Galoidlarni aniqlash. Birikma tarkibidagi galoidlar molekulada kovalent bog`
orqali bog`lanlanligi uchun organik moddalarni yondirish yoki Stepanov usuliga
ko`ra qaytarish yo`li bilan aniqlanadi.
1. Beyl’shteyn reaktsiyasi. Bir bo`lak mis to`rning bir uchini alangada
qizdirib, so`ngra soviting. Mis to`rning qizdirilgan joyiga 2-4 tomchi xloroform
yoki tetraxlormetan tomizib, alangaga tuting. Bunda alanga ko`kish tusga kiradi.
Bu hol galoid borligini ko`rsatadi:
2Cu + O
2
2CuO
5CuO + 2CHCl
3
CuCl
2
+ 4CuCl + 2CO
2
+ H
2
O
2. A. Stepanov reaktsiyasi. Quruq probirkaga 1-3 ml C
2
H
5
OH, 1-2 tomchi
xloroform va kichik natriy metali bo`lakchasi solinadi. Vodorod ajralib chiqishi
to`xtagach, aralashmaning hajmiga teng miqdorda suv solinib, unga HNO
3
tomiziladi va muhit pH = 1,5-6 ga keltiriladi. So`ngra aralashmaga kumush nitrat
eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi, oq cho`kma tushishi kumush xloridning hosil
bo`lganligini ko`rsatadi:
2C
2
H
5
OH + 2Na
2C
2
H
5
ONa + H
2
CHCl
3
+ 2H
2
3HCl + CH
4
C
2
H
5
ONa + HCl
C
2
H
5
OH + NaCl
NaCl + AgNO
3
AgCl + NaNO
3
Organik moddalarning miqdor analizi Organik birikmalar tarkibidagi elementlarning miqdorini protsent hisobida aniqlash
miqdoriy analiz deb ataladi. elemetlarni miqdoriy aniqlashda uch xil analiz usuli
qo`llaniladi: makroanaliz – analiz uchun 0,1–0,5 g gacha modda, yarim
mikroanaliz – analiz uchun 0,010-0,050 g va mikroanaliz – analiz uchun 0,001-
0,005 g gacha modda sarflanadi. Keyingi yillarda yarim mikroanaliz va
mikroanaliz usullari keng qo`llanilmoqda.
Elementlarni miqdoriy analiz qilishda sifat analizida ishlatiladigan reaktsiyalardan
foydalaniladi.