O‘quvchilarning iqtidorini aniqlash va ularni is’tedodini rivojlantirishda pedagogik mahoratning o‘rni



Yüklə 23,82 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix13.12.2023
ölçüsü23,82 Kb.
#175071
Xalqaro maqola



International Scientific and Practical Conference 
https://www.conferenceseries.info/index.php/education
24 
O‘QUVCHILARNING IQTIDORINI ANIQLASH VA ULARNI
IS’TEDODINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK 
MAHORATNING O‘RNI 
 
Hatamova Ma'rifat Yorqin Qizi 
Jizzax davlat pedagogika instituti pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi 
magistri 
Annotatsiya. 
Mazkur maqolada maktab yoshidagi iqtidorli o’quvchilarni aniqlash va ularni 
rivojlantirishda pedagogik mahoratning o‘rni va ahamiyati, ta`lim va tarbiyani o‘rinli tashkil etish 
yo‘llari haqida ma’lumot berilgan. 
Kalit so‘zlar:
Ta’lim sifat va samaradorligi, is’tedod, iqtidor tarbiya, qobiliyat, bilimli, 
spetsifik, ijodkor 
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur’atda jadallik bilan 
rivojlanishi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya sifatini mazmunan yangi bosqichga 
ko‘tarishni talab etmoqda. Bu esa yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar ta’sirchanligini oshirishga 
xizmat qiladi.
Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan pedagog xodimlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy 
salohiyati va kasbiy mahoratiga nisbatan yuqoridagi fikrga asosan jiddiy talablar qo‘yilmoqda. 
Kelajagimiz egalari bo’lgan yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga qaratilayotgan e’tibor bir kun kelib o’z 
natijasini bermay qolmaydi, albatta. Ayniqsa, maktab yoshidagi o’quvchilar ta`lim-tarbiyasiga 
yuksak e’tibor berilib, farzandlamizning iqtidor va iste’dodlari erta aniqlanib shu asosida ta`lim 
sohalari bo‘yicha yo‘naltirilib o‘qishlariga alohida e’tibor berilmoqda. 
Binobarin, “Mustaqil fikr yuritadigan, to‘g‘ri va halol, jasur avlodni tarbiyalash davrimizning 
dolzarb muammolaridandir”. Darhaqiqat, XXI asr intellektual, o‘z mustaqil, sog‘lom fikriga ega 
yoshlarni tarbiyalaydigan asrdir. 
Shu bois, bolalarning puxta bilim olishlari, teran fikrlashlari uchun, eng avvalo, ta’lim 
beruvchining mahorati, bilimi, layoqati muhim spetsifik xarakterga ega. Bugun o‘zini pedagogman 
deb hisoblagan mutaxassis, albatta, bolalarning ta’lim-tarbiya olishiga jiddiy e’tibor qaratmog‘i 
lozim. 
Bisning asosiy maqsadimiz – o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, ularni ijodkorlikka 
jalb etishdan iborat. Negaki, bugungi kunda ish beruvchi ham mustaqil fikrlaydigan, olgan bilimlarini 
muammolarni hal etishda bemalol qo‘llay oladigan, tanqidiy mulohaza yuritishga qodir bo‘lgan, til 
zahirasi boy, savodli xodimni ishga olishdan manfaatdor. Shu nuqtai nazardan qaraganda, o‘qituvchi 
faoliyatidagi eng muhim narsa bu – o‘quvchilarni o‘rganishga o‘rgatish. O‘quvchilarning o‘rganishi 
kerak bo‘lgan narsalari esa cheksiz ko‘p – eng muhimi, ular mehnatdan qochmaslikka, ongli, 
samarali, ijodkorona va mas’uliyat bilan mehnat qilishga o‘rganishlari lozim. Bugungi kunda 
o‘qituvchilar oldiga qo‘yilayotgan talab ham shu: o‘quv tarbiya jarayonini muntazam takomillashtirib 
borish, ta’lim, tarbiya bilan bog‘liq, rivojlantiruvchi va albatta, amaliy masalalarni sifatli hamda 
majmuali tarzda hal etish zarur. 


International Scientific and Practical Conference 
https://www.conferenceseries.info/index.php/education
25 
Iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ulardagi tug‘ma qobiliyatni, iqtidor va 
iste’dodini erta yoshdan boshlab aniqlashga e’tibor qaratishimiz orqali kelajakda vatanimizdan buyuk 
shaxslar yetishib chiqishiga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz. Buning uchun biz bolalardagi iqtidor 
va qobiliyatni o‘z vaqtida aniqlab, to‘g‘ri yo‘naltirib rivojlantirsak, ularning kelgusida yangi-yangi 
kashfiyotlarni yaratishlariga zamin yaratgan bo‘lamiz. Shu sababli axloqli sof mantiqiy tafakkuri 
kuchli, aqliy madaniyati yuqori bo‘lgan. Bolalarni maxsus o‘qitish va ularga ko‘proq umid bog‘lash 
lozim. Aynan shunday bolalar kelgusida yanada muhimroq iqtisodiy ,ilmiy va ijtimoiy masalalarni 
yechishga qodir bo‘ladilar. O‘zbek avlodini jahonga ko‘z-ko‘z qila oladigan kishilar-bu iste’dodli, 
qobiliyatli, zukko, o‘z ishining ko‘zini bilib bajaradigan qo‘li gul, o‘z sohasining mohir 
mutaxassislaridir. Dono, tetik, aqli raso bolalarni sinf o‘quvchilari orasidan asosli ravishda 
tanlashimiz va ularni layoqat yo‘nalishlari, qobiliyatlariga qarab u yoki bu sohaga, kasbga 
yo‘naltirishimiz kerak. Is’tedodli bolalarni aniqlab ular bilan ishlashda qudagilarga amal qilinganda 
yaxshi natijalarga erishiladi: 
-Har bir bola takrorlanmasdir. Ba`zilari she’r yozish, ba`zilari matematikadagi qobiliyati bilan 
bir xillari esa yuqori intellekti bilan ajralib turadi. 
Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berayotgan pedagog maxsus pedagogik, psixologik va 
mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimli va yuksak fazilatli shaxs hisoblanadi. Shu bois, bugungi kun 
zamonaviy o’qituvchisida quyidagi fazilatlar bo‘lishi lozim. U o‘zining mutaxassisligi bo‘yicha puxta 
bilimga ega bo‘lishi, o‘z ustida muntazam ishlashi, ta’lim-tarbiya pedagogikasi va psixologiyasi, 
fiziologiya fanlarining asoslarini bilishi, mashg‘ulotlar jarayonida bolalarning yoshi va psixologik 
xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatini tashkil etishi lozim. Ustoz-murabbiylar ta’lim-tarbiya 
jarayonida samarali shakl, metod va vositalardan unumli foydalanishni bilishi kerak. 
Ko‘pgina is’tedodli o‘quvchilarning qiziqishlari ko‘p qirralidir. Istedodli bolalar boshqa bolalar bilan 
o‘qigan taqdirda ham, is’tedodli boshqa bolalar bilan muloqat qilish imkoniyatini yaratish kerak. 
Is’tedodli bolalarning dasturi har tomonlama mukammal bo‘lishi zarur. Is’tedodli bolalarni 
o‘qitishning namunali rejasini ish faoliyatiga bevosita tatbiq qilish kerak. Bugungi kun o‘qituvchisi 
o‘ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o‘sha faoliyatga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishi, 
ularning diqqatini jalb qilib faolligini o‘stirish, bolalarning xulqini, hatti-harakatini real baholay olishi 
kerak.
Har bir faoliyat uchun zarur bo‘lgan materialni oldindan tayyorlab qo‘yishi, yangi bilimni 
egallagan bilimlar bilan bog‘lay olishi kerak. Bolalar egallab olishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma 
va malakalar ularning yoshlik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. U bolalarning ruhiy va jismoniy 
holatini aniqlay bilishi va uni bolalar bilan amalga oshiradigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida e’tiborga 
olishi kerak. Pedagogik mahoratning mohiyatini tahlil etish, undan etarli darajada xabardor bo‘lib uni 
amaliyotda qo‘llay olish pedagogning bilimi, tajribasi va kreativligiga bog‘liq. Demak, bugungi kun 
o‘qituvchisining pedagogik faoliyatida pedagogik mahorat alohida o‘ringa ega.
 
 
Foydalanilgan adabiyotlat 
1.
I.Ibragimov U.Yo‘ldoshev X.Bobomirzayev Pedagogik psixologiya.. Toshkent.2007y 
2.
J.G‘.Yo‘ldoshev. Zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni amaliyotga joriy etish. O‘quv 
qo‘llanma. T 2008. 
3.
D.A.Abduraxmonova, R.A. Mavlonova “Pedagogtk mahorat” Toshent 2012 yil 

Yüklə 23,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin