1. Metanning olinishi va xossalari. Quruq probirkaga (probirka hajmining uchdan
bir qismigacha) bir og`irlik qism suvsizlantirilgan* CH
3
COOK yoki CH
3
COONa
olinadi, (CH
3
COO)
2
Ca olsa ham bo`ladi, hamda ikki og`irlik qism suvsizlantirilgan
natron ohak solib, probirkaning og`zini gaz chiqarish nayi o`rnatilgan probka bilan
zich bekiting va probirkani chayqatib aralashmani aralashtiring. (Avval aralashtirib
tushirsangiz yanada yaxshi.) Uchta probirka olib, biriga suv, ikkinchisiga KMp0
4
ning suyultirilgan eritmasidan, uchinchisiga esa bromli suv quying. Nayning uchini
suvli probirkaga tushiring. Alangani asta-sekin kuchaytira borib aralashmani
qizdiring. Gaz ajralib chiqa boshlagach, suvli probirkani ajrating va nay uchidan
chiqayotgan gazni gugurt chaqib yoqing. Alanganing rang-sizligiga e`tibor bering.
Alangaga chinni plastinka (tigel’, kosacha) tutib, plastinkada qorakuya hosil
bo`lishini kuzating. Keyin nay uchini dastlab bromli suv bor probirkaga, bir ozdan
keyin undan olib KMnO
4
ning eritmasi solingan probirkaga tushirib, eritma
rangining o`zgarmaganligiga e`tibor bering. (Nima uchun?)
Metanning yonish reaktsiyasi tenglamasini yozing. Reaktsiyada hosil bo`ladigan
qo`shimcha mahsulot Na
2
SO
3
ni quyidagicha isbotlash mumkin. Quyidagi
reaktsiya tenglamasini tugallang:
Na
2
SO
3
+ HC1 =
2. Metanning govori temperaturada kislorodda oksidlanishi. Suv to`ldirilgan
probirka olib, uning uchdan bir qismiga metan, uchdan ikki qismiga esa
gazometrdan (yoki kislorod yig`ish asbobidan) kislorod yig`ing.
Probirka og`zini
barmog`ingiz bilan bekiting va probirkani ikki marta to`nkarib, gazlarni
aralashtiring. Keyin probirkani sochiq bilan o`rab turgan holda undagi gazlarni
gugurt chaqib yoki olovga tutib yondiring. Bunda probirkada hosil bo`lgan gazning
portlashini va ko`k alanga hosil bo`lishini kuzating. Metanning to`la yonishi
(oksidlanishi) reaktsiyasi tenglamasi CH
4
+ O
2
CO
2
+ H
2
O dan foydalanib,
CH
4
: O
2
hajmiy nisbat 1 : 2 ekanining sababini tushuntiring.