O'quvchilarni sportga tanlash usullari metodlari va ular bilan mashg’ulot o’tkazish metodikasi



Yüklə 73,82 Kb.
səhifə1/7
tarix15.03.2023
ölçüsü73,82 Kb.
#88001
  1   2   3   4   5   6   7
SPORT MAHORATINI O’QUVCHILARNI SPORTGA TANLASH USULLARI, METODLARI VA ULAR BILAN MASHG’ULOT O’TKAZISH ORQALI OSHIRISH.


SPORT MAHORATINI O’QUVCHILARNI SPORTGA TANLASH USULLARI, METODLARI VA ULAR BILAN MASHG’ULOT O’TKAZISH ORQALI OSHIRISH.
REJA
Kirish
1. Ko`p yillik tayyorgarlik jarayonida sportchilarni tanlash va yo`llanma berish (yosh sportchilarni tanlash tartibi)
2.Yosh sportchilarni tanlash muammolari. Ko`p yillik tayyorgarlik 2-3 bosqichni tanlash. Nazoratning turlari va mazmuni
3 Sport mashg`ulotining dolzarbligi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Ilmiy bilish - inson aqlining narsalar mohiyatiga, ularning qonuniy aloqalari va munosabatlari dunyosiga kirib borishining murakkab dialektik jarayonidir. Ilmiy bilishsiz tabiat va ijtimoiy hayotni samarali o`zgartirish mumkin emas. Ma`lumki, dunyoni bilish haqidagi masala falsafaning asosiy masalasi hisoblanadi.
Bilish jarayonida inson (bilish sub`ekti) va mavjud borliq (bilish ob`ekti) o`zaro aloqada bo`ladi. Inson olamni o`rganadi, shuning uchun ham u olgan barcha bilimlar ob`ektiv borliqning shunchaki tasviri emas, balki sub`ektiv tasviridir. Buning ma`nosi shuki, bilish jarayonida ob`ektivlik va sub`ektivlik orasida ziddiyat yuzaga keladi. Bunda bilimlar tobora haqqoniy bo`lib boradi, ya`ni bilishning rivojlanishi, ob`ektiv olam to`g`risidagi bilimlarning chuqurlashuvi muqarrar ravishda borliqni yana ham adekvat tarzda aks ettirish jarayoniga aylanadi.
Sport fanining boshqa fanlar kabi rivojlanishi bundan mustasno emas. U ilmiy bilish metodologiyasining, jumladan, uning usul va tamoyillarining ishlab chiqilishi bilan chambarchas bog`liq.
Ilmiy metodologiya bu ilmiy bilishning eng umumiy, dunyoqarashga oid tamoyillari tizimidir. Metodologiya deganda umuman fanda (fanning umumiy metodologiyasi), jumladan, uning muayyan bir sohasida (bu erda-sport fani metodologiyasida) ilmiy bilishning usullari haqidagi ta`limot tushuniladi.
Usul ilmiy tadqiqot ma`lumotlarini to`plash va ularga ishlov berishning aosiy yo`lidir. Ilmiy usul har doim ob`ektning xususiyatlari haqidagi umumiy tamoyillar va tasavvurlardan kelib chiqadi hamda ularning natijasi bo`lmish maqsadga erishishni ta`minlovchi yo`l-yo`riqlar va talablarni qamrab oladi.
Usuliyat muayyan usul bilan bog`liq usullar yoki texnik yo`llarning yig`indisini ifodalaydigan tushuncha bo`lib, bu tarkibga xususiy muolajalar, ularning tartibi hamda o`zaro aloqadorligi ham kiradi.
Usuliyat deganda quyidagilar tushuniladi:
a) usulning xususiy varianti, muayyan muammoni hal etishning maxsus usuli (echimi), masalan: sportchining tezkorlik-kuch xususiyatlarini tadqiq etish usuliyati:
b) berilgan vazifani tadqiq etish (hal qilish) usullari to`plami va ularni qo`llash tartibi: masalan: kurashchining musobaqa faoliyatini o`rganish usuliyati.
Ilmiy bilish mantiqi uning tuzilishi, bosqichlarini o`rganadi, ilmiy tadqiqot jarayoni va uni tashkil etuvchi unsurlarning yaxlit qiymatini beradi.
Har qanday ilmiy tadqiqot ilmiy muammoni o`rtaga tashlashdan boshlanishi kerak. Ilmiy muammo bilimlarning erishilgan darajasi bilan ijtimoiy amaliyotning yangi faktlari yoki ehtiyojlari orasidagi ziddiyatning yuzaga kelishi va rivojlanishi oqibati sifatida shakllanadi. Ilmiy muammoni to`g`ri ifodalash uchun fan va texnikaning eng yangi yutuqlari va imkoniyatlarini bilish, shuningdek, shu sohada o`tkazilgan tadqiqotlar haqida tasavvurga ega bo`lib, tadqiqot darajasini aniq bilish lozim. Ilmiy muammoning to`g`ri qo`yilishi uni hal etish uchun ko`p narsa bera oladi. Ilmiy metodologiyadan kelib chiqib, ilmiy bilishning quyidagi umumilmiy usullarini farqlash mumkin: tahlil (analiz) va sintez, induktsiya va deduktsiya, o`xshashlik (analogiya) va model lashtirish, mavhumlashtirish va aniqlashtirish, tizimli tahlil, kuzatuv va tajriba.
Tahlil - predmetni xayolan yoki amalda tarkibiy qismlarga (ob`ektning qismlari, belgilari, xususiyatlari, munosabatlari) ajratib o`rganishdan iborat tadqiqot usuli.
Har bir ajratilgan qism bir butun doirasida alohida-alohida tahlil qilinadi. Masalan: jamoa sportchilarining va har bir o`yinchining o`quv-mashq jarayonini tahlil qilish. Sintez - (birlashtirish, uyg`unlashtirish, tuzish) - ob`ektni yaxlit holda, uning qismlarini birlikda va o`zaro bog`liqlikda o`rganish usuli. Ilmiy tadqiqotlar jarayonida sintez tahlil bilan chambarchas bog`liq, chunki u predmetning tahlil jarayonida tarkibiy qismlarga ajratib yuborilgan bo`laklarini birlashtirib, ular orasidagi bog`liqlikni aniqlashga va predmetni bir butun holda o`rganishga imkon yaratadi. Masalan: sportchilar tomonidan mikro va mezotsikl yuklamalarining umumiy hajmini tashkil etuvchi turli yo`nalishdagi mashg`ulot yuklamalarining bajarilishi. Induktsiya (to`g`rilash, qo`zg`atish) - predmetning ayrim unsurlariga xos belgilarni o`rganish asosida uning barcha unsurlariga xos bo`lgan belgilar haqida umumiy xulosa chiqarishga asoslanuvchi tadqiqot usuli. Sportchining musobaqa faoliyatidagi ko`rsatkichlariga ijobiy ta`sir qiluvchi alohida omillar shu tariqa o`rganilib, keyin ular ko`rsatkichlar bo`yicha umumlashtiriladi.
Deduktsiya (payqab olmoq)- umumiydan xususiylik tomon fikr yuritish usuli hisoblanib, bunda dastlab ob`ekt yaxlit holatda tekshiriladi, keyin uning tarkibiy qismlari tadqiq etiladi. Masalan: avval kurashchining u yoki bu usulni bajarish texnikasi o`rganiladi, keyin usul tarkibiy qismlarga ajratib ko`rib chiqiladi (ushlab olish,ko`tarib olish, chalish, erga tushish). O`xshashlik-ayrim predmet yoki hodisalarni boshqalari bilan o`xshashligi asosida o`rganishga tayanadigan ilmiy fikrlash usuli. Masalan: maktab yoshidagi bolalarning jismoniy tayyorgarligi alohida maktablar misolida o`rganilib, olingan natijalar barcha maktablar o`quvchilariga tatbiq etiladi.
Model lashtirish ilmiy bilish usuli bo`lib, bunda o`rganilayotgan predmet, hodisa unga o`xshash shunday boshqa predmet yoki hodisaga, model ga almashtiriladiki, u aslining eng muhim xususiyatlarini o`zida jamlagan bo`ladi.
Sport fanida musobaqa faoliyatini model lashtirish keng qo`llaniladi- ikki sportchining bellashuvi bir xil tenglamalar asosida tasvirlanadi va zamonaviy komp`yuterlardan foydalangan holda tadqiq etiladi. Masalan: kurashchining taxminiy raqibi bilan o`tkaziladigan bellashuvlarini model lashtirishga imkon beradigan komp`yuter dasturlari ishlab chiqilgan va amaliyotda faol qo`llaniladi. Mavhumlashtirish - (diqqatni bo`lish, chalg`itish) - muayyan predmetlardan rivojlanishning umumiy tushuncha va qonuniyatlariga o`tish imkonini beradigan chalg`itish usuli. Bu usul pedagogik tadqiqotlarda o`quv-mashq jarayonining istiqbol rejasini tuzish vaqtida qo`llanilib, bunda sportchilarning o`tgan davrdagi faoliyatlarini o`rganish asosida ular tayyorgarligining keyingi davrdagi rivojlanishi bashorat qilinadi.



Yüklə 73,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin