O'quvchilarni katta sportga yo'naltirishda harakatli o'yinlarning ahamiyati reja: kirish i-bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda harakatli o’yinlar


II-Bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda sport mashg’ulotining ahamiyati



Yüklə 66,51 Kb.
səhifə8/12
tarix18.05.2023
ölçüsü66,51 Kb.
#116678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
O\'QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO\'NALTIRISHDA HARAKATLI O\'YINLARNING AHAMIYATI 44444

II-Bob. O’quvchilarni katta sportga yo’naltirishda sport mashg’ulotining ahamiyati
2.1O’smir yoshida malakali sportchi mashg’uloti negizini amalga oshirishning ahamiyati
Sportchini tayyorlash tizimining muhim tomonlaridan biri sport o’rinbosarlarini rejaga asosan tayyorlash hisoblanadi. Buning uchun mamlakatimizda ROZK, BO’SM, OSMM va boshqalarning keng qamrovli faoliyati yaratilgan. Shuningdek, o’rinbosarlarni tayyorlashda sport turlari bo’yicha mahsus formalar ham qo’llanilmoqsta. Bu esa, umumta’lim maktablarida mahsus jadval bo’yicha bir kunda ikki mahal mashg’ulotni samarali olib borishga yordam beradi.
Sport o’rinbosarlarini tayyorlash nafaqat oliy mahorat sporti talablarini qondirish uchun muhim, balki maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tarbiyasiga oid vazifalarni echishga ham samarali yordam beradi.
Kichik yoshdagi sportchilarning yosh hususiyatlari sport mashg’uloti negizlariga mahsus yondoshishni talab qiladi. Birinchi o’rinda shuni hisobga olish kerakki, o’smir sportchi uchun yuqori natijaga erishish ko’pincha uzoq maqsad bo’lib qoladi (M.Ya. Nabatnikova, V.P. Filin). Shuning uchun tayyorgarlikning dastlabki boskichlarida musobaqa imkoniyatini oshirish va unga asosiy urg’u berish foydasiz, uni shakllantirish uchun maksimal kengliqdagi bazani iloji boricha kechroq yaratish lozim. O’z-o’zidan ma’lumki, tor doiradagi yuklamalar oldiniga yosh sportchiga tengdoshlariga nisbatan yuqoriroq natijalarni olib kelishi mumkin. Demak, suzishda noproporstional bo’lgan katta hajmdagi tezkor ishlarni bajarish ko’pincha o’rganishning birinchi yili davomvda II sport razryadi darajasidagi sport natijalariga erishishga olib keladi. Biroq, bunday mashg’ulotda natijalarning o’sishi keskin sekinlashishi va bu sport-chilarning birontasi ham terma jamoa tarkibiga kira olmasligi mumkin. Huddi shunday sport o’yinlarida ham avvallari o’smirlar va yoshlar jamoasidagi eng etakchi, mahoratli sportchilar ko’pincha kattalar jamoasida unchalik yahshi va samarali harakat qila olmaydilar.
Yakka (individual) maksimal natijaga erishish tamoyili musobaqa imkoniyatini chegaralangan tarzda oshishiga bo’lgan talab sifatida qaralishi kerak hamda sport turining spestifikasi va sportchining yakka (individual) hususiyatlari nuqtai nazaridan optimal bo’lishi kerak. Shuning uchun chuqurlashtirilgan mutahassislik tamoyili o’smirlar sportida kechki ko’p yillik mashg’ulot boskichlarida ko’zga tashlanadi.
Sportchi umumiy va mahsus tayyorgarligining birlik tamoyilini amalga oshirish ham muhim o’rin tutadi. O’smir sportchining yoshi va sport malakasi qanchalik kichik bo’lsa, uning har tomonlama tayyorgarligiga shunchalik katta ahamiyat berilishi lozim, chunki o’smirlar sportida bolalarning har tomonlama garmonik o’sishi zarurligi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yosh sportchilarning bir hil ishdan tez charchab qolishini va unta bo’lgan qiziqishning yo’qolishini, boshqa sportga o’tishini, o’yin mavqeining o’zgartirishi va bosh-qalarni ham inobatga olish lozim.
O’smirlar sportida chegaralangan yuklamalarga bo’lgan doimiylik va solishtirma birlik tamoyili doimiylikka urg’u berib amalga oshiriladi, bunda katta yuklamalar katta sport­chilar mashg’ulotiga solishtirganda, tabiiyki, kam ishlatiladi

Yüklə 66,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin