Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Asbob va idishlar:
probirkalar va probirka tutqich, gaz o`tkazish nayi, 
probka, suv hammomi, chinni kosacha, shisha tayoqcha, muz, qum, soat oynasi
stakan, filt’r qog`oz. 
Reaktivlar: polietilen bo`lagi, rezina, kauchukning benzindagi 5% li 
eritmasi, bromning benzindagi eritmasi, polimetilmetakrilat (tiniq organik shisha), 
bromli suv, benzoil peroksid yoki H
2
O
2
(30%), CHCl
3
, C
2
H
5
OH, NaOH(6 n), HC1 
(3:1 suyultirilgan), polistirol, fenol, formalin (40%), HCl (konts.), KMnO

(0,1 n), 
H
2
SO
4
(konts.) 
1.Kauchuk va rezinaning xossalari.
Kauchukning benzindagi 5% li 
eritmasini tayyorlash. Buning uchun vulkanlanmagan kauchuk og`zi
zich 
bekitiladigan shisha tsilindrda bir-ikki kun benzinga solib qo`yiladi. Hosil bo`lgan 
kolloid eritmadan tajribada foydalanish mumkin. Probirkaga kauchukning 
benzindagi 5% li eritmasidan 2 ml quying. Unga pipetka bilan bromning 
benzindagi eritmasidan shuncha hajm quying. Har gal brom qo`shilgandan keyin 
probirkani qattiq chayqating. Brom eritmasining rangsizlanishini kuzating. 
Alohida probirkaga vulkanlanmagan kauchuk va rezina bo`laklaridan solib, 
ustiga benzin quying. Probirka og`zini po`kak probka bilan bekitib, keyingi 
mashg`ulotgacha qoldiring. Keyin ularda qanday o`zgarishlar sodir bo`lganligini 
kuzating. Qaysisi nisbatan yaxshi erigan? Nima uchun? 
 
2.Polietilenning xossalari.
a) Probirkaga polietilen bo`lakchasidan solib 
qizdiring. Avval yumshab, keyin asta-sekin suyuqlanishiga e`tibor bering. 
Yumshoq polimerning shaklini o`zgartirib, keyin soviting. Sovigach, uning 
shaklini o`zgartirishga harakat qiling. Kuzatilganlarni tushuntirib bering. 
b) Polietilen namunasidan ozroq olib yoqib ko`ring, u yonadimi? 
v) Ikkita 
probirka 
olib, 
ularning 
biriga 
bromli 
suv, 
ikkinchisiga 
KMnO
4
eritmasidan soling, so`ngra ularga polietilen bo`lakchalaridan tashlang. 
O`zgarish bo`lmasligining sababini aniqlang. 
g) Xuddi 
shu 
tajribani 
konts. 
sul’fat kislota va ishqor eritmalari 
bilan qilib ko`ring. Keyin pintset yordamida kislota va ishqordagi 
polietilen bo`lagini olib, unda hech qanday o`zgarish bo`lmaganligiga ishonch 
hosil qiling. 


47 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin