Oraliq nazorat Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til


Aqliy leksika va leksik diffuziyalar. Ma'noning formal kodi



Yüklə 225,71 Kb.
səhifə3/8
tarix16.03.2023
ölçüsü225,71 Kb.
#88284
1   2   3   4   5   6   7   8
Oraliq nazorat Maktabgacha va boshlang

4. Aqliy leksika va leksik diffuziyalar. Ma'noning formal kodi.
Lug‘at tarkibidagi dastlabki so‘zlarning xususiyatida ularning bir biri bilan nomutanosib ravishda bog‘langanligini ko‘rish mumkin.

39-tasvirga qarang.
Shuni yodda tutish lozimki, leksik farqlar tillar orasida uchraydigan hodisa. Leksema va shakl orasida morfo-fonologik jihatlar jamlanadi. Aqliy leksikonni qo‘llash darajalarini qanday farqlash mumkin? 40-rasmda mahalliy ingliz tilida so‘zlashuvchilar konsept va lemma orasidagi farqni qanday tushunishini ko‘rish mumkin. 39-shaklga ko‘ra konsept leksikondagi lemmani faollashtiradi.


So'z va leksema. Leksema konsepti.
Lеksikоlоgiya so‘zi grеkchа lexicos – “lug‘аviy bеlgi” vа logos - “bilim” so‘zlаridаn оlingаn bo‘lib, tilshunоslikning so‘z vа so‘zgа tеng lug‘аviy birliklаr, аniqrоg‘i, til bоyligi hаqidа bаhs yurituvchi qismidir. Hаr bir tilning lug‘аt tаrkibi, bоyligi, shuningdеk, tildаgi sо‘zlаr mаjmui lеksikа dеb yuritilаdi. Shungа kо‘rа lеksikа sо‘zi аdаbiy tilning lug‘аt tаrkibi mа’nоsidа hаm, birоr shеvа yoki diаlеktning lug‘аt tаrkibini ifоdаlаsh uchun hаm (diаlеktаl lеksikа), mа’lum bir kаsb-hunаr kаbi sоhаgа оid lug‘аt tаrkibi mа’nоsidа hаm (tеrminоlоgik lеksikа), hаttо аyrim yozuvchi аsаri (yoki аsаrlаri)ning sо‘zlаri mаjmui mа’nоsidа hаm (mаsаlаn, Nаvоiy аsаrlаri lеksikаsi) qо‘llаnаvеrаdi.
Lеksikоlоgiya lеksikаni о‘rgаnаdi, lеksikа esа, о‘z nаvbаtidа, sо‘zlаrdаn yoki sо‘zlаr mаjmuidаn ibоrаt bо‘lаdi. (131) Bunda biz kategoriyalar tuzish mezonining 3 xil turiga murojaat qildik: semantic (ma’nosiga qarab), morfologik (so‘z tuzulishiga qarab) va sintaktik (gap bo‘lagi siatidagi vazifasiga qarab). Umuman olganda, bu mezon bizning sinflarimizni yaxshi tariflab beradi. Biroq aniqroq aytishimiz kerakki, ma’lum bir paytlarda bu yoki boshqa mezon ishlamay qolishi ham mumkin. Misol uchun, ba’zi bir otlar mavhum otdir(masalan, justice, idea, quantity), biroq ish-harakatni bildiruvchi o‘yin va nutq kabi so‘zlar ham mavjud. Ba’zi bir otlarning ko‘plik shaklini yasash to‘g‘ridan to‘g‘ri -s qo‘shimchasini qo‘shish bilan bo‘lmaydi. Boshqacha usul bilan yasaladigan (masalan, men ,women) yoki umuman ko‘plik shakli mavjud bo‘lmagan otlar ham mavjud. Bu kabi muammolarga qaramay, shuni ta’kidlash joizki, leksikonga kirish so‘z turkumlaridan tashkil topishi lozim.
Biroq xorijiy adabiyotlarda leksika va morfologiya ajratilmay ta’riflanadi, so`z turkumlari leksik kategoriyalar deb beriladi:
Ingliz tilida 1- muhim leksik kategoriya - ot ko`pincha dunyodagi barcha konkret obyektlarning turlarini ifodalaydi.(cake- tort, moon- oy, water- suv).
2-muhim kategoriya – fe’l esa o`ziga xos mashg`ulotlarni (applaud-olqishlamoq, steal-o`g`irlamoq, work-ishlamoq) ifodalaydi. Bundan tashqari, fe`llar va otlar bir qancha turli xil shakllarga ega: ayrim otlar maxsus ko`plik shakliga ega bo`lsalar, ayrim fe`llar ko`plab boshqa shakllarga egadirlar va ular quyidagicha:

  • People work- odamlar ishlaydi- hozirgi oddiy zamon III sh.ko`plik uchun

  • Maria works- Mariya ishlaydi- hozirgi oddiy zamon III sh.birlik uchun

  • Mariya is working- Mariya ishlayapti-hozirgi davomli zamon III sh.birlik uchun

  • Maria worked- Mariya ishlagan- o`tgan zamon.III sh.birlik uchun

Otlar va fe`llar frazalar hosil qilish uchun boshqa so`zlar bilan birikish xususiyatiga ega. Masalan, otlarning oldidan ko`pincha definite (aniq) “the” yoki indefinite (noaniq) “a/an” artikllari kelishi mumkin. Lekin fe`llar artikllarni qabul qila olmaydi. Otlar bilan artikllar birikishidan kichik frazalar ( the young- yosh avlod, an hour- 1 soat) hosil qilinsa fe`l bilan birga ular yana ham kattaroq frazaga aylanadi. Masalan(steal a car – mashinani o`g`irlamoq, applaud the singer- qo`shiqchini olqishlamoq)- bu holatda biz ” a car” va ” the singer” ning vazifasini ” applaud ” va ” steal ” fe`llarining to`ldiruvchilari deb qabul qilishimiz mumkin. Bunday fe`llar to`ldiruvchilarisiz o`z- o`zlarini to`ldira olmaydilar.
3-katta kategoriya bu-sifat. Sifat shaxs yoki predmetlarning xususiyatlarini ya`ni otni ta`riflaydi. Masalan, xursand bola, shovqinli motor. Sifatlar otlar oldidan keluvchi artikllar bilan joy almashishiga qaramasdan, artikl ham sifat ham ular bilan birikayotgan otga tegishligidir.(a happyboy- xursand bola, happy a boy – bu noto`g`ri). Biz yana fe`lning ” to be ” shaklidan keyin sifat ishtiroki bilan mustaqil gap tuzishimiz mumkin.(The man is happy- bu kishi baxtlidir, “The engine was noisy”- bu mator shovqinli edi.) Ot yoki fe`llar kabi sifat ham maxsus shakllarga ega: comparative - qiyosiy daraja ”happier”(baxtliroq ya`ni baxtli darajasidan ham yuqoriroq) yoki superlative- orttirma daraja “happiest” (eng baxtli)”


Yüklə 225,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin