Orfografiya o’qitish metodikasi. To‘g‘ri yozishni o‘rgatish yo‘nalishlari. Imloviy mashqlar. Ma’ruza rejasi


Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi



Yüklə 290,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü290,03 Kb.
#120599
1   2   3   4   5
\'ruza matn

Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi. O’quvchilarda to’g‘ri yozuv malakasini 
shakllantirish grammatik nazariyani va imlo qoidasini o’zlashtirishga asoslanadi. Imlo qoidalari 
bir so’znigina emas, balki umumiylik mavjud bo’lgan butun so’zlar guruhining yozilishini tartibga 
soladi. Bu xususiyati bilan u qoida xat yozuvchini har bir so’zni yodda saqlash, xotirlashdan 
qutqaradi va qoidaga amal qilib, belgilangan me’yorga muvofiq butun so’zlar guruhini yozish 
imkonini yaratadi. 
 
Imlo qoidasi grammatik umumiylik asosida birlashgan so’zlarning yozilishini bir 
xillashtiradi. Bu yozma ravishdagi aloqani yengillashtiradi va imlo qoidalarining ijtimoiy 
ahamiyatini ta’kidlaydi. 
Imlo qoidalarini grammatik, fonetik, so’z yasalishiga oid materiallarni ma’lum darajada 
bilmasdan turib o’zlashtirish mumkin emas. Grammatik nazariya imlo qoidalari uchun poydevor 
hisoblanadi. Shuning uchun boshlang‘ich sinflarda imlo qoidasi shu qoidaga asos bo’ladigan 
grammatik nazariyaga bog‘liq holda o’rganiladi. Masalan, shakl yasovchi qo’shimchalarning 
yozilishi haqidagi qoidalar “Ot”, “Sifat”, “Son”, “Kishilik olmoshlari”, “Fe’l” mavzulari ichiga 


kiritilgan. Materialning bunday joylashtirilishi grammatika bilan orfografiyani bir-biriga bog‘liq 
holda o’rganishni ta’minlaydi. 
Imlo qoidasi bevosita grammatik nazariya elementlaridan so’ng o’rganiladi. Masalan, 
otlarning kelishiklar bilan turlanishi o’rganilgach, kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqidagi 
ko’nikma shakllantiriladi. “Sifat” mavzusini o’rganish -roq qo’shimchasining va qip-qizil, yum-
yumaloq kabi sifatlarning yozilishiga, “Fe’l” mavzusini o’rganish bo’lishsizlik (-ma) va o’tgan 
zamon (-di) qo’shimchalarining yozilishiga zamin yaratadi. Imlo qoidalarini o’rgatishga bunday 
yondashish boshlang‘ich sinflarda barcha orfografik materiallarni o’rganishda tipik hisoblanadi. 
Imlo qoidalari ustida ishlash – murakkab jarayon, qoidaning mohiyatini ochish, 
o’quvchilarning qoida ifodasini o’rganib olishlari, qoidani yozuv tajribasiga tatbiq etish uning 
asosiy komponentlari hisoblanadi. 
Qoida mohiyatini ochish qoida so’zning qaysi qismini, qaysi so’z turkumi yoki grammatik 
shaklni yozishni boshqarishini, bunda qaysi belgilar yetakchi ekanini tushuntirish demakdir. 
O’quvchilarni qoida bilan tanishtirish uchun material tanlashda o’qituvchi bu yetakchi belgilarni 
albatta hisobga oladi.
Qoida ifodasi ustida darslik bo’yicha ishlanadi. Bunda o’quvchilarning qoida tarkibini 
anglab yetishlari ahamiyatlidir. Shuning uchun darslikdagi qoida qismlarga bo’linadi (Aslida 
o’quvchilar bu vazifani mashq jarayonidayoq bajarib qo’yadilar). O’quvchilar o’rganilgan qoidaga 
misol aytish va xilma-xil mashqlarni bajarish yo’li bilan uni yangi til materialiga, ya’ni yozuv 
tajribasiga tatbiq etadilar. 
Qoida ustida ishlash metodikasi shu qoidaning xarakteriga qarab tanlanadi. Masalan, 
bo’lishsizlik qo’shimchasi (-ma) ning yozilishini deduktiv yo’l bilan o’rgatish mumkin. Jo’nalish 
kelishigi qo’shimchasi (-ga) ning oxiri -k bilan tugagan otlarga -ka,-q bilan tugagan otlarga -qa 
shaklida qo’shilishi haqidagi qoidani indukgiv yo’l bilan tushuntirish maqsadga muvofiq. 
O’quvchilar qoidadagi asosiy fikrni ajratishga yordam beradigan vazifalarni bajarsalar, uni 
o’zlashtirish xiyla qulay bo’ladi. Chunki bolalar aniq material bilan ishlaydilar va uni tahlil qilish 
vaqtida qoidaning muhim qismlarini ajratadilar, qoidani ongli o’zlashtiradilar. Nimanidir, 
masalan, so’zlarning talaffuzi va yozilishini, so’z turkumlarini, so’z qismlarini bir-biriga 
taqqoslash o’quvchilarning aqliy faolligini oshiradi. Bunda yana qoidaning ajratilgan belgisini 
aniq yozib ko’rsatish ham ahamiyatli hisoblanadi. Qoidada aks ettirilgan muhim fikrni ajratishga 
o’qituvchining savollari yordam beradi. Bu savollar, o’z navbatida, qoidani shakllantirish rejasi 
ham hisoblanadi. 
Qoida ustida jamoa bo’lib ishlash bilan birga, darslikdan foydalanib, mustaqil ishlash usulini 
qo’llash ham mumkin. 
Yangi qoidani o’zlashtirishda o’rganilgan bilimlarga suyaniladi. Buning uchun yangi qoida 
ilgari o’rganilgan qoidalar bilan bog‘lanadi. Bunda qarshi qo’yish yoki taqqoslash usulidan 
foydalaniladi va o’xshash tomonlari aniqlanadi. Masalan, tushum kelishigi qo’shimchasining 
yozilishini o’zlashtirishda u ilgari o’rganilgan qaratqich kelishigi qo’shimchasining yozilishi bilan 
taqqoslanadi va tushum kelishigi qo’shimchasi otning fe’l tomonidan boshqarilishini bildirishi 
aniqlanadi.
Qoidani bilib olish o’quvchilarda u haqdagi aniq tasavvurning mavjudligiga bog‘liq. Qoida 
asosida hosil bo’lgan aniq tasavvur so’zlarda ifodalanadi. Shuning uchun o’quvchilardan qoidani 
quruq yodlab berish talab etilmasligi, balki so’zni to’g‘ri yozishdagi xususiyatlar aniq material 
misolida qayta tushuntirilishi lozim. 

Yüklə 290,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin