O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: mavzuga oid savollarni, audiovizual vositalar yordamida eshittirilgan gaplar, topishmoq, tez aytish, ertaklar, namoyish qilingan multfilm mazmunini tinglab tushunadi;
o‘rganilgan mavzular bo‘yicha savol-javob shaklida qisqa yoki to‘liq so‘zlab beradi;
savollar bilan murojaat etadi; salomlashish, xayrlashishga oid muomala odobini vaziyatlarga mos holda qo‘llaydi;
mavzuga oid tayanch so‘zlar va jumlalarni to‘g‘ri talaffuz qiladi;
berilgan matnni ifodali o‘qiydi, she’rni yoddan aytadi;
kichik matnni, maqol va tez aytishlarni ko‘chirib yozadi;
12-16 ta so‘zdan iborat videolug‘at diktanti yozadi.
IV SINF Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil
10-apreldagi 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar: Tinglab tushunish. O‘rganilayotgan mavzuga oid va darslikdagi matnlarni tinglab, mazmunini to‘liq tushunadi. Mavzuga aloqador 25-30 so‘zli qo‘shimcha adabiy-badiiy matnlarni audio, video vositalari yordamida tinglaydi, ko‘rish orqali mazmunini to‘g‘ri tushunib, eslab qoladi.
Gapirish. O‘rganilgan mavzu doirasida yangi leksik va grammatik materiallarni ishlatgan holda 4-5 gap bilan o‘z fikrlarini bog‘lanishli (monologik nutq) bayon qila oladi. O‘rganilgan mavzu doirasida 4-5 luqma bilan kerakli o‘rinlarda qolip-gaplardan foydalanib (dialogik nutq) o‘zaro fikr almasha oladi.
O‘qish. Yangi matnni (ertak, xabar, e’lon) to‘g‘ri, ravon, tushunib, bir daqiqada 40-50 so‘z tezligida o‘qiy oladi. Hikoya, she’r va maqollarni ifodali o‘qiydi. Matndan asosiy fikrni ajratib olib, umumiy xulosani ifodalay biladi, raqamli dalilni aytish, ertak yoki multfilm qahramonlariga baho bera oladi. O‘rganilgan matnlar mazmunini 5-6 gap hajmida o‘z so‘zi bilan qayta hikoya qila oladi.
Yozish. Eshitish orqali 5-6 gapni, darslik yoki yozuv taxtasidan 6-7 ta ixcham gapni ko‘chirib yozadi. 16-20 so‘zdan iborat matn asosida diktant yozadi. 20-25 so‘zli matn yozadi. Daftar muqovasiga maktabi, sinfi haqidagi ma’lumotni, ismi va familiyasini, xat yoki konvertga manzilini yoza oladi.
V SINF Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil
10-apreldagi 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan