabi hohishlarini ta’kidlaydilar. Masalan, ona ―mening farzandim qobiliyatli bo‘lsa-yu, nima uchun o‘qishni hohlamaydi?‖ degan savolni berishi mumkin. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, ota - onalar bolani haddan tashqari biror bir mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga majbur qilishlari, bolada ana shu faoliyatga nisbatan nafratni uyg‘otishi mumkin, chunki ayni vaqtda bola boshqa mashg‘ulotlarga qiziqaѐtgan bo‘lishi mumkin. Biror muddat vaqt o‘tsa, bolaning o‘zi ixtiѐriy ravishda bu mashg‘ulotga qiziqib qoladi.
O‘quvchilarni iqtidorini rivojlantirish modelining samarali ishlashini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlari e’tiborga quyidagicha olinsa maqsadga muvofiq bo‘ladi: o‘quvchilarni ijodiy amaliy topshiriqlar tuzish va echish ko‘nikmalarini hosil bo‘lishini ta’minlovchi ijodiy faoliyatga jalb etish; o‘quvchilar ijodiy iqtidorining monitoringini olib borish; pedagoglar va iqtidorli o‘quvchilarning ijodiy potensialini integratsiyalashni ta’minlash .

3-rasm. O‘quvchilar ijodiy faoliyatini integratsiyalash

  • O‘qituvchilar

  • Ota-onalar

  • Metodistlar

  • Iqtidorli o‘quvchilar

Psixologlar shuni ta’kidlaydilarki, agar uzoq vaqt iqtidorli bolaning intellektual ѐki harakat ehtiѐjlari qondirilmasa, bu bolaning his-tuyg‘ulariga putur etkazishi va nevroz holatlariga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari iqtidorli bolalarning ota - onalari ba’zida qizim ѐki o‘g‘lim o‘z tengdoshlarini o‘zib o‘tib, masalan 7 ѐshida 3-sinfda o‘qishlariga intilish to‘g‘rimikan, degan savol bilan murojaat etadilar. Har bir holat o‘ziga yarasha noѐbdir, lekin shu o‘rinda bolaning ijtimoiy haѐtga moslashuvi haqida unutmaslik kerak. Axir u boshqa, o‘zidan katta bolalar tomonidan qanday qabul qilinishi ma’lum emas-ku. U yakkalanib qolmasmikan? Bolangizning boshqalar bilan muloqotiga va muloqotning ijtimoiy ko‘nikmalarini korreksiya qiluvchi guruhiy o‘yinlar bilan band bo‘lishlariga ko‘proq ahamiyat bering. Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda faqatgina bilish jaraѐnlarining rivojlanishiga ahamiyat bermasdan, balki boshqa bolalar bilan birgalikda harakat qilishlariga ham e’tibor berish kerak. Iqtidor bilish, o‘quv, ijodiy, badiiy, harakatli faoliyat sohalarida namoѐn bo‘ladi.[47]
Iqtidorli bolaning o‘quv faoliyatdagi yutuqlari uning erta ѐshdan o‘qishga bo‘lgan intilishida namoѐn bo‘ladi. Ba’zida bolalar 3-4 ѐshida, kattalarning ѐrdamisiz mustaqil ravishda o‘qiy boshlaydi. Bola kitoblarni tomosha qilishi, rasmlar asosida hikoya tuzishi, harflarni ѐzishi, kattalar o‘qiѐtganda uzoq vaqt sabr bilan tinglashi, o‘z ѐshiga mos bo‘lmagan matematik amallarga qiziqishi, matematik belgi va ishoralarni tushunib eslab qolishi, ba’zida tabiatga, tabiiy fanlarga qiziqishini ham namoѐn qilishi, turli predmetlarning kelib chiqishi va ularning vazifasi haqida savollar berishi mumkin.
Badiiy faoliyat sohasida bola o‘zini ertaroq namoѐn etadi: erta rasm chizishni boshlaydi, ko‘p vaqtini, masalan plastilindan turli narsalarni yasashga ajratadi, bunda o‘zining mohirligini namoyish etish orqali, ranglar, kompozitsiyalarni to‘g‘ri tanlay oladi. SHuningdek, musiqaga ham erta qiziqish paydo bo‘ladi, musiqiy tovushlarni ajrata oladi.
Harakatlantiruvchi sohadagi iqtidor bolada turli harakatlarni bajarish, ya’ni yugurish, sakrash turli akrobatik mashqlarni bajarish, muvozanatni saqlay olishda namoѐn bo‘ladi. Bola turli ѐki bitta sohada iqtidorli bo‘lishiga qaramay, mana shu tabiat tomonidan berilgan qobiliyatni o‘z vaqtida aniqlab, uning rivojlanishiga ѐrdam berishimiz kerak.[40].
Yüklə 85,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin