O’quvchilarni nafosat tarbiyasini shakllantirishda vatanparvarlik haqidagi qo’shiqlarning ahamiyati baratov Shukurjon Qo’qon davlat pedagogika instituti o’qituvchisi Annotatsiya



Yüklə 17,47 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü17,47 Kb.
#203234
Baratov Shukurjon maqola


O’QUVCHILARNI NAFOSAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHDA VATANPARVARLIK HAQIDAGI QO’SHIQLARNING AHAMIYATI
Baratov Shukurjon
Qo’qon davlat pedagogika instituti o’qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada umumta’lim maktablari o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishda Vatanparvarlik haqidagi qo’shiqlarning ahamiyati haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar. Qadriyat, mumtoz musiqa, miliy tarbiya, milliy ong, milliy g’urur, milliy iftixor, ma’naviy qadriyatlar.
Xalqimiz azal-azaldan boy musiqsiy merosga ega bo’lgan. Bebaho qadriyatlarimiz, boqiy merosimiz jahonni xayratga solgan mumtoz musiqa san’atimiz mavjuddir.Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi umuminsoniy qadriyatlarning uyg’unligi asosida belgilanadi. Aqlan yetuk axloqan pok, jismonan baquvvat milliy masulyat tuyg’usini anglaydigan o’quvchilarni tarbiyalab voyaga yetkazgan mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Milliy tarbiya umuminsoniy qadriyatlardan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Tarbiya ko’rgan kishilar umuminsoniy qadriyatlarni qanchalik ko’p o’zlashtirgan bo’lsa, shunchalik milliy qadriyatlarga ega bo’ladilar.Zero, millat mavjud ekan,uning ma’naviy kamoloti bilan bog’liq bo’lgan tarbiyaning o’ziga xos milliy usullari mazmuni va yo’nalishi ham takomillashib boraveradi.
Milliy tarbiya tufayli,jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan o’zgarishlarning yangilanish jarayoni eng avvalo ma’naviy hayotda ko’zga tashlanadi. Yosh avlodda iymon, vijdon, poklik, halolollik, mehnatsevarlik, ishbilarmonlik xislatlarini tarbiyalash, ta’lim-tarbiya sohasida umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalash ham ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi. Milliy o’quv dasturimiz negizida esa, yoshlarni milliy mustaqillik ruhda tarbiyalash yotadi. O’quvchilarni milliy g’urur, milliy ong, milliy tafakkur, milliy iftixor tuyg’ularini shakllantirish, mustaqillik ruhida tarbiyalashni taqozo etadi. Uning mohiyatini belgilashda o’quvchilarni umumiy madaniy saviyasi, ma’naviy komolatining darajasi, milliy ongi, milliy g’urur tuyg’ularni anglashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy yetuk millat, qadriyatlarni to’g’ri baholshga va uni yanada rivojlantirish imkoniga ega bo’ladi. Demak, jamiyat ma’naviyatining o’sishi, qadriyatlardan keng foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaratib beribgina qolmasdan, qadriyatlarni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar yaratadi. Qadriyatlar haqidagi ta’rifdan kelib chiqib, umuminsoniy qadriyatlar tushunchasini quyidagicha ta’riflash mumkin.
Milliy qadriyat – millat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog’liq qadriyat shaklidir. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarsi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan uzviy bog’liq xolda namoyon bo’ladi.
Milliy g’urur – bu tuyg’u millatning yutuqlari, obro’-e’tiborlari bilan faxrlanish, o’z eliga, millatiga jonkuyar bo’lish, xalq urf-odatlarini an’analarini, qadriyatlarini hurmat qilishda namoyon bo’ladi.
Milliy ong – ma’naviy barkamollikka erishish insonning butun ongli hayoti davomida amalga oshirib borishidir. Ta’lim orqali bolaning ongiga, hayotga qiziqishi va havas kelajakka ishonch tuyg’ulari singdiriladi.
Milliy iftixor – bu millatning tarixi, o’tmishi, urf-odatlari, qadriyatlari, an’analari, madaniyati yashash tarzidan g’ururlanishi demakdir.
Ta’lim-tarbiya jarayonida manaviy qadriyatlar ijtimoiy-tarixiy hodisani ifodalaydi. Ma’naviyat-milliy urf-odatlar, tarbiya an’analari, axloq-odob aqidalari, e’tiqod, madaniy-marifiy jarayonlar majmuasidir.
Ma’naviy qadriyatlar- bu falsafiy va ijtimoiy tushunchalar bo’lib, insonni o’rab olgan atrof-muhitni amaliy jihatdan o’zlashtirish natijasida vujudga keladi va muayyan tartibda tushurilgan bilimlar shaklida namoyon bo’ladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida ma’naviy qadriyatlar ijtimoiy, tarixiy hodisani ifodalaydi. Umuman xulosa qilib aytganda, bugungi yoshlarni mustaqillik ruhida tarbiyalashdan maqsad, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish bilan birga, jamiyatimizni iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy saloxiyatini ko’tarishga xizmat qiladi. O’zbekiston respublikasining davlat mustaqilligiga erishuvchi ta’lim va tarbiyani milliy shakllantirishga va rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib beradi. Milliy tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, adabiyot, etika, estetika, musiqa, fiziologiya, pedagogika, psixologiya kabi fanlardan foydalanadi.
Milliy tarbiya nazariyasi pedagogikaning umumiy asoslari; ta’lim nazariyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan uzviy bog’langandir. Milliy tarbiya hayotning mohiyati ichki aloqa va munosabatlarini aks ettiradi. Bugungi kunda shunchaki bilim egasi bo’lgan yoshlar emas, balki ijodkor, iste’dodi bilan ajralib turuvchi o’quvchilarni tarbiyalash zamon talabidir. Maktabda ta’lim olish davrida milliy tarbiya o’quvchilarni turli qobilyatlarini rivojlantiradi. (g’oyaviy, axloqiy, estetik, irodaviy xislatlarni).Tabiatga, jamiyatga qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari yanada mustahkamlanadi. Bolaning yoshi ulg’aygan sari bu faollik tobora ko’proq mustaqil xususiyatga ega bo’lib boraveradi. Tabiat, jamiyat va turmushda uchraydigan hodisa va sharoitlarni tushunishni ham idrok etadi.
Mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash nafosat tarbiyasinin g asosiy masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo’lib, u o’quvchilarni musiqa san’ati asarlarini tushunishga va ijro etishga o’rgatadi. Musiqa jamiyatning, hayotning muhim qismidir. U inson ruhiyatiga kuchli ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lib, ularning his tuyg’ularini o’ziga xos badiiy tilda ifoda etadi. Bir so’z bilan aytganda musiqa san’ati hayotni o’rgatadi.
Xalq qo’shiqlari ham tarbiya vositasidir. Ular millatni urf – odatlari, dunyoqarashi, tuyg’ularini targ’ib qilib avloddan – avlodga yetkazadi. Bunday qo’shiqlar badiiy-estetik , nafosat manbalari sifatida kishi hissiyotini tarbiyalash vositasidir. Xalq qo’shiqlariga xos xususiyat ham aqliy teranlik, mantiqiy fikrlash asosida ma’naviy fazilatlarning barcha qirralarini ongli ravishda o’zlashtirish orqali barkamollikka erishishni ta’minlashdan iboratdir. Unda ma’naviy-aqloqiy fazilatlarni shakllantirishning umumiy vositasi sifatida o’quvchilarning faoliyati, kundalik muloqat jarayonida amalga oshiriladi. Shuning uchun ham qo’shiqlar yosh avlodni ma’naviy – axloqiy shakllantirishda katta pedagogic imkoniyatlarga ega. Ularni o’quvchilarning yosh xususiyatlari, dunyoqarashi ma’naviy-axloqiy estetik, nafosat taraqqiyot darajasiga ko’ra darsliklariga kiritishi ta’lim jarayonida o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy shakllantirish tizimini takomillashtirish imkonini beradi.
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, qo’shiq aytayotgan har bir yosh ijrochining avvalo, she’riy nutqi shakllangan bo’lishi, she’riy matnni mustaqil ravishda tahlil qila olishi, qo’shiqda so’z qadrini saqlab qolishi, mazmundagi asosiy fikrni ma’lum jumlalarga his qilishi nafosat estetik tuyg’ulari mujassamlashgan bo’lishlari kerak.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Sh.Mirziyoev. “Xalqimizning roziligi bizning foliyatimizga berilgan eng loyiq bahodir”.196-bet
2. D.A.Karimova Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T. Iqtisod moliya. 2008. 103 bet.
3. M.Usmonbayeva. “Kreativ pedagogika”. , darslik, H.Omonov, N,Xo'jayev T, 2009
4. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash, o’quv qo’llanma, D.Namozova, T, 2018
5. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash, darslik, D.Namozova, T 2020
Yüklə 17,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin