Asbob va idishlar: probirkalar va probirka tutqich, gaz o`tkazish nayi,
probka, suv hammomi, chinni kosacha, shisha tayoqcha, muz, qum, soat oynasi,
stakan, filt’r qog`oz.
Reaktivlar: polietilen bo`lagi, rezina, kauchukning benzindagi 5% li
eritmasi, bromning benzindagi eritmasi, polimetilmetakrilat (tiniq organik shisha),
bromli suv, benzoil peroksid yoki H
2
O
2
(30%), CHCl
3
, C
2
H
5
OH, NaOH(6 n), HC1
(3:1 suyultirilgan), polistirol, fenol, formalin (40%), HCl (konts.), KMnO
4
(0,1 n),
H
2
SO
4
(konts.)
1.Kauchuk va rezinaning xossalari. Kauchukning benzindagi 5% li
eritmasini tayyorlash. Buning uchun vulkanlanmagan kauchuk og`zi
zich
bekitiladigan shisha tsilindrda bir-ikki kun benzinga solib qo`yiladi. Hosil bo`lgan
kolloid eritmadan tajribada foydalanish mumkin. Probirkaga kauchukning
benzindagi 5% li eritmasidan 2 ml quying. Unga pipetka bilan bromning
benzindagi eritmasidan shuncha hajm quying. Har gal brom qo`shilgandan keyin
probirkani qattiq chayqating. Brom eritmasining rangsizlanishini kuzating.
Alohida probirkaga vulkanlanmagan kauchuk va rezina bo`laklaridan solib,
ustiga benzin quying. Probirka og`zini po`kak probka bilan bekitib, keyingi
mashg`ulotgacha qoldiring. Keyin ularda qanday o`zgarishlar sodir bo`lganligini
kuzating. Qaysisi nisbatan yaxshi erigan? Nima uchun?
2.Polietilenning xossalari. a) Probirkaga polietilen bo`lakchasidan solib
qizdiring. Avval yumshab, keyin asta-sekin suyuqlanishiga e`tibor bering.
Yumshoq polimerning shaklini o`zgartirib, keyin soviting. Sovigach, uning
shaklini o`zgartirishga harakat qiling. Kuzatilganlarni tushuntirib bering.
b) Polietilen namunasidan ozroq olib yoqib ko`ring, u yonadimi?
v) Ikkita
probirka
olib,
ularning
biriga
bromli
suv,
ikkinchisiga
KMnO
4
eritmasidan soling, so`ngra ularga polietilen bo`lakchalaridan tashlang.
O`zgarish bo`lmasligining sababini aniqlang.
g) Xuddi
shu
tajribani
konts.
sul’fat kislota va ishqor eritmalari
bilan qilib ko`ring. Keyin pintset yordamida kislota va ishqordagi
polietilen bo`lagini olib, unda hech qanday o`zgarish bo`lmaganligiga ishonch
hosil qiling.