ALKENLAR Alkenlarga doir laboratoriya ishlari Asbob va idishlar: probirkalar, probirka tutgich, ximiyaviy shtativ,
gaz gorelkasi yoki spirt lampa, k,um.
Reaktivlar: metil spirt C
2
H
5
OH, H
2
SO
4
ning kons. eritmasi, bromli suv,
KMnO
4
(ozroq, ishqor qo`shilgan 1% li eritma), HNO
3
ning kons. eritmasi kerosin.
1. Etilenning olinishi va xossalari e tilen hosil qilishda metan olish
asbobidan foydalaniladi. Gaz chiqarish nayi o`rnatilgan probirkada 2 ml etil spirti
va 6 ml konts. sul’fat kislotani ehtiyotlik bilan aralashtiring va suqlik qaynaganda
sachramasligi uchun unga ozroq qum soling. Probirkani shtativga og`zi tomonini
yuqoriroq holatda mahkamlang. To`rtta probirka olib, ulardan biriga 2 ml suv,
ikkinchisiga 2 ml bromli suv, uchunchisiga 2 ml KMnO
4
ning ishqordagi
eritmasidan, to`rtinchisiga KMnO
4
(2 tomchi konts. H
2
SO
4
qo`shilgan)
eritmasidan soling. Aralashma solingan probirkaga gaz chiqarish nayi o`rnatilgan
probkani mahkamlab, uni asta-sekin gaz gorelkasi yoki spirt lampa alangasida
qizdiring. Aralashma qizdirilganda etilen ajraladi:
CH
3
–CH
2
–OH + H
2
SO
4
CH
3
–CH
2
–OSO
3
H + H
2
O
etilsulfat kislota
CH
3
–CH
2
–OSO
3
H
qizdirish CH
2
= CH
2
+ H
2
SO
4
Reaktsiyada juda oz midorda dietil efir (C
2
H
5
)
2
O, sul’fat kislota oksidlovchi
bo`lgani uchun CO
2
va C (eritmaning qorayishi) hosil bo`ladi:
H
2
SO
4
+ C → CO
2
+ SO
2
+ 2H
2
O
Sul’fit angidrid ham etilen kabi brom va kaliy permanganat eritmalari bilan
ta`sirlanishi mumkin. Reaktsiya spirtning degidratlanishini tezlashtiruvchi
katalizatorlar (qum, AlCl
3
) ishtirokida olib borilsa, qo`shimcha jarayonlar sodir
bo`lmaydi. Reaktsiya katalizatorsiz olib borilganda ajralgan gazlar aralashmasini
ishqor eritmasi orqali o`tkazish zarur:
C
2
H
4
+ SO
2
+ NaOH → NaHSO
3
+ C
2
H
4
→ C
2
H
4
Reaktsiya boshlangach, gaz chiqarish nayining uchiga yonib turgan gugurt
cho`pi tuting, etilenning ravshan alanga berib yonishinit ko`ramiz. (nima uchun
alanga metandagidek rangsiz emas?)