O’quvchilarda vatanparvarlik tuyg’ularini tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning ahamiyati
Sinfdan tashqari tadbirlarda, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llari
Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv metodikasini ham pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida qaramoq lozim. Tarbiyaviy tadbirlar metodikasining o‘z manbalari, vazifasi va tadqikot usullari mavjud. Bir so‘z bilan aytganda tarbiyaviy tadbirlar metodikasi ta’lim-tarbiya usullari majmuidir. Ta’lim-tarbiya oluvchilarning shaxsiy sifatlarini shakllantirishda turli usul va vositalar, yullardan foydalaniladi. Ana shunday usullardan biri tarbiyaviy tadbirlarlarni tashkil etish va o‘tkazishdir. Tarbiyaviy tadbirlar yoshlarni g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy jihatdan qurollantiradi, ularni axloqiy sifatlar sohibi qilish, xulq —atvor qoidalarini egallashi borasida ta’sir ko‘rsatish vositasi hisoblanadi.
Albatta ta’lim-tarbiya jarayonida tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlarning barchasi yagona maqsad asosida birlashtiriladi. Chunki ular bir —birlari bilan
o‘zaro borlikdir. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkid etish va ularni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarni axloqiy jihatdan yetuk, ma’naviy barkamol kamol inson qilib yetishtirishdir.
Ma’naviy —ma’rifiy ishlarning turlari va ularni o‘kazish usullari nihoyatda xilma —xildir. Ularni tadbiq etilishi yoki qo‘llanilishi o‘quv, ta’lim —tarbiyaviy masalalari, o‘qitish yoki tarbiyaviy ishlar mazmuni, real sharoitlar hamda tarbiyalanuvchilarning yoshiga xos xususiyatlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bir so‘z bilan aytganda, tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning ma’naviy ma’naviyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Ma’naviyat esa, dunyoqarash negizidir.
Har qanday, kasb-kori, bilim darajasi, turmushdagi mavqea-e’tiboridan ka’tiy nazar odamlar muayyan darajada unga alokador bo‘laveradi. Ma’naviyat jamiyat, millat va shaxs, har bir insonning ongli hayoti va faoliyati davomida shakllanib, boyib, takomillashib boraveradi. Bunda hech shubhasiz, ma’naviy — ma’rifiy ishlarning o‘rni juda beqiyosdir.
Ma’naviy-ma’riy va tarbiyaviy tadbirlarni turli jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etishning pedagogik ahamiyati katta samara va yaxshi natijalar beradi.
Birinchidan o‘quvchi yoshlar tegishli tashkilotning maqsad va vazifalari, faoliyatining yunalishlari, kasb turlari haqida ma’lumotlar olib, dunyokarashilarini kengaytirsalar, ikkinchidan, hayotning past balandini ko‘rgan yoki mutaxassislar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar, suhbatlar ularda katta taassurot qoldiradi, yaxshi tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.
Hamkorlikdagi ishlar quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
- g‘oyaviy mafkuraviy yunalish, maqsadga yo‘naltirilganlik, qishloq, tuman, respublika, mamlakat hayoti bilan bog‘liqliq;
— oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilikning bir- birlariga bo‘lgan o‘zaro ishonchi, o‘zaro xurmati;
Hamkorlikdagi faoliyatning zarurligini, uning imkoniyatlari va afzalligini, vazifalarini tushunish:
-o‘quvchilaryga oilada, ta’lim muasasasida jamoatchilik joylarida yagona talab;
-mahalliy sharoitlarni hisobga olish shahar, qishloq uning geografik joylashishini, tabiat, halk xujaligi, uning odamlarining faoliyati va hayoti);
o‘quvchilarning yoshi va individual xususiyatlari, ularning jinsini hisobga olish;
muntazamlik, uzluksizlik, izchillik;
ta’lim-tarbiya muassasasi, oila, jamiyatchilikning tadbirni tashkil etish va uning natijasi uchun qat’iy ma’sullik;
tarbiyaning eng mukammal usul va shakllarini doimiy ravishda ijodiy izlash, faollik va harakatchanlik;
Masalan: mahalla, oila, harbiy maskanlar, sport maydonlarida olib boriladigan madaniy – ma’rifir tadbirlarda o‘quvchilarning kuzatuvchi sifatida ishtirok etishning biz pedagogik jixatdan maqbul deb bilamiz. Masalan, ta’lim muassasasining mahallalar bilan o‘zaro xamkorlik qilishi, o‘quvchilarni mahallalarda tashkil etilayotgan ommaviy-siyosiy, magnaviy-ma’rifiy, madaniy, sport, tashkiliy, tarbiyaviy tadbirlarga olib borish ta’lim-tarbiyada katta samaralar berishi mumkin.
Ma’naviyat va ma’rifat xonasida yuritiladigan zaruriy xujjatlar:
Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar rejasi (yillik,olti oylik, choraklik, oylik, xaftalik, kunlik)
O‘tkazilgan tadbirlarni qayd etish daftari
«Taklif va mulohazalar» daftari
Tadbirning o‘tkazish tartibi, dastur va rejasi, ssenariysi. Oylik, choraklik, olti oylik, yillik hisobotlar
Turli xil axborotlar, ma’lumotlar jamlanmalari
«Ma’naviy —ma’rifish va tarbiyaviy ishlarni olib boruvchilar haqida ma’lumotlar.
«Ma’naviyat va ma’rifat» xonasini jihozlash va bezash. Albatta ma’naviyat va ma’rifat xonalarini faqat ma’lum andoza asosida jihozlash va bezash shart emas. «Ma’naviyat va ma’rifat» xonalarini jihozlash va bezash ta’lim muasasasining o‘ziga xos xususiyatlari va yunalishlaridan kelib chiqqan holda ijodiy yondashish kerak. Shuning uchun bu ishda butun jamoa, ayniqsa, rahbarlar, ma’naviy — ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhi, tarbiyachi va axborot resurslar markazi xodimlari faol bo‘lishlari lozim.
Ma’lumki keyingi yillarda mahallalarda «Balli yigitlar», «Yoshlar mustaqil hayot ostonasida», «Xuquqingizni bilasizmi?», «Oila mustaxkamligi kimga bog‘liq,?», «Oila – jamiyat tayanchi», «Bolali oilalarga imtiyozlar», «Qaynona kelin munosabatlarining axloqiy asoslari» kabi qator mavzularda suxbatlar, uchrashuvlar, tadbirlar, shuningdek,
«Qaynonam-jonim onam», «Namunali oila» «Namunali kelin», «Eng yaxshi mahalla», «Eng ozoda kucha» kabi ko‘rik —tanlovlari, turli yunalishdagi sport musobaqalari o‘tkazilishi odat tusiga kirib bormokda.
Bundan tashqari, mahallalarda turli halq, marosimlari, masalan,
«Sumalak» tayyorlash, «Navro‘z» bayrami tadbirlari, to‘y — tomosha, aza va boshqalar o‘tkazilib turiladi. Maktablar, akademik litseylar va kasb— xunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasida turli halq marosimlari va ommaviy bayramlarni tashkil qilish lozim, Bunday uchrashuvlarda va xamkorlikda o‘tkazilgan har xil tadbirlarda, halq marosimlari va ommaviy bayramlarning jamiyat, millat hamda shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni to‘g‘risida mufassal tushunchalar berib boriladi.
Ta’lim muassasalarida bayram tadbirlarini o‘tkazish ma’naviy — ma’rifiy va madaniy ishlarning tarkibiy qismidir. Bayram tadbirlarini o‘tkazish ta’lim — tarbiya tizimida asosiy o‘rin egallaydi. Bayram tadbirlari madaniy— ma’rifiy,
san’at va badiiy faoliyatning har xil turlarini o‘zida mujassam etadi. Bayram tadbirlari o‘smirlar hayotida quvonchli voqeadir.
Ta’lim muassasalarida o‘tkaziladigan bayram tadbirlari yosh o‘quvchilar xotirasida umrbod saqlanib koladi. Zero har bir bayram tadbirining o‘z maqsad — vazifasi, mazmun va g‘oyasi mavjuddir.O‘rta maxsus, kasb-xunarta’limi muassasalarida «birinchi sentabr Mustaqillik kuni», «O‘qituvchilar va Murabbiylar kuni», «Konstitutsiya kuni», «Yangi yil», «Vatan himoyachilari kuni», «8 mart halqaro xotin- qizlar bayrami» “Navruz bayrami», «Kasbim meiing- faxrim mening», «Bitiruv kechasi» va boshqalarga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkazilishi mumkin.
BOB YUZASIDAN XULOSALAR
Xulosalash mumkinki, bizning «Jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari» mavzusida olib borgan tadqiqotimiz milliy qadriyatlarni o‘rganish jarayonida ushbu mavzuni yanada chuqurroq o‘rganishni taqozo etadi. Bu o‘z navbatida maktab hayoti misolida o‘quvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaydi, Vatan tuyg‘usini yanada teranroq anglashlariga yordam beradi, har qanday vaziyatlarda ham Vatanga e’tiqodli inson bo‘lishi bilan birgalikda, yosh avlodni kelgusida barkamol insonlar qilib tarbiyalashda o‘z samarasini beradi.
UMUMIY XULOSALAR.
O‘zbekiston mustaqilligi kelajak avlod tarbiyasiga katta e’tibor va mas’uliyat bilan qarashni talab etadi. Zero jamiyatning taraqqiyoti, uning dunyo hamjamiyati orasida o‘ziga xos o‘rinni egallashida kadrlar salohiyati, ularning tarbiyalanganlik darajasi asosiy ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda tarbiyada vatanparvarlik va baynalminallikni uzviylikda tashkil etish har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega.
Biz olib borgan tadqiqotlar tahlili va natijalari yosh avlodni tarbiyalashda milliylik va baynalminallikning birligiga yerishishda barcha imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatdi. Tadqiqotlarimiz natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
O‘tkazilgan ilmiy tadqiqot ishlari malakaviy ishning maqsadi va ilmiy farazi to‘g‘ri belgilanganligini tasdiqladi.
Milliylik, vatanparvarlik va baynalminallik asoslangan jismoniy tarbiya darslari o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi va juda yaxshi natijalar berganligi kuzatildi. Shuning uchun ham darslarda vatanparvarlik bilan baynalminallikni uzviy olib borish va bunday tarbiyani tashkil etishda turli metod va usullardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunday darslarni tashkil etish natijasida o‘quvchilar o‘z milliyligini, milliy g‘urur, qadr-qimmat, mehr-oqibat kabi bir qator imuminsoniy sifatlarni egallaydilar. Shuning bilan birga o‘z millatidan boshqa millatlarga nisbatan samimiylikka, turli millat vakillari bilan do‘stona munosabatda bo‘lishga, millat ajratmaslik kabi sifatlarini shakllantirishiga xizmat qiladi.
Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasini amalga oshirishda sinfdan tashqari ishlarning boy imkoniyatlaridan samarali foydalanish lozim. Bunday tadbirlar o‘quvchilara vatanni sevmoq, o‘z halqi, millatiga sodiqlik, milliy g‘urur kabi sifatlarni tarbiyalashi bilan birga boshqa millat vakillariga ham hurmat, ularning tili, dini qadriyatlarini hurmat qilishdek sifatlarni ham tarbiyalaydi.
Bitiruv malakaviy ishimizda jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy va baynalminal ruhda tarbiyalashning bir qancha usullar bilan olib borishning yo‘l-yo‘riqlari haqida ko‘rsatmalar berildi. Darsliklar va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish haqidagi metodik qo‘llanmalar bunday vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Lekin o‘qituvchining ijodiy mehnati, turli interaktiv metodlardan foydalanib, tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish bunday tarbiyani amalga oshirishda samarali natijalar beradi.
O‘quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalashda o‘qituvchi mahorati alohida o‘rin tutadi. Jismoniy tarbiya darslarini ijodiy, noan’anaviy usullardan foydalanib tashkil etish o‘quvchilarda katta taassurotlar qoldiradi.