International Scientific and Practical Conference
https://www.conferenceseries.info/index.php/education
24
O‘QUVCHILARNING IQTIDORINI ANIQLASH VA ULARNI
IS’TEDODINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK
MAHORATNING O‘RNI
Hatamova Ma'rifat Yorqin Qizi
Jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi
magistri
Annotatsiya.
Mazkur maqolada maktab yoshidagi iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ularni
rivojlantirishda pedagogik mahoratning o‘rni va ahamiyati, ta`lim va tarbiyani o‘rinli tashkil etish
yo‘llari haqida ma’lumot berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ta’lim sifat va samaradorligi, is’tedod, iqtidor tarbiya, qobiliyat, bilimli,
spetsifik, ijodkor
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atda jadallik bilan
rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini
mazmunan yangi bosqichga
ko‘tarishni talab etmoqda. Bu esa yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ta’sirchanligini oshirishga
xizmat qiladi.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy
salohiyati va kasbiy mahoratiga nisbatan yuqoridagi fikrga asosan jiddiy talablar qo‘yilmoqda.
Kelajagimiz egalari bo’lgan yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor bir kun kelib o’z
natijasini bermay qolmaydi, albatta. Ayniqsa, maktab yoshidagi o’quvchilar ta`lim-tarbiyasiga
yuksak e’tibor berilib, farzandlamizning iqtidor va iste’dodlari erta aniqlanib shu asosida ta`lim
sohalari bo‘yicha yo‘naltirilib o‘qishlariga alohida e’tibor berilmoqda.
Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan, to‘g‘ri va halol, jasur avlodni tarbiyalash davrimizning
dolzarb muammolaridandir”.
Darhaqiqat, XXI asr intellektual, o‘z mustaqil, sog‘lom fikriga ega
yoshlarni tarbiyalaydigan asrdir.
Shu bois, bolalarning
puxta bilim olishlari, teran fikrlashlari uchun, eng avvalo, ta’lim
beruvchining mahorati, bilimi, layoqati muhim spetsifik xarakterga ega. Bugun o‘zini pedagogman
deb hisoblagan mutaxassis, albatta, bolalarning ta’lim-tarbiya olishiga jiddiy e’tibor qaratmog‘i
lozim.
Bisning asosiy maqsadimiz – o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularni ijodkorlikka
jalb etishdan iborat. Negaki, bugungi kunda ish beruvchi ham mustaqil fikrlaydigan, olgan bilimlarini
muammolarni hal etishda bemalol qo‘llay oladigan, tanqidiy mulohaza yuritishga qodir bo‘lgan, til
zahirasi boy, savodli xodimni ishga olishdan manfaatdor. Shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘qituvchi
faoliyatidagi eng muhim narsa bu – o‘quvchilarni o‘rganishga o‘rgatish. O‘quvchilarning o‘rganishi
kerak bo‘lgan narsalari esa cheksiz ko‘p –
eng muhimi, ular mehnatdan qochmaslikka, ongli,
samarali, ijodkorona va mas’uliyat bilan mehnat qilishga o‘rganishlari lozim. Bugungi kunda
o‘qituvchilar oldiga qo‘yilayotgan talab ham shu: o‘quv tarbiya jarayonini muntazam takomillashtirib
borish, ta’lim, tarbiya bilan bog‘liq, rivojlantiruvchi va albatta, amaliy
masalalarni sifatli hamda
majmuali tarzda hal etish zarur.
International Scientific and Practical Conference
https://www.conferenceseries.info/index.php/education
25
Iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ulardagi tug‘ma qobiliyatni, iqtidor va
iste’dodini erta yoshdan boshlab aniqlashga e’tibor qaratishimiz orqali kelajakda vatanimizdan buyuk
shaxslar yetishib chiqishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Buning uchun biz bolalardagi iqtidor
va qobiliyatni o‘z vaqtida aniqlab, to‘g‘ri yo‘naltirib rivojlantirsak, ularning kelgusida yangi-yangi
kashfiyotlarni yaratishlariga zamin yaratgan bo‘lamiz. Shu sababli axloqli sof mantiqiy tafakkuri
kuchli, aqliy madaniyati yuqori bo‘lgan. Bolalarni maxsus o‘qitish va ularga ko‘proq umid bog‘lash
lozim. Aynan shunday bolalar kelgusida yanada muhimroq iqtisodiy ,ilmiy va ijtimoiy masalalarni
yechishga qodir bo‘ladilar. O‘zbek avlodini jahonga ko‘z-ko‘z qila oladigan kishilar-bu iste’dodli,
qobiliyatli, zukko, o‘z ishining ko‘zini bilib bajaradigan qo‘li gul, o‘z sohasining mohir
mutaxassislaridir. Dono, tetik, aqli raso bolalarni sinf o‘quvchilari orasidan asosli ravishda
tanlashimiz va ularni layoqat yo‘nalishlari, qobiliyatlariga
qarab u yoki bu sohaga, kasbga
yo‘naltirishimiz kerak. Is’tedodli bolalarni aniqlab ular bilan ishlashda qudagilarga amal qilinganda
yaxshi natijalarga erishiladi:
-Har bir bola takrorlanmasdir. Ba`zilari she’r yozish, ba`zilari matematikadagi qobiliyati bilan
bir xillari esa yuqori intellekti bilan ajralib turadi.
Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berayotgan pedagog maxsus pedagogik, psixologik va
mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimli va yuksak fazilatli shaxs hisoblanadi. Shu bois, bugungi kun
zamonaviy o’qituvchisida quyidagi fazilatlar bo‘lishi lozim. U o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha puxta
bilimga ega bo‘lishi, o‘z
ustida muntazam ishlashi, ta’lim-tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi,
fiziologiya fanlarining asoslarini bilishi, mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning yoshi va psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatini tashkil etishi lozim. Ustoz-murabbiylar ta’lim-tarbiya
jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalanishni bilishi kerak.
Ko‘pgina is’tedodli o‘quvchilarning qiziqishlari ko‘p qirralidir. Istedodli bolalar boshqa bolalar bilan
o‘qigan
taqdirda ham, is’tedodli boshqa bolalar bilan muloqat qilish imkoniyatini yaratish kerak.
Is’tedodli bolalarning dasturi har tomonlama mukammal bo‘lishi zarur. Is’tedodli bolalarni
o‘qitishning namunali rejasini ish faoliyatiga bevosita tatbiq qilish kerak. Bugungi kun o‘qituvchisi
o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishi,
ularning diqqatini jalb qilib faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, hatti-harakatini real baholay olishi
kerak.
Har bir faoliyat uchun zarur bo‘lgan materialni oldindan tayyorlab qo‘yishi, yangi bilimni
egallagan bilimlar bilan bog‘lay olishi kerak. Bolalar egallab olishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma
va malakalar ularning yoshlik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. U bolalarning ruhiy va jismoniy
holatini aniqlay bilishi va uni bolalar bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga
olishi kerak. Pedagogik mahoratning mohiyatini tahlil etish, undan etarli darajada xabardor bo‘lib uni
amaliyotda qo‘llay olish pedagogning bilimi, tajribasi va kreativligiga bog‘liq. Demak, bugungi kun
o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida pedagogik mahorat alohida o‘ringa ega.
Foydalanilgan adabiyotlat
1.
I.Ibragimov U.Yo‘ldoshev X.Bobomirzayev Pedagogik psixologiya.. Toshkent.2007y
2.
J.G‘.Yo‘ldoshev. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni amaliyotga joriy etish. O‘quv
qo‘llanma. T 2008.
3.
D.A.Abduraxmonova, R.A. Mavlonova “Pedagogtk mahorat” Toshent 2012 yil