O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
axborot va ma’lumotlarni tinglab tushunadi;
ijtimoiy va kasbga yo‘naltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-munozaralarni tushunadi, suhbatlashadi;
matn mazmunini to‘liq so‘zlab beradi;
shaxsiy qiziqishlari va kasbiga oid axborot va ma’lumotlarni tinglab tushunadi;
o‘qilgan va ko‘rilgan asar haqidagi taassuroti va unga munosabatini bayon qiladi;
o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi;
o‘rganilgan ish qog‘ozlarini to‘g‘ri yozadi;
100-110 so‘zdan iborat diktant va 90-100 so‘zdan iborat bayon matnini yozadi; 1-1,5 bet hajmida ijodiy matn tuzadi.
XI SINF
Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil
28-avgustdagi 216-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
axborot va ma’lumotlarni tinglab tushunadi;
ijtimoiy va kasbga yo‘naltirilgan mavzulardagi ommabop suhbatlarni, bahs-munozaralarni tushunadi, suhbatlasha oladi;
shaxsiy qiziqishlari va kasbiga oid axborot va ma’lumotlarni tinglab tushunadi;
matnni kengaytirib, qisqartirib so‘zlab beradi;
o‘qilgan va ko‘rilgan asar haqidagi taassuroti va unga munosabatini bayon qiladi.
o‘zbek tilining milliy-madaniy leksikasini nutqda to‘g‘ri qo‘llaydi;
sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni biladi;
o‘zbek tilining so‘zlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini biladi;
o‘rganilgan ish qog‘ozlarini to‘g‘ri yozadi;
90-100 so‘zdan iborat matn asosida diktant yoza oladi, 2-2,5 bet hajmida ijodiy matn tuzadi.
murakkablashgan sodda va qo‘shma gaplarni, qo‘shma gaplarni bog‘lovchi vositalarni biladi;
o‘zbek tilining so‘zlashuv, badiiy, ommabop, rasmiy nutq uslublarini biladi;
ish qog‘ozlarini to‘g‘ri yozadi.
Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil
10-apreldagi 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan
Dostları ilə paylaş: |