Органик кимё лабораториясида ишлаш қоидалари


Sifat reaksiyasi. Gidroksamli namuna



Yüklə 4,22 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/188
tarix20.11.2023
ölçüsü4,22 Mb.
#164038
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   188
Organik kimyo laboratoriya-2022

Sifat reaksiyasi. Gidroksamli namuna.
Murakkab efirlar gidroksilamin bilan 
reaksiyaga kirishib, temir (III)–xlorid ta’sirida rangli birikmalar beradigan gidroksam 
kislotalar hosil qiladi:
Xlorangidridlar, angidridlar va boshqalar ham gidroksamli namuna hosil qiladi.
Probirkaga 2–3 tomchi murakkab efir quyib ustiga gidroksilamin xloridning metil 
spirtdagi to‘yingan eritmasidan 2 tomchi qo‘shiladi va 1 daqiqacha qo‘yib qo‘yiladi. 
So‘ngra kaliy gidroksidning spirtdagi to‘yingan eritmasidan bir tomchi qo‘shib, 
qaynagunicha ehtiyotlik bilan qizdiriladi. Aralashma sovitilgandan keyin 3–5 tomchi 
1 N xlorid kislota eritmasidan qo‘shib, muhit kislotali bo‘lguncha unga 1 tomchi 3 % 
li temir (III)–xlorid eritmasidan qo‘shiladi. Pushti, qizil yoki binafsha rang hosil 
bo‘ladi.
Aralashmadagi etil spirt qo‘shilmalarini yo‘qotish maqsadida kalsiy xlorid tuzi 
qo‘shiladi. U birlamchi spirtlar bilan kristall birikmalar hosil qiladi. Ayni holda 
sirkaetil efirda erimaydigan, ammo suvda eriydigan CaCl
2

2C
2
H
5
OH birikma hosil 
bo‘ladi. 
 
Butilatsetat
Formulasi:
CH
3
C
O
O C
4
H
9
-n


76 
 
Asosiy reaksiyasi: 
CH
3
COOH + n-C
4
H
9
OH
H
2
SO
4
CH
3
C
O
O C
4
H
9
-n
+ H
2
O
Reaktivlar: 
10 ml muz sirka kislota, 15,4 ml 
n
–butil spirt, sulfat kislota (d=1,84), 
natriy karbonat, kalsiy xlorid (yoki suvsiz natriy sulfat).
Tubi yumaloq 50–100 ml sig‘imli kolbaga 10 ml muz sirka kislota, 15,4 ml n–butil 
spirt va 1 ml konsentrlangan sulfat kislota quyiladi. Кolbaga ikki bo‘g‘izli forshtoss 
o‘rnatiladi, unga tomizgich voronka va “lovushka” (suv uchun) orqali suvli sovitgich 
ulanadi. Кolba qum hammomida qizdiriladi. Reaksion aralashma qaynashi lozim. 
Asta–sekin “lovushka”da ikki qatlamdan iborat suyuqlik yig‘iladi. Pastki qatlam 
(suvli) o‘lchovli silindrga quyiladi, yuqorigi qatlam (butil spirt va butilatsetat 
aralashmasi) pipetka bilan. Agar
 
“lovushka”ga suyuqlik sekin yig‘ilsa, kolbaning 
bo‘yni va forshtossning pastki qismi asbest bilan o‘raladi.
Yana reaksion kolbaga qaytarib solinadi. Ajralib chiqqan suvning miqdori 
tenglama bo‘yicha hisoblangan suv miqdoriga (taxminan 3,5–4 soatdan keyin) 
yetganda reaksiya nihoyasiga yetgan bo‘ladi. Reaksion aralashma sovigandan keyin 
uni ajratgich voronkaga quyib, suv hamda natriy karbonatning 10 % li eritmasi 
(lakmus bo‘yicha neytral muhitgacha) va yana suv bilan yuviladi. Sirkabutil efir 
kalsiy xlorid yoki qizdirilgan natriy sulfat bilan quritiladi va deflegmatorli kolbada 
haydaladi. 123–128°C da qaynaydigan fraksiya yig‘iladi. Sirkabutil efirning unumi 
13,5 g.
Sirkabutil efir (butilatsetat)–rangsiz suyuqlik, etanol va efir bilan aralashadi, 25°C 
da 100 g suvda 0,5 g butilatsetat eriydi. Molekulyar massasi–116,16 g/mol; 
suyuqlanish harorati– 76,8°C; qaynash harorati 124–126°C; d
20
4
=0,882. 

Yüklə 4,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   188




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin