Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Polistirolning depolimerlanishi



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

 
6. Polistirolning depolimerlanishi. 
Gaz utkazish nayi o`rnatilgan probka bilan 
mahkamlangan probirkaga 6 g polistirol
4
bo`lakchalaridan solib, gaz o`tkazish 
nayining oxirini probirka-yig`gichning tubigacha tushiring. Yig`gichni esa sovuq 
suvda sovitib turing. Polistirol solingan probirkani sekin qizdiring. Yig`gichga 
sarg`ish suyuqlik o`tishini kuzating. Polistirol solingan probirkadagi suyuqlik qorayib 
quyuqlashganda haydashni to`xtating. Taxminan 3 g (50%) moda hosil bo`ladi. Hosil 
bo`ladigan monomer, polimetilmetakrilat parchalanganda chiqadigan monomer 
(90%) ga nisbatan kam bo`lishi sababini tushuntiring. Yig`gich
idishdagi stirolni 
140–150°C da qayta haydab tozalang. Agar laboratoriyada stirol bo`lsa, tozalashga 
vaqt ketkazmaslik uchun navbatdagi tajribada undan foydalanish mumkin: 
a) Probirkaga 3 tomchi stirol solib, unga 1 tomchi bromli suv tomizing. Bromli 
suvning rangsizlanishini kuzating. 
C
6
H
5
–CH=CH
2
+ Br
2
→ C
6
H
5
–CHBr–CH
2
Br 
b) 4 tomchi stirolga 2 tomchi KMnO
4
eritmasidan qo`shing, eritma 
rangsizlanadimi? Stirolning qolganini keyingi tajriba uchun saqlab qo`ying. 
 
7. Stirolni polimerlash.
 
5-tajribada hosil qilingan stiroldan probirkaga 3 ml 
olib, unga 9–10 tomchi vodorod peroksid (30%) qo`shing va qum hammomida 
eritmani sekin qaynab turadigan qilib 45-50 minut qizdiring. Probirkaning tubi 
qumning ichida emas, ustida tursin. Probirkani tezg`tez chayqatib turing. Probirkani 
qum hammomidan olib, bir oz alangaga tuting (ortiqcha monomerni bug`latib 
yuborish uchun). Ajralayotgan monomer probirka og`zida o`zg`o`zidan yonishi ham 
mumkin. Probirka sovitilganda hosil bo`lgan polistirol probirka ichida qotib qoladi. 
Polistirol shishaga mahkam yopishgani uchun probirka darz ketishini kuzating: 
Probirkani sindirib, polistirol bo`lagidan ozgina olib benzolda eriting. eritmadan 3-4 
tomchi olib, soat oynasiga tomizing va benzolni bug`lating. Shishada tiniq plyonka 
hosil bo`lganiga ahamiyat bering. Plyonka ustiga suv quyib, bir ozdan keyin uni soat 
oynasidan ajratib oling. Polistirolning benzoldagi eritmasidan 0,5 ml olib, unga etil 
4
Лабораторияда полистирол бўлмаса, розетка синиғини майдалаб ишлатиш мумкин. 


50 
spirt qo`shing. Oq, yumshoq smola qo`kishiga diqqat qiling. Smoladan tayoqcha 
bilan olib, uning elastikligiga ishonch hosil qiling. Smolani ochiq havoda quritib
ustidan shisha tayoqcha bilan bosilsa, oq massa uvalanib ketadi. Nima uchun? YUpqa 
polistirol bo`lagini olib, stakandagi qaynoq suvga bir oz solib qo`ying. Polistirolning 
yumshash-yumshamasligi to`g`risida xulosa chiqaring. Taqqoslash uchun polietilenni 
ham shunday qilib ko`ring. Qaysi biri issiqqa chidamli? Polistiroldan kichik 
bo`lakcha olib, pintset bilan ushlab olovga tuting. 
Polistirol yonadimi? Nima sababdan stirolning polimerlanishi vodorod 
peroksid ishtirokida olib boriladi? Vodorod peroksid o`rniga benzoil peroksid 
ishlatish mumkinmi?

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin