Azot va oltingugurtni aniqlash. Organik birikmalar tarkibida azot sof holda
va ko`pincha oqsil moddalar tarkibida (jun, soch, ipak va boshqalar) oltingugurt
elementi bilan birga uchraydi.
Azotli organik birikmalar probirkada natron ohagi bilan qizdirilsa, ammiak
ajralib chiqishi hisobiga qizil lakmus qog`oz ko`karadi. Bir yo`la bir ob`ektning
o`zidan ham azot, ham oltingugurtni aniqlash mumkin. Buning uchun organik
moddaning bir qismi bir bo`lak natriy metali bilan qo`shib qizdiriladi. Agar modda
tarkibida azot va oltingugurt bo`lsa, natriy tsianid va natriy sul’fid hosil bo`ladi:
3Na + (C) + (N) + (S)
NaCN + Na
2
S
Reaktsiya mahsuloti suvda eritilib, ikki qismga bo`linadi va uning birinchi qismida
berlin zangorisi hosil qilinib, azot aniqlaniladi:
2NaCN + FeSO
4
Na
2
SO
4
+ Fe(CN)
2
Fe(CN)
2
+ 4NaCN
Na
4
[Fe(CN)
6
]
3Na
4
[Fe(CN)
6
] + 4FeCl
3
Fe
4
[Fe(CN)
6
]
3
+ 12NaCl
Ikkinchi qismida qo`rg`oshin sul’fid hosil bo`lishi oltingugurt borligini ko`rsatadi:
Na
2
S + Pb(NO
3
)
2
PbS + 2NaNO
3
Natriyning kichkinagina bo`lagiga soch tolasi o`rab, quruq probirkaga
joylashtiriladi. Probirkani shtativga tik holda o`rnatib kuchli qizdiriladi. Bunda
probirkadagi soch tolalari parchalanib, natriy metali bilan NaCN va Na
2
S ga
aylanadi. Qizdirilayotgan probirka tubi qip-qizil chug` holiga kelganda tigeldagi
yoki chinni kosachadagi 10-15 ml sovuq suvga botiriladi. Natijada probirka sinib,
uning ichidagi birikmalar suvga o`tadi. Hosil bo`lgan ishqoriy eritma fil’trlanib,
ikki qismga bo`linadi.
Fil’tratning bir qismiga azotni topish uchun 0,1 g temir kuporosi kristalidan
qo`shib, 1-2 minut davomida qaynatiladi. eritmaga muhit kislotali bo`lguncha
(pH=4,5) xlorid kislota qo`shiladi, so`ngra FeCl
3
eritmasidan 2-3 tomchi
tomiziladi, natijada zangori rangli berlin lazuri hosil bo`ladi.
Fil’tratning ikkinchi qismiga qurgoshin nitrat eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi va
qurgoshin sul’fid qora cho`kma holida cho`kadi.