75
tushirilgan ko‘k lakmus qog‘oz qizarguncha soda eritmasi qo‘shiladi. Sirkaetil efir
pastki suv qavatidan ajratgich voronka yordamida ajratiladi va u kalsiy xloridning
to‘yingan eritmasi (8 ml suvda 8 g kalsiy xlorid eriydi) bilan chayqatib aralashtiriladi.
Efir ajratilib kalsiy xlorid bilan quritiladi va suv hammomida haydaladi. 71–75°C da
sirkaetil efir, etanol va suvdan iborat azeotrop aralashma hamda 75–78°C da toza
sirkaetil efir haydaladi. Uning unumi 20 g.
Sirkaetil efir (etilatsetat) – xushbo‘y hidli rangsiz suyuqlik. Efir, etanol, xloroform,
benzol bilan aralashadi, suvda kam eriydi. Molekulyar massasi 88,10; suyuqlanish
harorati – 83,6
o
C; qay-nash harorati 77,15°C; d
20
4
0,901; n
20
D
3724.
Etilatsetat etanol va suv bilan quyidagi azeotrop aralashmalar hosil qiladi: a) 91,8
% etilatsetat va 8,2 % suv, 70,4°C da qaynaydi; b) 83,2 % etilatsetat, 9 % etanol va
7,8 % suv, 70,3°C da, qaynaydi; d) 69,2 % etilatsetat va 30,8 % etanol 71,8°C da
qaynaydi.
Dostları ilə paylaş: