4.Alkanlarning oksidlanishi. Probirkaga 4-6 tomchi petroley efir va
shuncha 1 n Na
2
SO
3
eritmasi, ustiga 12-15 tomchi 1 n KMnO
4
eritmasidan quying.
Hosil bo`lgan aralashmani qattiq chayqating. Suv qavatidagi binafsha rang
o`zgarmaydi,
chunki
alkanlar
xona
temperaturasida
KMnO
4
ta`sirida
oksidlanmaydi.
5. Alkanlarga kontsentrlangan kislotalar ta`siri. a) 1 ml suyuq
uglevodorodlar aralashmasiga shuncha hajm kontsentrlangan H
2
SO
4
qo`shing va
probirkani sovuq suvda sovitib turib yaxshilab aralashtiring. Hech qanday
o`zgarish kuzatilmaydi. Chunki alkanlar odatdagi sharoitda kontsentrlangan H
2
SO
4
bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Aralashma qizdirilganda bir oz uchlamchi uglerod
atomi tutuvchi alkanlargina sul’fokislotalar hosil qiladi.
b) Probirkaga 1 ml suyuq alkan solib, ustiga shuncha kontsentrlangan HNO
3
quyib
chayqating. O`zgarish bo`lmaganligiga e`tibor bering. Xona temperaturasida
nitrolash reaktsiyasi bormaydi. Reaktsiya olib borish uchun kislotaning qanday
eritmasidan foydalaniladi? Reaksiyani o`tkazish shart-sharoitlari qanday?
6. Kerosin va benzinning yonish temperaturasi. Ikkita chinni kosachaning biriga
10 ml kerosin, ikkinchisiga 10 ml benzin quying. Har ikkala kosachaga yonib
turgan gugurt chupi tutilsa, benzin yonadi, kerosin esa yonmaydi. Chunki benzin
kichik molekulali alkan (tarkibida uglerod atomlari kam)dir. Kerosin esa
molekulyar massasi nisbatan yuqori va tarkibida uglerod atomlari soni ko`p
bo`lgani uchun qiyin yonadi.
Savol va mashqlar 1.
Alkanlarning parafinlar deyilishiga sabab nima?
2.
Metil radikali yassi tuzilishga ega ekanligi aniqlangan. U holda uglerod atomi
qanday gibridlanish holatida bo`ladi? Toq elektron gibrid orbitalda joylashadimi
yoki sof orbitaldami?
3.
Ximiyaviy bog`lanish nazariyasiga ko`ra uchlamchi radikalning barqarorligi
sababini tushuntiring.
4.
C
5
H
12
formulaga to`g`ri keladigan barcha izomerlarning struktura
formulalarini yozib, ularni ratsional va sistematik nomenklaturaga ko`ra nomlang.
5.
Vyurts metodi bilan etan, propan, butan va izopentan olish reaktsiyalari
tenglamalarini yozing.
39
6.
n-butanning barqaror konformatsiyalarini perspektiv va N’yumen usulida
ifodalang.
7. Kol’be usulida: a) butan, b) 2,3-dimetilbutanni qanday moddalardan sintez
qilish mumkin? Reaktsiya tenglamalarini yozing.