Oraliq bug‘ qizdirish jarayonlari Reja


- rasm. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdiriladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi



Yüklə 26,81 Kb.
səhifə3/5
tarix22.10.2023
ölçüsü26,81 Kb.
#159669
1   2   3   4   5
Oraliq bug‘ qizdirish jarayonlari Reja-fayllar.org

3- rasm. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdiriladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi
Namligi yuqori bo‘lgan bug‘ turbina parraklarini tez ishdan chiqaradi. Namlikning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan me’yordan (10% gacha) ortib ketmasligi uchun bug‘ oraliq bosqichda qizdiriladi. Bug‘ turbinada qisman kengaygandan keyin bug‘ qizdirgichga beriladi, bu yerda u qaytadan o‘ta qizigan bug‘ holatiga o‘tdi. Shundan keyin u bug‘ turbinaning oxirgi bosqichlariga yuboriladi. Bug‘ni oraliq bosqichda qizdirish termik F.I.K. ni qisman ko‘payishiga va turbina parraklari ishlash muddatining uzayishiga olib keladi. 3-rasmda bug‘ni oraliq bosqichda qizdirishning oddiy sxemasi keltirilgan.

Oraliq bug‘ qizdirgich 2 qozon agregatining gaz yo‘llariga, odatda, asosiy bug‘ qizdirgich 1 dan keyin o‘rnatiladi. Bug‘ qizdirgich 2 dagi bug‘ qizigan gazlar ta’sirida deyarli boshlang‘ich temperaturasigacha isiydi va turbinaning oxirgi bosqichlariga o‘tadi. p1 va p2 o‘zgarmasdan bug‘ning boshlang‘ich temperaturasi t1 ko‘tarilishi bilan temperatura tushishi ko‘payadi va natijada t ortadi (1-jadvalga qarang), bug‘ning namligi esa, kamayadi. Bug‘ning turbinadan chiqishdagi bosimi p2 qanchalik past bo‘lsa, bug‘ bajargan ish shunchalik ko‘p va qurilmaning termik F.I.K. katta bo‘ladi. Lekin p2 bosim kondensatordagi sovituvchi suvning temperaturasi bilan aniqlanadi. Suvning yillik o‘rtacha temperaturasini 10-15­­­0 S dan past temperaturagacha sovitadigan tabiiy sovitgichlar yo‘qligi sababli, p2 ni juda kamaytirish yo‘li bilan siklning F.I.K.ni oshirish amalda mumkin emas.


2. Regenerativ siklli bug‘ – kuch qurilmasi

Isiqlik texnikasida regeneratsiya so‘zi chiqib ketayotgan issiqlikning bir qismini issiqlik qurilmasida yana ishlatish uchun qaytarish ma’nosini bildiradi.


Kondensatordan qozonga o‘tadigan kondensatni isitish, ta’minlash suvini regenerativ isitish deyiladi. 4–rasmda ta’minlash suvi regenerativ isitiladigan bug‘-kuch qurilmasining sxemasi va uning h-s diagrammasi keltirilgan.

4-rasm.Regeneratsiya siklli bug‘-kuch qurilmasi va uning hs-diagrammasi:
I – qozon qurilmasi; II- bug‘ turbinasi; III- kondensator; IV-kondensat nasosi; V va VI- regeneratsiya qurilmalari
Ta’minlash suvini (kondensatni) isitish uchun uning yo‘liga regenerativ isitgich V va VI lar o‘rnatilgan. Issiqlik tashuvchi sifatida turbinaning oraliq bosqichlaridan bug‘ning bir qismi olinadi, ya’ni to‘liq ishlamagan bug‘ olinadi va isitgichga yuboriladi. Issiq bug‘ bilan isitilgan kondensat ta’minlash nasosi IV bilan qozonga uzatiladi. Bug‘ning boshlang‘ich parametrlari p1, t1 ga qarab, kondensatning temperaturasi 145-245 0 S ga yetkaziladi. Ta’minlash suvini regenerativ isitish natijasida siklning termik F.I.K. 10-14 % ga ortadi. Bug‘ning boshlang‘ich parametrlari qanchalik ortsa, shunchalik ko‘p yoqilg‘i tejaladi. Necha joydan va qaerdan bug‘ olinishi hamda shunga muvofiq holda isitgichlarning soni hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Tajribalarning ko‘rsatishicha, suvni regenerativ isitish bosqichlari soni oshganda siklning F.I.K. ortadi. Zamonaviy, yuqori parametrli bug‘ turbinalari qurilmalarida regenerativ isitish bosqichlari soni o‘ntaga yetadi.
4-rasmda tasvirlangan bug‘ ikki marta olinadigan bug‘-kuch qurilmasining F.I.K. ni quyidagicha ifodalash mumkin:

(9)
bu yerda h1- turbinaga kirayotgan bug‘ entalpiyasi; h, gm- birinchi isitgichga kelayotgan bug‘ entalpiyasi va miqdori; h, gn – ikkinchi isitgichga kelayotgan bug‘ entalpiyasi va miqdori; h2, g - kondensatorga kelayotgan bug‘ entalpiyasi va miqdori; ht.s. – ta’minlash suvi entalpiyasi.

Bug‘ning solishtirma sarfi quyidagicha bo‘ladi:

(10)



Yüklə 26,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin