Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Sifat reaksiyasi
. Benzоyetil efirning gidrоlizlanishi. Kichkina, tubi 
yumalоq kоlbaga 1 ml benzоyetil efir va 20 ml 10 prоtsentli kaliy 
gidrоksid eritmasi hamda qaynatgich sоlib, aralashmani asta-sekin efirning 
mоysimоn qatlami yo’qоlguncha (30 min) qizdiriladi. Keyin eritmaga 
suyultirilgan xlоrid kislоta qo’shib, kislоtali muhitga keltiriladi. Kоlba 
muzli suv bilan sоvitilganda benzоy kislоta kristallga tushadi. 


62 
SPIRTLARDA BORADIGAN NUKLEFIL ALMASHINISH
REAKSIYALARI
Dibutil efir 
Formulasi: 
n
-C
4
H
9
O
C
4
H
9
-
n
Asosiy reaksiyasi: 
n
-C
4
H
9
O
C
4
H
9
-
n
H
2
SO
4
+H
2
O
n
-C
4
H
9
OH
2
Reaksiya mexanizmi:
C
4
H
9
O
H
(H
2
SO
4
)
H
+
C
4
H
9
O
H
H
+
-H
2
O
C
4
H
9
+
H O C
4
H
9
C
4
H
9
O
C
4
H
9
H
+
C
4
H
9
O
C
4
H
9
+H
+
 
Oddiy efirlarni olishda qo‘shimcha mahsulot sifatida alkenlar hosil bo‘ladi:
C
2
H
5
CH
H
CH
2
+
C
2
H
5
CH=CH
2
+ H
+
Qo‘shimcha reaksiyalar sifatida polimerlanish, sulfat kislotani SO
2
gacha 
qaytarilishi ham sodir bo‘ladi. 
 
Reaktivlar
: 25 ml 
n
–butil spirt, sulfat kislota (d=1,84g/ml), natriy gidroksid, 
kalsiy xlorid.
100
 
ml sig‘imli, tubi yumaloq kolbaga 25 ml 
n
–butil spirt quyiladi, yaxshi 
aralashtirib turib, asta–sekin 2,8 ml konsentrlangan sulfat kislota qo‘shiladi va hosil 
bo‘lgan aralashmaga bir tomoni kavsharlangan shisha kapillyar tashlanadi. Кolbaga 
ikki shoxli forshtoss o‘rnatib, bitta shoxiga tomizgich voronka, ikkinchisiga esa 
“lovushka” orqali qaytarma sovitgich ulanadi va 140–145°C da (hammomga termo-
metr o‘rnatish lozim) moy hammomida qizdiriladi. Aralashma bir tekis qaynashi 
lozim, u qizdirilganda butilen, butilenning polimerlanish mahsulotlari, oltingugurt
(IV) oksid hosil bo‘lib, ko‘mirlanish ham sodir bo‘ladi. Vaqt–vaqti bilan 
“lovushka”dagi distillyat ajratgich voronkaga quyiladi. Pastki qavat (suvli) o‘lchagich 
silindrga quyiladi, ustki qavat esa yana ajratgich voronkaga va tomchilatib qaytadan 
reaksion kolbaga quyiladi. Oldin ikki komponent (
n
–butil spirt – suv) dan iborat 
aralashma, keyin esa uch komponent (
n
–butil spirt–suv–dibutil efir)dan iborat 
aralashma haydaladi. Ikki komponentli aralashmaning qaynash harorati 93,5°C, uch 
komponentli aralashmaniki esa 91
o
C dir. Ajralib chiqayotgan suvning miqdori 
tenglama bo‘yicha hisoblangandagi miqdorga taxminan to‘g‘ri kelganda (taxminan 
3,5–4 soatdan keyin) aralashmani qizdirish to‘xtatiladi. Kolbadagi aralashma 
sovitilib, ajratgich voronkaga quyiladi va natriy gidroksidning 3N eritmasi bilan 
yuviladi. Suvning muhiti ishqoriy bo‘lguncha yuvish davom ettiriladi (lakmus 
qog‘ozi bilan aniqlanadi). Кeyin efir qavati ikki marta suv (15 ml dan) va osh 
tuzining to‘yingan eritmasi (12 ml) bilan yuviladi. Yuvilgan dibutil efir kalsiy xlorid 


63 
bilan quritiladi, deflegmatori uncha katta bo‘lmagan kolbaga buklangan filtr orqali 
filtrlab o‘tkaziladi va haydaladi, 141–144
o
C da qaynaydigan fraksiya yig‘iladi. Efir 
oxirigacha haydalmaydi, chunki oddiy efirlar havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishib, 
portlovchi gidroperoksidlar hosil qilishi mumkin. Dibutil efirning unumi 10 g.
Butil efir (dibutil efir, 1–butoksibutan) – rangsiz suyuqlik, etanol va efir bilan 
aralashadi, suvda erimaydi. Molekulyar massasi 130,23 g/mol; suyuqlanish harorati – 
98°C; qaynash harorati 142,4°C; d
20
4
=0,7688; n
20
D
=1,3992.

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin