a. Etilenning suvda eruvchanligi. Gaz chiqarish nayini suv solingan
probirkaning tubigacha tushiring va unga bir oz etilen yuboring, s.ngra eritmaga
KMnO
4
eritmasidan 3 tomchi tomizing. Qanday hodisa kuzatiladi? Nima uchun?
b. Etilenga bromning birikishi. Bromli suv solingan probirkaga etilen
yuboring. Bromli suvning rangsizlanishini kuzating.
v. Etilenning ishqoriy muhitda oksidlanishi. KMnO
4
ning ishqordagi
eritmasi solingan probirkaga etilen yuborilsa, permanganat eritmasi ham bromli
suv kabi rangsizlanadi. etilen yonganda karbonat angidrid va suv hosil bo`ladi:
C
2
H
4
+ 3O
2
→ CO
2
+ 2H
2
O
Alkenlar qutbli erituvchilar (suv)da erimaydigan bo`lgani uchun suvli
probirkaga etilen yuborib, eritmaga KMnO
4
eritmasi tomizilganda permanganat
rangsizlanmaydi. Suv o`rniga uglerod (IV)-xlorid (CCl
4
) olinganda qanday hodisa
kuzatiladi?
Brom qo`shbog`ga birikkani uchun bromli suv rangsizlanadi:
Etilen oksidlanganda KMnO
4
eritmasi rangsizlanadi:
g. etilenning kislotali muhitda oksidlanishi. 2 tomchi konts. H
2
SO
4
qo`shilgan KMnO
4 e
ritmasiga etilen yuboring. eritma rangsizlanadi:
CHumoli al’degidni “kumush ko`zgu” reaktsiyasidan yoki hididan bilish
mumkin.
Tajribadagi reaktsiya mahsuloti “kumush ko`zgu” reaktsiyasini beradimi?
Boshqa alkenlar (kerosin*) ga ham bromli suv va KMnO
4 e
ritmasining ta`sirini
sinab ko`ring. Kuzatilgan natijalarni metanning xossalari bilan taqqoslang.
2. Alkenlarga kontsentrlangan sul’fat kislotaning ta`siri. Probirkaga 1 ml
kerosin va 1 ml sul’fat kislota solib, probirkani sovuq suvda sovitib turgan holda
yaxshilab aralashtiring. Kerosin qavatining yoo`qolishini kuzating. Nima uchun
alkil sul’fat kislota hosil bo`lmaydi? Odatdagi sharoitda alkanlarning sul’fat kislota
bilan ta`sirlashmasligi (sul’folanmasligi) ni eslang.