76
Asosiy reaksiyasi:
CH
3
COOH + n-C
4
H
9
OH
H
2
SO
4
CH
3
C
O
O C
4
H
9
-n
+ H
2
O
Reaktivlar:
10 ml muz sirka kislota, 15,4 ml
n
–butil spirt, sulfat kislota (d=1,84),
natriy karbonat, kalsiy xlorid (yoki suvsiz natriy sulfat).
Tubi yumaloq 50–100 ml sig‘imli kolbaga 10 ml muz sirka kislota, 15,4 ml n–butil
spirt va 1 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Кolbaga ikki bo‘g‘izli forshtoss
o‘rnatiladi, unga tomizgich voronka va “lovushka” (suv uchun) orqali suvli sovitgich
ulanadi. Кolba qum hammomida qizdiriladi. Reaksion aralashma qaynashi lozim.
Asta–sekin “lovushka”da ikki qatlamdan iborat suyuqlik yig‘iladi. Pastki qatlam
(suvli) o‘lchovli
silindrga quyiladi, yuqorigi qatlam (butil spirt va butilatsetat
aralashmasi) pipetka bilan. Agar
“lovushka”ga suyuqlik sekin yig‘ilsa, kolbaning
bo‘yni va forshtossning pastki qismi asbest bilan o‘raladi.
Yana reaksion kolbaga qaytarib solinadi. Ajralib
chiqqan suvning miqdori
tenglama bo‘yicha hisoblangan suv miqdoriga (taxminan 3,5–4 soatdan keyin)
yetganda reaksiya nihoyasiga yetgan bo‘ladi. Reaksion aralashma sovigandan keyin
uni
ajratgich voronkaga quyib, suv hamda natriy karbonatning 10 % li eritmasi
(lakmus bo‘yicha neytral muhitgacha) va yana suv bilan yuviladi.
Sirkabutil efir
kalsiy xlorid yoki qizdirilgan natriy sulfat bilan quritiladi va deflegmatorli kolbada
haydaladi. 123–128°C da qaynaydigan fraksiya yig‘iladi.
Sirkabutil efirning unumi
13,5 g.
Sirkabutil efir (butilatsetat)–rangsiz suyuqlik, etanol va efir bilan aralashadi, 25°C
da 100 g suvda 0,5 g butilatsetat eriydi. Molekulyar massasi–116,16 g/mol;
suyuqlanish harorati– 76,8°C; qaynash harorati 124–126°C; d
20
4
=0,882.
Dostları ilə paylaş: