Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning hozirgi darajasi.
I BOB yuzasidan xulosalar.
BOB. JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARINI VATANGA MUHABBAT RUHIDA TARBIYALASHNING YO‘L VA VOSITALARI
Jismoniy tarbiya darsi jarayonida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llari va vositalari.
Sinfdan tashqari tadbirlarda maqol va hikmatli so‘zlardan foydalanib, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘llari.
II BOB yuzasidan xulosalar. Umumiy xulosalar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizdagi ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim sohasida tub islohotlarni talab qilmoqda. Chunki, jamiyat taraqqiyotida yuqori rivojlanish bosqichini boshdan kechirayotgan mamlakatlar tajribasida ta’lim – tarbiyaga alohida e’tibor qaratilganligi va uning jamiyat rivojiga ta’siri insoniyat tomonidan e’tirof etilmoqda.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek: “O‘z kindik qoni to‘kilgan, ota- bobolari xoki yotgan ona yurtning dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g‘urur va iftixori yuksak bo‘ladi.
Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotga bevosita bog‘liq”.1 Shaxsning barkamolligida ta‘lim – tarbiyaning roli nihoyatda muhimligi pedagogik manba‘larda keng miqyosda asoslangan. Buni Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov ham o‘z asarlarida, sermazmun nutqlarida tez – tez takrorlaganlar. “…hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma‘rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurashish mumkin”.2 Demak, ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotda jahon xamjamiyatiga kirish, tenglar ichida teng qadam tashlamoq uchun, ta’lim – tarbiyada halqimiz tajribasida sayqal topib, uzoq asrlardan buyon ta’lim – tarbiya vositasi bo‘lgan milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, ularning yosh avlodni axloqiy-estetik shakllantirishdagi mohiyatini teran his etmoq, hayotiy zaruratga aylandi.
Darhaqiqat, kelajagi buyuk davlat yaratish, halqning turmush madaniyatini oshirish inson aql – tafakko‘rini kuchga kiritishga imkon ochilayotgan davrda barcha imkoniyatlarni ishga solmaslik, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar
1 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent, Ma’naviyat, 2008 y. 73- bet.
2 I.Karimov “Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevoridir: Toshkent, 1997 y.5 – bet.
tayyorlash Milliy dasturi» tamoyillarini bajarishga hissa qo‘shmaslik, fuqarolik burchini anglamaslik bilan tengdir.
«Chindan ham, vatan tuyg‘usi, vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak»3.
Mustaqillikning hayotbaxsh sharofati o‘laroq o‘tmishga nazar solsak, biz qanday yutuqlarga erishdik (Maktablar soni va terining ko‘payishi, ma’lumotlilar sonining ortishi) va qaysi o‘rinda kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik (kishilar o‘rtasida o‘zaro hurmat, imon, e’tiqod, sharm – hayo, ota – ona qadri, oilaviy burch) ayon bo‘ladi.
Tadqiqotimizning mavzusi tarixiy o‘tmishni tahlil etishni taqozo etmaydi, balki kelajak avlodni baxtiyor ko‘rmoq uchun bugun nimalarga e’tibor qaratish, qanday ishlarni amalga oshirishni jadallashtirish zarurligini ilmiy – nazariy jihatdan talqin etadi. Zero “O‘z tarixini bilmaqdigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan”.4 Ayniqsa, yoshlarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish Vatanimiz o‘tmishi, madaniyati, ma’naviyatini o‘rganish asosida hozirgi kundagi asosiy vazifalarni anglab yetmoqlik muqaddas ona Vatanni buguni va kelajagi ana shu yosh avlodga bog‘liqligini har bir yuragida o‘ti bor Vatan farzandi Vatan istiqlolini himoya qilishga har doim tayyor turishi, Vatani madaniyati, ma’naviyati va ma’rifatini rivojlantirish, uni dunyo sivilizatsiyasi darajasiga yetkazish uchun mas’ul ekanini anglab yetmoqlikka tayyorlash zarur.
«Jamiyat taraqqiyotining asosi, uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch – ma‘rifatdir».
3 I.Karimov. “Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir”..Toshkent, 1995 y.247 – bet.
4 I.Karimov. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. Toshkent, Ma’naviyat, 2008 y. 4- bet.
«Aql – zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizga farovonlik va taraqqiyot qaror topadi».5 «Biron – bir jamiyat ma‘naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o‘z istiqbolini tasavvur eta olmaydi».6 Darhaqiqat, O‘zbekiston azaldan ma‘naviy qadriyatlarga boy bo‘lib, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma‘naviy va madaniy merosni o‘rganish milliy o‘zlikni anglashning asosidir.
Shning uchun ham biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini« Jismoniy tarbiya darslari orqali o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlari », deb atadik.