Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

 
Etilbenzoat 
Formulasi:
C
6
H
5
C
O
O
C
2
H
5
 
Asosiy reaksiyasi: 
C
6
H
5
COOH + C
2
H
5
OH
H
2
SO
4
C
6
H
5
C
O
O
C
2
H
5
+ H
2
O
 
Reaktivlar: 
10 g benzoy kislota, 33 ml absolyut etil spirt, sulfat kislota 
(d=1,84g/ml), natriy karbonat, kalsiy xlorid. 
Tubi yumaloq 100 ml sig‘imli kolbaga 10 g benzoy kislota, 33 ml absolyut etil 
spirt va 1 ml konsentrlangan sulfat kislota solinadi. Aralashma yaxshilab 
aralashtiriladi. Кolbaga xlor kalsiyli naycha kiygizilgan qaytarma sovitgich ulanadi. 
Кolba qaynab turgan suv hammomida 4 soat davomida doimo aralashtirib turgan 
holda qizdiriladi. Кeyin sovitgich pastga qiya qilib ulanadi va reaksiyaga kirishmay 
qolgan etil spirt haydaladi. Qoldiq sovitilib, unga 80 ml sovuq suv quyiladi va qattiq 
natriy karbonat bilan neytrallanadi. Natriy karbonat kuchsiz ishqoriy muhit (lakmus 
bo‘yicha) hosil bo‘lguncha oz–ozdan qo‘shiladi. Aralashmaga natriy karbonat 


77 
qo‘shilganda reaksiyaga kirishmay qolgan benzoy kislota tuzga aylanadi, ya’ni 
benzoy kislotaning natriyli tuzi hosil bo‘ladi. Butun aralashma dietil efir bilan 
ekstraksiya qilinganda efirga o‘tmaydi. Ikki fazali aralashma ajratgich voronkaga 
quyiladi va benzoyetil efir 3–4 marta dietil efir bilan (15 ml dan) ekstraksiya qilinadi. 
Efir so‘rimlarini qo‘shib, kalsiy xlorid bilan quritiladi. Кeyin eritma Vyurs kolbasiga 
quyiladi, dietil efir suv hammomida haydaladi. Кolbani quriguncha artib sovitgichni 
havo sovitgichiga almashtirib, benzoyetil efir haydaladi. 210–214°C da qaynaydigan 
fraksiya yig‘ib olinadi. Benzoyetil efirning unumi 11 g. 
Benzoyetil efirni vakuumda haydash tavsiya etiladi. 
Yuqoridagiga o‘xshash usul bilan dolchin kislotaning etil efirini ham olish
mumkin (qaynash harorati 271°C). 
Benzoy etil efir (etil benzoat, etilbenzolkarboksilat) – meva hidini eslatuvchi 
rangsiz suyuqlik, dietil efir bilan aralashadi. Etanol va xloroformga eriydi, suvda 
deyarli erimaydi (100 g suvda 0,08 g eriydi). Molekulyar massasi 150,18 g/mol; 
suyuqlanish harorati– 34,6°C; qaynash harorati 212,6°C; d
20
D
1,047; n
20
D
=1,3200. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin