1
O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalq og‘zaki ijodi turlaridan
foydalanish imkoniyatlari
L. Berdiyeva
Pedagogika –psixologiya va ta’lim menejmenti
kafedrasi o’qituvchisi
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan kundan boshlab o’tgan
vaqt mobaynida o’zbek xalqi siyosiy – ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda
katta yutuqlarga erishdi. Ba’zan tezlik bilan o’zgarayotgan dunyo qiyofasini
oldindan bashorat qilish mumkin bo’lgan bir davrda, xalqimiz ertangi kuniga
ishonch bilan intilayotgan, to’g’ri tanlangan taraqqiyot yo’li ilk samarasini
ko’rsatayotgan, yangicha tafakkur, g’ayrat va shijoat bilan yangi avlod vakillari
maydonga kirib kelayotgan O’zbekiston zaminida mustaqillikni mustahkamlash,
barqaror taraqqiyotni ta’minlash, tinchlik va barqarorlikni asrab – avaylashga
ma’naviy tarbiyaning ahamiyati yanada kuchaymoqda.
Prezident I.Karimov ta’kidlaganidek:“…. Inson yuksalishida ma’naviyat
olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi
qaratilgan xurujlarning real xalqi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi
hayot yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda
odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-yurtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini
yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog’lom va barkamol etib
tarbiyalash bilan bog’liqdir”.
Ma’naviyat-inson ruhiy, aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning
falsafiy, xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o’z ichiga oladi.
Ma’naviyat atamasining asosida “ma’ni” so’zi yotadi. Ma’lumki, insonning ichki
va tashqi olami mavjud. Tashqi olami uning bo’y–basti, ko’rinishi, kiyinishi va
hatti–harakatlari kiradi. Ichki olamiga esa uning yashashdan maqsadi, fikr
yuritishi, orzu–istaklari, intilishlari, his-tuyg’ularini o’z ichiga oladi. Insonning ana
shunday ichki olami ma’naviyatdir. Ma’naviyat va axloq bir- biri bilan bog’liq
bo’lib bir-birini to’ldiradi.
2
Zero, jamiyat rivojlanishi faqat uning iqtisodiy taraqqiyotidangina emas,
balki ma’naviy yuksalishini ham taqozo etadi. Har qanday mafkura kabi
O’zbekistron Respublikasi milliy istiqlol mafkurasiningf asosiy g’oyalaridan biri
ham jamiyatda ma’naviy-axloqiy qarashlarning ustuvorligiga erishish sanaladi.
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham
ilg’or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g’oyalari tashkil
etadi.
Ma’naviyat- shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti,
imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha “ma’naviyat” – ma’nolar majmui) mohiyatiga ko’ra
iltimoiy taraqiyotga ijobiy ta’sir o’tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, axloqiy,
diniy tasavvur, tushuncha va g’oyalar majmui hisoblanadi.
Jamiyat ma’naviyati uch muhim soha yo’nalishida amaliy faoliyatni tashkil
etish asosida shakllantiriladi.
Jamiyat ma’naviyatini shakllantiruvchi omillar: madaniyat, ma’rifat,
mafkura.
Madaniyat (“cultura”- so’zidan olingan bo’lib, parvarish qilish, ishlov berish
ma’nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli
qo’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy
va ma’naviy boyliklar majmui.
Ma’rifat- shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim va
tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganish,
ularni targ’ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
Mafkura (arabcha- “mafkura”-nuqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) –
jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy
qarashlar, shuningdek ma’naviy-axloqiy yuksalish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning
rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo’nalishlarini aniqlashda yetakchi o’rin
tutuvchi g’oyalar majmui. Har uchala sohaning uzviy birligi asosida jamiyat
ma’naviyati yuksaladi.
3
Ma’naviyat sohasida ijobiy yechimini ta’minlash zarur bo’lgan asosiy
vazifani ko’rsatar ekan, O’zbekistron Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
quyidagilarni ta’kidlaydi: “ Bu sohadagi asosiy vazifamiz –milliy qadriyatlarimizni
tiklash, o’zligimizni aniqlash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas
dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash, o’zligimizni
anglash”.
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib muayyan jamiyatda yashovchi
kishilar amal qilishi zarur bo’lgan ma’lum hatti- harakatlar, qoidalar yig’indisidir.
Axloq odamlarning bir- birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilaga,
ishlab chiqarish vositalariga, mehnat mahsulotlariga munosabatini muayyan
tartibga solinadigan hatti – harakat qoidalari tizimida namoyon bo’ladi.
Odob- odamlarning jamoat, el-yurt orasida o’zini tutishi, boshqalar bilan qay
yosin muomalada qilishi, o’z turmush, bo’sh vaqtini qanday tashkil etish, xullas,
shaxsning kundalik xulq-atvori, yurish- turishi, hatti – harakatlari qanday bo’lishi
lozimligi xususida bahs etadi. Aniqrog’i, axloq kishining ichki olami, e’tiqodi,
fazilatlari sifatida mavjud bo’lsa, odob shaxsning ko’zga tashlanayotgan
mulozamati, xulq- atvori, muomala munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi.
Axloq kishidan har xil holatlarda qanday yo’l tutish kerakligini yaxshi
o’ylab, maqsadga muvofiq harakat qilishni talab etsa, odob o’z qoidalarining odat
tusiga kirishini, ya’ni har qanday vaziyatda shu odatni namoyon qilishini taqozo
etadi. Har bir odam xususida, odatda, uning faoliyatiga va ishi axloq talablariga,
turmush qoidalariga, jumladan, davlat qonunlariga muvofiq yoki xilof ekanligiga
asoslanib muayyan fikr yuritiladi.
Axloq ilmi yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi murakkab muammolar
haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo’lini yoritib boradi. Har bir
inson bir olam bo’lgani kabi uning axloq – odobi ham juda murakkab olam desak
yanglishmaymiz. Chunki, shaxsning zohiriy va botininy olamin, ayniqsa, qalb
olamini o’rganish, bilish, tahlil etish g’oyatda qiyin. Bu ruhiyat bilan bog’liq
holatdir. Axloqli, odobli komil insongaodamiylikning eng yaxshi xislatlari: mehr-
muhabbat, rahm- shafqat, adolat, diyonat, hayo, iffat, vafo, sadoqat, himmat,
4
saxovat, iymon, e’tiqod kabilar mujassam bo’ladi. Ayni holda shu xislatlarning
aksi- beburd, axloqsiz kishilar fe’lida ko’rinadi.
Prezident I.Karimov mustaqilligimizning dastlabgi yillaridan boshlab axloq
tarbiyasiga alohida e’tibor qaratdilar. Shu bilan birgalikda, ta’lim tizimini isloh
etish masalariga diqqat qaratib kadrlar tizimining shakllanishi va faoliyat
ko’rsatishining asosiy tamoyillarini belgilab berar ekanlar, o’quvchi yoshlarni
Vatanga sadoqat, yuksak axloq ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonli
munosabatda bo’lish ruhida tarbiyalashni asosiy vazifalardan biri sifatida ko’rsatib
o’tdi.
Shuningdek, Prezidentimiz “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka
tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida “ Biror, bir jamiyat
ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongiga ma’naviy–axloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi”,
- degan edi.
“Ma’naviyat- insonni ruhan yuksalish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan,
odamning ichki olamini, irodasini baquvvat, iymon- e’tiqodini butun qiladigan,
vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch va uning barcha qarashlarining mezonidir ”
1
Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va
bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarda
xazinasida saqlanayotgan ming- minglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan
tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, minerologiya, kimyo,
astrronomiya, me’morchilik sohalariga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk
ma’naviy boyligimizdir. Bunchalaik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda
kamdan – kam topiladi. Tarixiy yodgorliklar namunalari bilan yaqindan tanishar
ekanmiz, ularda ifoda etilgan teran fikr va g’oyalar, ma’naviy- axloqiy qarashlar,
hayot falsafasi bizni bugungi zamonamizda ham o’z ahamiyatini yo’qotmaganiga
amin bo’lamiz.
1
I.Karimov “Yuksak ma’naviyat- yengilmas kuch”T.: Sharq. 2008. 31b
.
5
Asrlar davomida axloq-odob mavzusida qanchadan-qancha kitoblar,
hikmatnomalar, ibratli rivoyatlar yaratigan. Qadimgi faylasuflar, donishmandlar
axloq-odobga juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deb ataganlar.
Shuning uchun ham jamiyat a’zosining xulqi- odobiga alohida e’tibor berilishi
bejiz emas.
Bu meros namunalari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, ularda ifoda etigan
teran fikr va g’oyalar, ma’naviy-axloqiy qarashlar bugungi zamonamizda ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan. Misol uchun eng qadimiy, eng navqiron “Avesto”ni olib
ko’raylik.Uning tub mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu
amal ” degan tamoyilini oladigan bo’lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad
ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni ezgu
fikr, ezgu so’z, ezgu amal, so’z va ish birligi jamiyat hayotining ustuvor g’oyasi
sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy
bog’liq, nechog’liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e’tiborlidir.
“Bu nodir kitob bundan o’ttiz asr muqaddam ikki daryo oralig’ida mana shu
zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy – tarixiy
merosidir”- deb ta’kidlagan edi Prezident I. Karimov.
2
“Avesto”da borliqning yaxlitligi va bir butunligi, inson hayotining tabiat
bilan uyg’unligi masalasi odamning ruhiy olamiga chambarchars bog’liq holda
ko’rsatilganligi ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyosini
shakllantirishda atrof – muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli tra’sir
o’tkazib kelganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb etadi. “Avesto” o’zbek, umuman
O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi davrlardagi hayoti, dini, tasavvurlari,
ma’naviyati, madaniyatini o’rganishdagi muhim manba.
“Avesto” dan quyidagi namunalarni keltiramiz:
-
Tarbiya hayotning muhim tirgagi (tayanchi)
-
Yaxshilik va ezgulik urug’ini yaratish uchun, kishi noz – ne’matlarni o’zi
yaratishi lozim
2
I.Karimov “Adolatli jamiyat sari” T.: Sharq. 1998. 40b.
6
- Ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishlar bilan ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishni
alqayman. O’zimni bari ezgu o’ylarga, ezgu so’zlarga, yaxshi ishlar amaliga
baxshida qilaman. Barcha yomon o’ylardan, yomon so’zi yomon ishlardan yuz
o’giraman.
Xalq og’zaki ijodida ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishi
O’zbek xalq ijodi qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo
tushunchadir. U xalqning paydo bo’lishi bilan paydo bo’ladi va rivojlanadi. Unda
xalqning orzu-umidlari, qarashlari, hayoti keng bayon etiladi. O’zbek xalq og’zaki
ijodi namunalaridan maqol, topishmoq, tez aytish, qo’shiq, ertak, dostonlarda bola
tarbiyasining ma’lum bir xususiyatini o’zida aks etadi.
Doston–qissa, hikoya, ta‘rif, sarguzasht ma‘nolarini anglatadi. U keng
tarqalgan etnopedagogik janr bo’lib, xalqning ma‘naviy-maishiy qiyofasi, kurashi,
axloqiy-estetik qarashlari, adolat, ozodlik, tinchlik, vatanparvarlik, insonparvarlik,
do’stlik kabi tarbiyaviy sifatlarni targ’ib etadi. Dostonlarda komil shaxs tarbiyaviy
sifatlari umumlashgan holda beriladi. Oliy insoniy sifatlar bo’rttiriladi. Shuning
uchun tinglovchida doston qahramonlaridan o’rnak olish hissi tug’iladi.
Dostonlarni baxshilar kuylashadi. “Baxshi” mo’g’ulcha va buryatcha “baxsha”,
“bag’sha” so’zlaridan olingan bo’lib, “ustod”, “ma‘rifatchi” degan ma‘nolarni
anglatadi.
Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan pok va
barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi
bo’lmish “ALPOMISH” DOSTONI bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq
beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga. O’z yurtini, oilasi, qo’rg’onini qo’riqlashga,
do’sti, or- nomusini, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday
tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy- axloqiy pok bo’lishga o’rgatadi.
“Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi
bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday muhitda
shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab
beradi.
7
Biz “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning
qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli
o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz.
O’zbek xalq og’zaki ijodida dostonlardan tashqari MAQOLLARning o’rni
beqiyosdir. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan
tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati,
o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. So’z
san’atining mahsuli sifatida maqollar ifodalanadi. Maqollar xalq og’zaki ijodining
bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida
yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.
Alisher Navoiy o’zining ijodiy faoliyatida xalq og’zaki ijodini o’rganib,
kishilar hayotida maqolning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida
to’xtalib shunday baytni yozadi:
Kishiga necha mushkul hol,
Hikmatu aql anga erur halol.
Kimki bilay desang maqolin angla,
Asli bilay desang oni angla.
Rus yozuvchisi L.N. Tolstoy maqollarni xalq orasida naqadar yuksak qadr-
qimmatga ega ekanligiga to’xtalib shunday deydi: “Har bir maqolda men shu
maqolni yaratgan xalq siymosini ko’raman”.
“Maqol” atamasi arabcha “kavlun” – gapirmoq, aytmoq so’zlaridan olingan
bo’lib, ommaning muayyan voqea-hodisalar, voqelik haqidagi lo’nda xulosalarini
ifodalaydi. Ularda fikr aniq, muayyan mantiqiy izchillikda, ba‘zan to’g’ri, ba‘zan
ko’chma ma‘noda ifodalanadi. Maqollardagi berilgan fikrlar faqatgina bitta
shaxsga tegishli emas, balki keng xalq ommasiga qaratilgan. Maqollar ixcham,
lekin mazmuni bir olam. Maqollarda xalqning orzu-umidlari, ma’naviy-axloqiy
qarashlari, muhabbat va nafrat, tarbiyaning barcha qirralari ifodalanadi. Shuning
uchun ham bola tarbiyasida, xususan axloq- odobiga ijobiy ta’sir etadi.
* Odob – kishining zebu ziynati
* Odob – oltindan qimmat
8
* Bola aziz - odobi undan aziz.
* Odob bozorda sotilmas.
* Odobni beodobdan o’rgan.
* So’z kishining o’zagi,
* Odob kishining bezagi.
Yaxshi boladan rahmat,
Yomon boladan la’nat.
Buzishga o’rganma, tuzishga o’rgan.
Yaxshi bola nom keltirar,
Yomon bola g’am keltirar.
Onangni boshingni xam qil,
Otangga gapingni bosh qil.
Odobli kelinning supurgisi xashak ostida turar.
Yaxshi xulq – kishining husni.
Ho’l yog’ochni egmagin,
Tegmaganga tegmagin.
Boshingga qilich kelsa ham, to’g’ri so’zla.
Rohatini ko’rgan azobiga chidaydi.
Otasi siylamaganni bolasi siylamas.
O’z aybingni ochsang,
Elning mehri qochar.
Folklor materiali bo’lgan maqollarda bolalarni barkamol qilib
tarbiyalashning usul va vositalari uyg’unlashadi. Maqollarda pand-nasihat, eslatish,
rag’batlantirish, ogohlantirish kabi metodlardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |