O\'QUVCHILARNI KATTA SPORTGA YO\'NALTIRISHDA HARAKATLI O\'YINLARNING AHAMIYATI 44444
2.2 O’smir sportchilarning ko’p yillik mashg’uloti asoslari O’smir sportchilarning ko’p yillik tayyorgarligi o’ziga to’rt bosqichni jamlaydi va ularning har biri ma’lum bir vazifa-larning echilishini talab etadi (M.Ya. Nabatnikova). Saralash tayyorgarlik bosqichi sport mashqlariga bo’lgan qiziqishni shakllantirish, sog’liqni mustahkamlash, turli tomonlama jismoniy tayyorgarlikka ega bo’lish masalalarini (vazifalarini) hal etadi. Tehnik tayyorgarlikda harakatli bilim va uquvlarning zaruriy zahirasini yaratish uchun turli sport turlaridan turli hil mashqlarni o’zlashtirishga, yangi harakatlarning tezda o’zlashtirishni rivojlantirish sifatlariga muhim ahamiyat beryladi. Bu bosqichda keyingi mashqlarni bajarish uchun qaysidir bir sport turi tanlanadi. Bosqich kamida ikki yil davom etadi.
Boshlang’ich sport ihtisosligi bosqichi turli tomonlama jismoniy tayyorgarlikni davom ettiradi, biroq mahsus jismoniy tayyorgarlik vositalari ham ishlatila boshlaydi. Bunda yosh sportchi tanlangan sport turining tehnikasi asoslarini o’zlashtirishi lozim. Taktik tayyorgarlik sport bellashuvini olib borishning oddiy, sodda usullarini o’zlashtirish bilan cheklanadi, musobaqa tajribasiga ega bo’lish boshlanadi. Bu bosqichda ko’riladigan muhim vazifalar sport sifatlarini mukammalroq aniqlash, zarur paytda sport ihtisosligini aniqlash hisoblanadi.Bosqich davomiyligi ikki—uch yilni tashkil etadi.
Chuqurlashtirilgan mashg’ulot bosqichi tanlangan sport turida mashg’ulot va musobaqa yuklamalari hajmining ortishiga bog’liq. Turli hil jismoniy tayyorgarlik bilan bir qatorda mahsus jismoniy tayyorgarlikka ham katta e’tibor qaratiladi. Tehnik tayyorgarlikning yuqori talablariga javob beruvchi harakatli bilim va uquvlar shakllanadi. Taktik tayyorgarlik tanlangan sport turiga va sportchining ihtisosligiga moe kelishi lozim. Musobaqa tajribasiga ega bo’lish davom etadi. Bosqich ikki-uch yil davom etadi.
Sportning mukammallashish bosqichi sportchining mahsus tayyorgarligini oshirishga qaratilgan. Mashg’ulot yuklamalarining hajmi va jadalligi sezilarli usadi, tehnika mukammallashishi davom etib, uning individuallashishi va har qanday musobaqa holatidagi samaradorligi oshadi. Taktik tayyorgarlikda sportchi musobaqa bellashuvini olib borishning barcha jihatlarini, sirlarini o’zlashtirishi kerak. Boshqa bosqichlardan farqli ravishda, bu bosqichda yosh sportchidan uning kelajakdagi yutuqlarini ishonchli bashorat qilishga yordam beradigan ancha yuqori natijalar kutiladi va talib etiladi. Bu bosqich ko’pincha tayyorgarlikning to’rt yillik Olimpiya stikliga ko’ra quriladi.