Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Alkanlarning oksidlanishi



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

4.Alkanlarning oksidlanishi. 
Probirkaga 4-6 tomchi petroley efir va 
shuncha 1 n Na
2
SO
3
eritmasi, ustiga 12-15 tomchi 1 n KMnO
4
eritmasidan quying. 
Hosil bo`lgan aralashmani qattiq chayqating. Suv qavatidagi binafsha rang 
o`zgarmaydi, 
chunki 
alkanlar 
xona 
temperaturasida 
KMnO
4
ta`sirida
oksidlanmaydi. 
5. Alkanlarga kontsentrlangan kislotalar ta`siri.
a) 1 ml suyuq 
uglevodorodlar aralashmasiga shuncha hajm kontsentrlangan H
2
SO

qo`shing va 
probirkani sovuq suvda sovitib turib yaxshilab aralashtiring. Hech qanday 
o`zgarish kuzatilmaydi. Chunki alkanlar odatdagi sharoitda kontsentrlangan H
2
SO
4
bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Aralashma qizdirilganda bir oz uchlamchi uglerod 
atomi tutuvchi alkanlargina sul’fokislotalar hosil qiladi. 
b) Probirkaga 1 ml suyuq alkan solib, ustiga shuncha kontsentrlangan HNO
3
quyib 
chayqating. O`zgarish bo`lmaganligiga e`tibor bering. Xona temperaturasida 
nitrolash reaktsiyasi bormaydi. Reaktsiya olib borish uchun kislotaning qanday 
eritmasidan foydalaniladi? Reaksiyani o`tkazish shart-sharoitlari qanday? 
6. Kerosin va benzinning yonish temperaturasi. 
Ikkita chinni kosachaning biriga 
10 ml kerosin, ikkinchisiga 10 ml benzin quying. Har ikkala kosachaga yonib 
turgan gugurt chupi tutilsa, benzin yonadi, kerosin esa yonmaydi. Chunki benzin 
kichik molekulali alkan (tarkibida uglerod atomlari kam)dir. Kerosin esa 
molekulyar massasi nisbatan yuqori va tarkibida uglerod atomlari soni ko`p 
bo`lgani uchun qiyin yonadi. 
Savol va mashqlar 
1.
Alkanlarning parafinlar deyilishiga sabab nima? 
2.
Metil radikali yassi tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. U holda uglerod atomi 
qanday gibridlanish holatida bo`ladi? Toq elektron gibrid orbitalda joylashadimi 
yoki sof orbitaldami? 
3.
Ximiyaviy bog`lanish nazariyasiga ko`ra uchlamchi radikalning barqarorligi 
sababini tushuntiring. 
4.
C
5
H
12
formulaga to`g`ri keladigan barcha izomerlarning struktura 
formulalarini yozib, ularni ratsional va sistematik nomenklaturaga ko`ra nomlang. 
5.
Vyurts metodi bilan etan, propan, butan va izopentan olish reaktsiyalari 
tenglamalarini yozing. 


39 
6.
n-butanning barqaror konformatsiyalarini perspektiv va N’yumen usulida
ifodalang. 
7. Kol’be usulida: a) butan, b) 2,3-dimetilbutanni qanday moddalardan sintez 
qilish mumkin? Reaktsiya tenglamalarini yozing. 
 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin