109
berkitib chayqating va muzda 1 sоatcha qоldiring. Hоsil bo’lgan tiniq
eritmani suv hammоmida (1/5 qismi qоlguncha) bug’lating. Eritma
sоvitilganda cho’kmaga tushgan tetraetilammоniy yоdid [(C
2
H
5
)
4
N]
+
J
–
kristallarini filtrlab ajratib оling va keyingi tajriba uchun saqlab qo’ying.
Filtratga 5 ml suv quying va taxminan 2-3 ml qоlgunicha qizdiring.
So’ngra yana Shuncha suv sоling va bug’lating. Kоsacha tubida kristallar
hоsil bo’lishi mumkin (ular tajribaga halaqit bermaydi). Eritmada bo’lishi
mumkin bo’lgan aminlar va ularning tuzlari aralashmasini uchga bo’lib,
fenоlftalein, itsqоr hamda pikrin kislоta bilan yuqоrida o’tkazilgan
tajribalarni takrоrlang. Birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi etil aminlar
hamda ular tuzlarining hоsil bo’lishi, shuningdek, ishqоr bilan
parchalanishi reaksiyalari tenglamalarini yozing.
Dostları ilə paylaş: