Suyuqlanish haroratini aniqlash. Moddaning kristall holatdan suyuq
holatga (fazaga) o`tish vaqtidagi harorati suyuqlanish harorati deb ataladi.
Moddalarning ingichka shisha kapillyarda suyuqlanish haroratini aniqlash eng
qulay va ko`p qo`llaniladigan usul bo`lib, bunda juda oz miqdorda faqat bir necha
milligramm modda sarf bo`ladi.
Bunday kapillyar naychaning diametri 0,8-1,5 mm, uzunligi 40-50 mm, bir
uchi kavsharlangan bo`lib, kapillyar naychaning ochiq tomoni orqali oz-ozdan
yaxshi quritilgan va mayda kukun qilib maydalangan moddadan olinadi. Moddani
kapillyar naycha tubiga zich qilib joylashtirish uchun modda solingan
kapillyarning kavsharlangan tomoni vertikal holatda ushlangan uzunligi 20-30 sm
keladigan shisha nay ichiga tashlab sakratiladi va shu usulda modda 2-3 mm gacha
zichlantirib joylashtiriladi. Modda solingan kapillyar naycha rezina halqa
yordamida termometrga shunday biriktiriladiki, bunda modda termometrning
simobli sharchasi bilan baravar tursin. Bu kapillyar naychali termometr
suyuqlanish haroratini aniqlash uchun ishlatiladigan asboblarga (24-rasm),
masalan, Tele asbobiga (kontsentrlangan sul’fat kislotali) tushiriladi. Suyuqlanish
haroratini sul’fat kislotali asboblarda o`lchashda juda ehtiyotkorlik talab qilinadi
va bunda, albatta, himoya ko`zoynagi taqish kerak. Temperatura bir me`yorda
asta-sekin ko`tarilishi uchun sekin qizdirish kerak (har minutda 1-2
0
C). Moddaning
suyuqlana boshlagan va suyuq fazaga o`tgan temperaturalar oralig`i aniqlanadi. Bu
aniqlangan temperatura oralig`i moddaning suyuqlanish temperaturasiga teng
bo`ladi. Agar modda toza bo`lsa, u juda kichik temperatura oralig`ida (0,5-1,5
0
C)
suyuqlanadi.
Ba`zi organik moddalar parchalanish bilan suyuqlanadi, bunda modda
qorayib ketadi, ba`zida gaz pufakchalari hosil bo`ladi. Bunday hollarda kimyo
spravochniklarida moddalarning suyuqlanish temperaturasi beriladi. Masalan, p-
aminobenzolning parchalanish temperaturasi T = 186
0
C.
Agar modda tarkibida ozroq aralashma bo`lsa yoki modda toza bo`lmasa,
uning suyuqlanish temperaturasi pasayib ketadi. Ko`p hollarda har xil moddalar bir
xil yoki bir-biriga yaqin temperaturalarda suyuqlanishi mumkin. SHuning uchun,
faqat moddalarning suyuqlanish temperaturasiga asoslanib, tekshirilayotgan modda
bilan ma`lum moddaning bir xil ekanligini isbotlash mumkin emas. Isbotlash
uchun ular aralashmasining suyuqlanish temperaturasi aniqlanadi. Agar bu modda
bir xil bo`lmasa, ularning suyuqlanish temperaturasi toza moddaga nisbatan
pasayib ketadi, ya`ni depressiya sodir bo`ladi. Agar moddalar bir xil bo`lsa,
aralashmaning
suyuqlanish
temperaturasi
dastlabki
ma`lum
moddaning
suyuqlanish temperaturasi bilan bir xil bo`ladi, ya`ni depressiya bermaydi.
Yuqorida ko`rib o`tilgan kontsentrlangan sul’fat kislota solingan asboblar
yordamida suyuqlanish temperaturasi 250
0
C gacha bo`lgan moddalarning
suyuqlanish
temperaturasini
aniqlash
mumkin.
250-300
0
C
dan
yuqori
temperaturada suyuqlanuvchi moddalarning suyuqlanish temperaturasi mis yoki
latundan yasalgan maxsus metall bloklarda aniqlanadi.
31
22-rasm. Suyuqlanish haroratini aniqlaydigan asboblar