bo‘lmog‘i va o‘zida bu xususiyatlarni muntazam rivojlantirib bormog‘i lozim.
Jamiyat rivojlanishining siyosiyOta-onalar o‘qituvchining ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qat’i nazar undan farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish mahoratini kutadilar. O'quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari
bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o'qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi
ko'rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, o'qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira olishi kabi
ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi
shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar
ham o‘sib bormoqda.
0‘qituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga subyektiv tayyorligi muayyan o'qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.