O’quvchilarga mehnat tarbiyasini singdirish oydinoy Ziyovuddin qizi Mamarasulova



Yüklə 422,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix09.04.2023
ölçüsü422,37 Kb.
#95267
  1   2   3   4
o-quvchilarga-mehnat-tarbiyasini-singdirish



SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 281
O’QUVCHILARGA MEHNAT TARBIYASINI SINGDIRISH 
 
Oydinoy Ziyovuddin qizi Mamarasulova 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi 
 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqolada mehnat, uning bola tarbiyasidagi ahamiyati, mehnat faoliyati 
turlari, buyuk allomalarning mehnat tarbiyasi haqidagi fikr-mulohazalari yoritib 
berilgan. 
Tayanch so’zlar. Mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat tarbiyasi maqsadi, vazifalari, 
mehnat turlari, mehnat tarbiyasi metodi. 
Insonning kundalik turmush tarzi mehnat va faoliyat bilan bog’liqdir. Shu sababli 
mehnat umuminsoniy, milliy, moddiy va ma’naviy boyliklarning ijtimoiy taraqqiyoti 
negizi hisoblanadi.
Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni yetishtirishda mehnat tarbiyasining o’rni 
beqiyosdir. Mehnat tarbiyasi shaxsni har tomonlama rivojlantirishning ajralmas 
qismidir. Shuningdek, bolaning har tomonlama shakllanish vositasi, uning shaxs sifatida 
ulg’ayish omili hamdir. Muntazam qilingan mehnat jarayonida bola o’z aqlini, irodasini, 
hissiyotini, xarakterini rivojlantirishi mumkin.
Mehnat tarbiyasi o’quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda 
mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy 
ko’nikma va malakalarini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni 
bo’lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat 
tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan 
qanoatlanishini tarkib toptirishga ko’maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi 
shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehantga bo’lgan ehtiyojini 
shakllantirishdir. 
Mehnat tarbiyasida maqsadga erishish yo’lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish 
maqsadga muvofiq: 
-yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab 
chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash; 
-o’quvchilarda umumjamiyat manfaati yo’lida mehnat qilish ehtiyojini hosil 
qilish; 
-ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
-o’quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratish; 
-ularda mehnat ko’nikma va malakalarini tarkib toptirish; 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Yüklə 422,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin