O\'quvchilarning sog\'lom turmush tarzini fizalogik asoslari-fayllar.org
2.1 O’quvchilarni turli xil kasalliklar, zararli odat va ta’sirlardan himoya qilish usullari.
” Sog’loom avlod deganda shaxsan men avvalo sog’lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat shu bilan birga ruhi, fikri sog’lom, iymon – e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman ”.
” Buyuk davlatni faqat sog’lom millat, sog’lom avlodgina qura oladi ” – deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov. [ Barkamol avlod O’zb.taraqqiyotining poydevori. Toshkent . Sharq nashriyoti .1998-y].
Aslida olloh taolo inson zotini tabiatan sog’lom, mukammal yaratadi. Lekin afsuski odam bolasining o’zi, qolaversa nosog’lom muhit bu mukammallikni buzadi. Odamzod tassufki nafs, kibr-u havo, jaholatga berilib o’zini – o’zi, turli ofatlarga giriftor qiladi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15- fevraldagi 46-sonli qarori bilan ”Sog’lom avlod’’ Davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dastur 2000-yildan boshlab ko’p yillar davom etadigan tadbirlarni o’z ichiga oladi.
Boshlang’ich sinf tabiatshunoslik faniga sog’lom turmush tarziga oid turli mavzular kiritilgan. Bulardan 1-sinf tabiatshunoslik ( Atrofimizdagi olam) darsligiga “ Sog’liqni saqla”, “ O’quvchining “kun” tartibi”, “ Mening dam olish kunim”, “ Ovqatlanish qoidalari”, ” Yashil dorixona” mavzulari kiritilgan.
3 – sinf tabiatshunoslik darsligiga ”Odam kim”, ”Teri”, ”Muskullar”, ”Skelet”, ” Yurak va qon”, ” O’pka va nafas olish”, ”Ovqat hazm qilish organlari”, ” Zararli moddalarning organizmdan chiqib ketishi”, ” Ovqatlar va ovqatlanish qoidalari”, ” Nerv sistemasi”, ” Sezgi organlari”, ” Chekishdan o’zingizni tiying!”, ” Kasallikni davolashdan ko’ra oldini olgan oson!’’ mavzulari kiritilgan.
4- sinf darsligida ”Toza havo, toza suv – salomatlik garovi” mavzusi kiritilgan. Ushbu mavzularni o’tish davrida o’qituvchi o’quvchilarga spirtli ichimliklar ichuvchi, nos, sigaretlar chekuvchi giyohvand moddalar йфигд qiluvchi bolalarning qanday holatga tushganlarini batavsil tushuntiradi.
Odam va uning salomatligini muhofaza qilishda qadimgi ajdodlarimizning qo’shgan hissalari bilan tanishtiriladi. Bulardan X asrda yashagan Abu Bakr ibn Ahaviy, Abu Mansur Buxoriy, Abu Saxl Masix Jurjoniy, Abu Rayhon Beruniy o’z asarlarida odamlarda uchraydigan ko’pgina kasalliklar va ularni davolashda ishlatiladigan dorilar haqida ma’lumotlar keltirilgan.