Reaktsiya mahsulotida qo’shbog’ borligini isbotlashuchun
undan probirkaga ikki
tomchi olib, ustiga 1 tomchi bromli suv tomizing. Bromli suvning rangsizlanishini
kuzating:
Tozalangan metilmetakrilatdan keyingi tajribalarda foydalaning.
4. Metilmetakrilatning polimerlanishi.
Oldingi
tajribada hosil qilingan
metilmetakrilatdan probirkaga 2–3 ml quyib olib, unga 6–9 tomchi pergidrol’ (30%)
yoki bir necha bo`lak benzoil peroksid
3
kristallaridan solib, probirkani chayqating.
Keyin bir soat davomida 100-120°C da qizdiring. Hosil bo`lgan
aralashmani tez-tez
aralashtirib turing. (Benzoil peroksid olingan bo`lsa, suv hammomida 80–90° C da
40–50 minut qizdirish kerak). Probirkadagi suyuqlikning quyuqlashayotganiga
e`tibor bering.
Qizdirish nihoyasiga etgach, probirkani soviting. Quyuq suyuqlik
qattiq tiniq massaga aylanadi. Agar qattiq massa hosil bo`lmasa,
probirkaga ozroq
vodorod peroksid qo`shib, yana oldingi ishlarni takrorlang. SHishasimon
tiniq massani probirkani sindirib ajratib olish mumkin.
a)
Olingan tiniq massa (polimetilmetakrilat)dan
pintset bilan kichkina bir
bo`lak olib, alangaga tuting. Polimetilmetakrilatning suyuqlanmasdan, avval zangori
rangli, keyin yorug` alanga berib yonishini kuzating.
b)
Ikkita
probirkaga
polimetilmetakrilatning
kichik
bo`lagidan
solib, biriga benzol, ikkinchisiga xloroform qo`shib chayqating. To`la
erish
kuzatiladimi?
Dostları ilə paylaş: